Azimov Zikirillo Nasrullo o‘g‘li
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida kanoeda eshkak eshuvchilarning koordinatsion qobilyatini quruqlikdagi maxsus mashqlar yordamida rivojlantirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped2624.
Ilmiy rahbar: Xasanov Axadjon Tursunovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Artiqov Zohid Sabirovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida kanoeda eshkak eshuvchilarning koordinatsion qobilyatlarini modul texnologiyasi asosida quruqlikdagi maxsus mashqlarni qo‘llash orqali rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kanoeda eshkak eshish harakatlarini texnik xatolarga yo‘l qo‘ymagan holda amalga oshirish uchun yuqori amplituda va to‘g‘ri traektoriyada bajarish asosida harakatlar parametrlarini farqlash hamda vestibulyar barqarorlik qobiliyatlarini sensetiv yoshga xos rivojlantirish hisobiga kanoeda eshkak eshuvchilarning texnik elementlarni sifatli o‘zlashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida kanoeda eshkak eshuvchilarning o‘ziga xos koordinatsion qobiliyatini rivojlantirishga uchun bazaviy mashg‘ulot modullari asosida maxsus mashqlarni harakatning makon, kuch va vaqtga doir parametrlar bo‘yicha yuqori aniqlik va harakatlarni tejamlilikda bajarish hisobiga eshish jarayonida muvozanat turg‘unligi yaxshilangan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida kanoeda eshkak eshuvchilarning o‘ziga xos koordinatsion qobiliyatini rivojlantirish uchun beqaror - o‘zgaruvchan tayanchga ega platformalarda mayda mushak guruhlari tonusini oshirish va harakatlar immitatsiyasini suvdagi faoliyatga maksimal yaqinlashtirishga yo‘naltirilgan quruqlikdagi maxsus mashqlar majmuasini ishlab chiqish hisobiga eshish jarayonida qayiqni maqsadli boshqarish imkoniyatlari kengaytirilgan;
kanoeda eshkak eshuvchilarda statik va dinamik mashqlarni uyg‘unlikda qo‘llash uchun holatni saqlab turish va vaqtini his qilish, ko‘rish analizatorini cheklash, tayanch maydonini kamaytirish, qarshi harakatni yuzaga keltirish orqali mashg‘ulotlarni tashkil etish hisobiga koordinatsion qobilyatlarni rivojlantirish mexanizmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi kanoeda eshkak eshuvchilarning koordinatsion qobilyatini rivojlantirish orqali eshish texnikasi elementlarini sifatli o‘zlashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kanoeda eshkak eshish harakatlarini texnik xatolarga yo‘l qo‘ymagan holda amalga oshirish uchun yuqori amplituda va to‘g‘ri traektoriyada bajarish asosida harakatlar parametrlarini farqlash hamda vestibulyar barqarorlik qobiliyatlarini sensetiv yoshga xos rivojlantirish hisobiga kanoeda eshkak eshuvchilarning texnik elementlarni sifatli o‘zlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyati sport boshqarmasi tasarrufidagi sportning suv turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi kanoeda eshkak eshish bo‘yicha tarbiyalanuvchilarning o‘quv-mashg‘ulotlar jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 12-apreldagi 03-16-3634-son ma’lumotnomasi). Natijada, kanoeda eshkak eshuvchilarning koordinatsion qobiliyat bo‘yicha ko‘rsatkichlari vizual nazoratsiz aylanish bilan belgilangan joyga sakrash (gradus) o‘rtacha 20,9 %ga, romberg testi bajarish mashqida o‘rtacha 16,2 % ga, to‘pni masofaga uloqtirish max.dan 50% bajarish mashqida o‘rtacha 13,4 % ga, yaxshilangan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida kanoeda eshkak eshuvchilarning o‘ziga xos koordinatsion qobiliyatini rivojlantirishga uchun bazaviy mashg‘ulot modullari asosida maxsus mashqlarni harakatning makon, kuch va vaqtga doir parametrlar bo‘yicha yuqori aniqlik va harakatlarni tejamlilikda bajarish hisobiga eshish jarayonida muvozanat turg‘unligini yaxshilash bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Eshkak eshish nazariyasi va uslubiyati” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31-maydagi 237-son buyrug‘iga asosan 289-raqamli guvohnoma). Natijada, kanoeda eshkak eshuvchilarning koordinatsion qobiliyat bo‘yicha ko‘rsatkichlari mokisimon yugurish 3 x 10 m. (s) bajarish mashqida o‘rtacha 18 % ga, gimnastika tayoqchasi ustidan xatlab sakrash mashqida o‘rtacha 9,3 % ga, berilgan sakrash ritmini qayta qurish bajarish mashqida o‘rtacha 18 % ga, teskari turgan holda nishonga to‘pni uloqtirish (sm) mashqida o‘rtacha 22% ga, Babinskiy-Veylya probasi (gradus) mashqida o‘rtacha 11 % ga, mushak kuchlanishini qayta qurish (qo‘l dinamometriyasi), maksimaldan 50% mashqida o‘rtacha 14 % ga yaxshilangan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida kanoeda eshkak eshuvchilarning o‘ziga xos koordinatsion qobiliyatini rivojlantirish uchun beqaror - o‘zgaruvchan tayanchga ega platformalarda mayda mushak guruhlari tonusini oshirish va harakatlar immitatsiyasini suvdagi faoliyatga maksimal yaqinlashtirishga yo‘naltirilgan quruqlikdagi maxsus mashqlar majmuasini ishlab chiqish hisobiga eshish jarayonida qayiqni maqsadli boshqarish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Eshkak eshish nazariyasi va uslubiyati” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31-maydagi 237-son buyrug‘iga asosan 289-raqamli guvohnoma). Natijada, kanoeda eshkak eshuvchilarda qayiqdagi tomonlarga og‘ish burchaklari bo‘yicha ko‘rsatkichlari mos ravishda o‘rtacha 11,8% hamda 13,5% ga yaxshilangan;
kanoeda eshkak eshuvchilarda statik va dinamik mashqlarni uyg‘unlikda qo‘llash uchun holatni saqlab turish va vaqtini his qilish, ko‘rish analizatorini cheklash, tayanch maydonini kamaytirish, qarshi harakatni yuzaga keltirish orqali mashg‘ulotlarni tashkil etish hisobiga koordinatsion qobilyatlarni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024 yil 12 apreldagi 03-16-3634-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh eshkakchi kanoechilarning “eshkakni suvga kiritish”, “eshkakni tortish”, “suvdan chiqarish” va “eshishga tayyorgarlik” kabi texnika elementlarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari 18 % ga oshgan.