Absamatova Gulhayo Bahodirovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surdo tarjima qilishning pragmatik va sotsiolingvistik tadqiqi (o‘zbek va ingliz tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2228.
Ilmiy rahbar: Umurova Guzal Xatamovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.2019.Fil.83.01.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori, DSc, professor; Odilov Baxodir Baxtiyarovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi surdo tarjima jarayonida qo‘llaniladigan imo-ishora tilini tashkil etuvchi, daktil alifbosi, lab harakati, qo‘l harakati kabi shakllarini leksik, semantik va sintaktik xususiyatlarini pragmatik va sotsiolingvistik jihatdan tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
imo-ishora tili dunyoning barcha mintaqalarida etnik jihatdan farqli shakllanganligi, bir xil mazmunning turli tillarga xilma-xil tarjima qilinadigan so‘zlarning imo-ishora tilida ifodalanishi ham farqli ekani isbotlangan;
ingliz imo-ishora tilining o‘zaro farqlarga ega ko‘rinishlari mavjudligi qayd etilishi barobarida, ulardan Amerika va Britaniya imo-ishora tili asosiy keng qo‘llaniladigan shakl ekani aniqlangan;
verbal nutqning surdo tarjimasida qo‘lning va labning harakati, daktil alifbosi hamda yozma shaklda axborot etkazilishidagi pragmatik omillar ochib berilgan;
o‘zbek imo-ishora tili ingliz imo-ishora tiliga surdo tarjima qilish jarayonining boshqa tillarga surdo tarjimasidan daktil alifbosidagi farqli jihatlari bilan ajralib turishi aniqlangan va bunda kuzatiladigan muhim daktil, imo-ishoralar qo‘llanilishiga oid prinsiplar belgilab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Verbal nutqlarni surdo tarjima qilish hamda ingliz va o‘zbek imo-ishora tili xususiyatlarining, uning funksional semantik jihatlarining surdo tarjima usullariga munosabati tadqiqi bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
imo-ishora tili dunyoning turli mintaqalarida etnik jihatdan turlicha shakllanganligi, bir xil mazmunning turli tillarga xilma-xil tarjima qilinadigan so‘zlarning imo-ishora tilida ifodalanishi ham farqli ekani xususidagi yangilikdan Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022-yilning dekabridan 2024-yil iyul oyiga qadar institutda Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan ’’English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 29-oktyabrdagi 2374-02-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarjimonlarni surdo-tarjimonlik sohasida tayyorlash jarayoniga oid masalalarning soddalashtirilishiga erishilgan hamda buni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va ilmiy-metodik tavsiyalar takomillashtirildi;
surdo tarjima jarayonining sotsiolingvistik va pragmatik xususiyatlari haqida o‘zbek va ingliz imo-ishora tili misolidagi ma’lumotlardan, surdo tarjima jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan imo-ishora tilini izohlovchi daktil alifbosi, lab harakati, qo‘l harakati kabilar haqidagi ma’lumotlardan, tahlil qilinayotgan imo-ishora tilidan olingan misollarda tarjimani voqelantirish bilan bogʻliq tahlillardan Akademik E.A. Buketov nomidagi Qorag‘anda universitetining “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasida tarjimashunoslik bo‘yicha o‘quv dasturlarida hamda tarjimaga oid amaliy darslarda foydalanilgan (Akademik E.A. Buketov nomidagi Qorag‘anda universitetining 2025-yil 31-yanvardagi 07.1-171675-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv materiallari va ular asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar verbal nutqning surdo tarjimasida qo‘llaniladigan qo‘l harakati, daktil alifbosi, lab harakati hamda yozma shakllarining sotsiolingvistik va pragmatik ma’lumotlar bilan boyilishiga erishildi;
ingliz va o‘zbek imo-ishora tillarida surdo tarjimaning mavjud sotsiolingvistik va pragmatik xususiyatlari haqidagi nazariy qarashlardan hamda amaliy tavsiyalardan O‘zMTRK Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan 2024-yil dekabr oyida efirga uzatilgan “Assalom Samarqand” teleko‘rsatuvi dasturining ssenariuini ishlab chiqishda foudalanilgan (O‘zMTRK Samarqand viloyati teleradiokomraniyasining 2025-yil 4-yanvardagi 01-07/4-son ma’lumotnomasi). Natijada dastur ssenariysi bugungi kunda rasmiy nutqlarda voqelangan axborotlarni bir tildan boshqasiga o‘girishning nazariy jihatlarini ochib berishda alohida ahamiyat kasb etayotgan tarjima va surdo tarjima variantini yaratish kabi ma’lumotlar bilan boyitilishi ta’minlandi.
imo-ishora tili dunyoning barcha mintaqalarida etnik jihatdan farqli shakllanganligi, bir xil mazmunning turli tillarga xilma-xil tarjima qilinadigan so‘zlarning imo-ishora tilida ifodalanishi ham farqli ekani, o‘zbek imo-ishora tili ingliz imo-ishora tiliga surdo tarjima qilish jarayonining boshqa tillarga surdo tarjimasidan daktil alifbosidagi farqli jihatlari bilan ajralib turishi aniqlangan va bunda kuzatiladigan muhim daktil, imo-ishoralar qo‘llanilishiga oid prinsiplar bilan bogʻliq tahlillardan Akademik E.A. Buketov nomidagi Qorag‘anda universitetining “Maxsus va inklusiv ta’lim” kafedrasidagi amaliy mashg‘ulotlarda hamda ma’ruzalarda, o‘quv dasturlarida foydalanilgan (Akademik E.A. Buketov nomidagi Qorag‘anda universitetining 2025-yil 20-maydagi 07.1-171689-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv materiallari va ular asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar imo-ishora tili dunyoning barcha mintaqalarida etnik jihatdan farqli shakllanganligi, bir xil mazmunning turli tillarga xilma-xil tarjima qilinadigan so‘zlarning imo-ishora tilida ifodalanishi ham farqli ekani bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan boyitildi.