Suyunov Shaxzod Shovkat o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishni takomillashtirish”, “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Yu1109-raqam.
Ilmiy rahbar: Aliev Shuxrat Xasanovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Saidov Baxrom Anvarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Kadirova Moxigul Xamitovna yuridik fanlar doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarning faqat bir qismi o‘tkazilib, qolgan qismi keyinchalik dastlabki tergov davomida aniqlangan holatlarda, jinoyat ishi doirasida olib borilgan tergov harakatlari natijalari bo‘yicha shaxsda mazkur vosita va moddalarni o‘tkazishga nisbatan qasd mavjudligini isbotlashning imkoniyati bo‘lmasa, u(lar)ning harakatlariga giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda o‘tkazish bilan birga, qonunga xilof ravishda saqlash jinoyatlari uchun alohida-alohida, ularning miqdoridan kelib chiqqan holda huquqiy baho berish zarurati asoslantirilgan;
giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarning miqdoriy tasnifi hamda ularni o‘tkazishga qasd mavjud yoki mavjud emasligi masalasini isbotlashda respublikada yagona amaliyotni joriy etish maqsadida tergov organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli qaroriga ilova qilingan miqdoriy me’yorlardan kelib chiqib, jinoyat ishi materiallari bo‘yicha shaxslarga ayblov e’lon qilishi lozimligi asoslantirilgan;
tergovga qadar tekshiruv yoki tergov davomida ekspertiza tayinlangunigacha yoxud ekspertiza xulosasi olingunga qadar giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar muhrlangan holda tegishliligi bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning saqlash xonasida faqat maxsus seyflarda saqlanishi shart ekanligi asoslantirilgan;
tergovga qadar tekshiruv bosqichida ekspress tekshirish texnik vositasi orqali aniqlangan giyohvandlik vositasi, ularning analoglari, psixotrop modda namunasining tekshiruv natijasi vakolatli xodim tomonidan o‘zida (kiyimida), yonida yoki uyida giyohvandlik moddasi topilgan shaxsga, xolislarga va ekspress tekshirish davomida ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga barcha eshita oladigan shaklda, tushunarli tarzda e’lon qilishi va ko‘rsatishi lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash jinoyatini tergov qilishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarning faqat bir qismi o‘tkazilib, qolgan qismi keyinchalik dastlabki tergov davomida aniqlangan holatlarda, jinoyat ishi doirasida olib borilgan tergov harakatlari natijalari bo‘yicha shaxsda mazkur vosita va moddalarni o‘tkazishga nisbatan qasd mavjudligini isbotlashning imkoniyati bo‘lmasa, u(lar)ning harakatlariga giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda o‘tkazish bilan birga, qonunga xilof ravishda saqlash jinoyatlari uchun alohida-alohida, ularning miqdoridan kelib chiqqan holda huquqiy baho berish lozimligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2022-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 9-sonli qarorining 39-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 19-apreldagi 08/263-23-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi bu turdagi jinoyat ishlarini samarali tergov qilishda surishtiruvchi, tergovchilar tomonidan ishni to‘g‘ri malakalashlariga xizmat qilgan;
giyohvandlik vositasi, ularning analoglari, psixotrop moddani muayyan miqdorga mansubligi masalasini hal etish tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov organlari vakolatiga tegishli bo‘lib, ular bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish to‘g‘risida” 330-sonli qarori bilan tasdiqlangan ilovalarda ko‘rsatilgan miqdorlarga amal qilishlari zarurligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2022-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 9-sonli qarorining 39-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 19-apreldagi 08/263-23-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi bu turdagi jinoyat ishlarini samarali tergov qilishda ularga to‘g‘ri huquqiy baho berishga xizmat qilgan;
tergovga qadar tekshiruv yoki tergov davomida ekspertiza tayinlangunigacha yoxud ekspertiza xulosasi olingunga qadar giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar muhrlangan holda tegishliligi bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning saqlash xonasida faqat maxsus seyflarda saqlanishi shart ekanligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 29-avgustdagi 60-QQ-son, Oliy sudning 2021-yil 25-avgustdagi 16/707-21-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 23-avgustdagi 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-avgustdagi 55qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 19-avgustdagi 32-son, Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 21-avgustdagi 01-02/22-40-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2021-yil 29-avgustdagi 2021-35-son bilan tasdiqlangan “Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qo‘yish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorining 
23-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024-yil 16-maydagi 01/249-23-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi bu turdagi jinoyat ishlari tergov qilishda aniqlangan ashyoviy dalillarni saqlash bilan bog‘liq masalalarga xizmat qilgan;
tergovga qadar tekshiruv bosqichida ekspress tekshirish texnik vositasi orqali aniqlangan giyohvandlik vositasi, ularning analoglari, psixotrop modda namunasining tekshiruv natijasi vakolatli xodim tomonidan o‘zida (kiyimida), yonida yoki uyida giyohvandlik moddasi topilgan shaxsga, xolislarga va ekspress tekshirish davomida ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga barcha eshita oladigan shaklda, tushunarli tarzda e’lon qilishi va ko‘rsatishi lozimligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-yanvardagi 12-son qarori bilan tasdiqlangan “Tezkor qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari, prekursorlari, kuchli ta’sir qiluvchi moddalar hamda valyuta namunalarini ekspress tekshirish jarayonida texnik vositalardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 2-bobining 10-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-apreldagi №12-15-33-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi bu turdagi jinoyat ishlarini samarali tergov qilishda yangi zamonaviy texnologiyalardan foydalanish hamda aybdor shaxslarning jinoiy harakatlarini isbotlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish