Ahrorjon Ahadjon o‘g‘li Abdug‘anievning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Turonning eng qadimgi davr ma’naviy hayotida ayolning tutgan o‘rni”. 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.2.PhD/Tar1378
Ilmiy rahbar: Rustam Xamidovich Suleymanov, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.02/30.12.2019. Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Azimxo‘ja Muzaffarovich Ataxo‘jaev, tarix fanlari doktori;
Normuhammad O‘razaevich Xolmatov, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Turonning eng qadimgi davrda yashagan aholisining ma’naviy qarashlarida ayolning tutgan o‘rni va ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eng qadimgi davr Turon aholisi tomonidan ayolga e’tiqod paleolit, mezolit davrlaridan boshlanganligi ayol tasviri ifodalangan qoyatosh suratlarda(ayol tasvirlari gibrid mavjudotlar, uchburchak, romb shakllarida ifodalanishi), haykalchalarda(ayol jinsiy xususiyatlarining bo‘rttirib ko‘rsatilganligi, ularda quyosh, daraxt, hayvon ramzlari aks ettirilgan), sopol buyumlarda ayollik ramz (qizil rangga bo‘yalgan to‘lqinsimon naqshlar aks ettirilgan)larining aks etganligi, ayol ilohasiga bag‘ishlangan topinchgoh(devor va pol qismi qizil rangga bo‘yalgan, bezaklar sifatida qizil va qora rangdagi shakllardan foydalanilgan)larni ilmiy tahlili natijasida aniqlangan;
qadimgi Turon aholisining ayol bilan bog‘liq mafkuraviy qarashlarida auolga e’tiqod hayot ramzi(daraxt, suv timsolida), olamni boshqarish ramzi(quyosh timsolida), tabiat ma’budasi ramzi(turli zoomorf shakllar va o‘simliklar ko‘rinishida), boqiylik, qayta yaratilish ramzi(ilon timsolida), hosildorlik ramzi(qoramol timsolida), o‘lim va hayot beruvchi ramz (qush timsolida) ko‘rinishida ifodalanganligi aniqlangan;
qadimgi Turon aholisi ma’naviy dunyoqarashida insonning qayta dunyoga kelishi haqidagi tasavvurlar ayol tanasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, bu mafkura jamiyatda ayolning biologik-fiziologik xususiyatlariga bo‘lgan ishonch va e’tiqodlarda, xususan qabrlardan topilgan oxra izlari va kauri chig‘anoqlarining mavjudligi, jasadning embrion holatida dafn etilishi, shuningdek, qabr shaklining oval (bachadonni eslatuvchi) tarzda bo‘lishida o‘z aksini topganligi bilan dalillangan;
Turon o‘lkasida ayol ma’budasiga e’tiqodning rivojlanishi uning fiziologik ko‘rnishi bilan bir qatorda hududga xos o‘troq turmush tarzida(doimiy turar joylar va ozuqa zaxirasi egasi ayol qo‘lidaligi), dehqonchilik (ayol haykalchalarga bezak sifatida don mahsulotlari hamda o‘simliklarni qadash), hunarmandchilik (sopol buyumlarda ayol qo‘l izlarining mavjudligi hamda qizil rangga bo‘yalishi, ayol haykalchasi shaklidagi tumorlar yasalishi) kabi xo‘jalik mashg‘ulotlarida hamda aholining migratsiyasi(qadimgi Yaqin Sharq va Elam aholisi migratsiyasi natijasida asosi silindirsimon ayol haykalchalarning yasalishi, haykalchalari sonining ko‘payishi, binolarning pol va devorlarini bo‘ualishi) bilan bog‘liq ekani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
eng qadimgi davr Turon aholisi tomonidan ayolga e’tiqod paleolit, mezolit davrlaridan boshlanganligi ayol tasviri ifodalangan qoyatosh suratlarda(ayol tasvirlari gibrid mavjudotlar, uchburchak, romb shakllarida ifodalanishi), haykalchalarda(ayol jinsiy xususiyatlarining bo‘rttirib ko‘rsatilganligi, ularda quyosh, daraxt, hayvon ramzlari aks ettirilgan), sopol buyumlarda ayollik ramz (qizil rangga bo‘yalgan to‘lqinsimon naqshlar aks ettirilgan)larining aks etganligi, ayol ilohasiga bag‘ishlangan topinchgoh(devor va pol qismi qizil rangga bo‘yalgan, bezaklar sifatida qizil va qora rangdagi shakllardan foydalanilgan)larni ilmiy tahlili uuzasidan olingan ilmiu natijalar “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Oshiq dars” ko‘rsatuvi ssenariusini tauuorlashda foudalanilgan (O‘zbekiston Milliu teleradiokompaniuasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2023-uil 4-apreldagi 06-28/511 son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriy etilishi Turonda ayolga e’tiqod hodisasining davriy ma’lumotlarini tuzatishga xizmat qilgan.
Qadimgi Turon aholisi ma’naviy dunyoqarashida insonning qayta dunyoga kelishi haqidagi tasavvurlar ayol tanasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, bu mafkura jamiyatda ayolning biologik-fiziologik xususiyatlariga bo‘lgan ishonch va e’tiqodlarda, xususan qabrlardan topilgan oxra izlari va kauri chig‘anoqlarining mavjudligi, jasadning embrion holatida dafn etilishi, shuningdek, qabr shaklining oval (bachadonni eslatuvchi) tarzda bo‘lishida o‘z aksini topganligi haqidagi ma’lumotlar va taqdim etilgan foto rasmlardan O‘zbekiston tarixi davlat muzeui ekspozisiuasini va muzeuning “Arxiv” fondini uangi ashuolar bilan bouitishda foudalanildi(O‘zbekiston tarixi davlat muzeuining 2024-uil 6-nouabrdagi 442-son ma’lumotnomasi), (O‘zbekiston Reapublikasi Fanlar akademiuasining 2024-uil 15-nouabrdagi 3/1255-2531-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari Turonning eng qadimgi aholisi dafn marosimi haqidagi tasavvurlarini chuqurroq anglashga, bu hodisa tog‘risidagi bilimlarni boyitishga xizmat qiladi.
Qadimgi Turon aholisining ayol bilan bog‘liq mafkuraviy qarashlarida auolga e’tiqod hayot ramzi(daraxt va suv timsolida), olamni boshqarish ramzi(quyosh timsolida) tabiat ma’budasi ramzi(turli zoomorf shakllar va o‘simliklar ko‘rinishida), boqiylik, qayta yaratilish ramzi(ilon timsolida), hosildorlik ramzi(qoramol timsolida), o‘lim va hayot beruvchi ramz (qush timsolida) ko‘rinishida ifodalanganligi haqidagi ma’lumotlar va taqdim etilgan foto rasmlardan O‘zbekiston tarixi davlat muzeui ekspozisiuasini va muzeuning “Arxiv” fondini uangi ashuolar bilan bouitishda foudalanildi(O‘zbekiston tarixi davlat muzeuining 2024-uil 6-nouabrdagi 442-son ma’lumotnomasi), (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiuasining 2024-uil 15-nouabrdagi 3/1255-2531-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari Turon aholisining ayol bilan bog‘liq ma’naviy qarashlariga tabiat unsurlarining ta’sir ko‘rsatishi haqidagi ma’lumotlarni ochib berishga xizmat qilgan.
Turon o‘lkasida ayol ma’budasiga e’tiqodning rivojlanishi uning fiziologik ko‘rinishi bilan bir qatorda hududga xos o‘troq turmush tarzida(doimiy turar joylar va ozuqa zaxirasi egasi ayol qo‘lidaligi), dehqonchilik (ayol haykalchalarga bezak sifatida don mahsulotlari hamda o‘simliklarni qadash), hunarmandchilik (sopol buyumlarda ayol qo‘l izlarining mavjudligi hamda qizil rangga bo‘yalishi, ayol haykalchasi shaklidagi tumorlar yasalishi) kabi xo‘jalik mashg‘ulotlarida hamda aholining migratsiyasi(qadimgi Yaqin Sharq va Elam aholisi migratsiyasi natijasida asosi silindirsimon ayol haykalchalarning yasalishi, haykalchalari sonining ko‘payishi, binolarning pol va devorlarini bo‘ualishi) bilan bog‘liq ekani haqidagi ma’lumotlar va taqdim etilgan foto rasmlardan O‘zbekiston tarixi davlat muzeui ekspozisiuasini va muzeuning “Arxiv” fondini uangi ashuolar bilan bouitishda foudalanildi(O‘zbekiston tarixi davlat muzeuining 2024-uil 6-nouabrdagi 442-son ma’lumotnomasi), (O‘zbekiston Reapublikasi Fanlar akademiuasining 2024-uil 15-nouabrdagi 3/1255-2531-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari Turonning eng qadimgi aholisi ayol bilan bog‘liq ma’naviy qarashlarining o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi bilimlarni boyitishga xizmat qiladi.