Qosimova Go‘zal Botirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi hakida e’lon
I. Umimiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Intradializ miokard disfunksiyasini aniqlash va muvofiqlashtirish usullarini takomillashtirish” 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib4235.
Ilmiy rahbar: Muminov Shovkat Kadirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyati ko‘rsatayotgan muassasa (muasassalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Sabirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alieva Ra’no Burxonovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gemodializ olayotgan surunkali buyrak kasalligini 5 bosqichi (SBK5d) bilan og‘rigan bemorlarda miokardning funksional holatini baholash va aniqlangan buzilishlarni korreksiyalash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SBK5d bilan og‘rigan bemorlarda sog‘lom shaxslarga nisbatan qonda natriyuretik peptid (NUP), kreatin-fosfokinazaning miokardial fraksiyasi (KFK-MV) sezilarli darajada oshishi, yurakning barcha bo‘shliqlari dilatatsiyasi, sistolik funksiyaning pasayishi, qon aylanishining kichik doirasida bosimning va miokard faoliyatining integral indekslari oshishi aniqlagan;
SBK bilan og‘rigan bemorlarda GD ning 60-90 daqiqasiga va oxiriga kelib qonda NUP konsentratsiyasi va miokard nekrozi markerlari (KFK-MV va troponin T) sezilarli darajada oshishi qayd etildi, chap qorinchaning zarb fraksiyasining (ChQ ZF) progressiv pasayishi, regionar kontraktillikning yaqqol buzilishi, o‘pka arteriyasidagi o‘rtacha bosimning oshishi aniqlangan;
SBK5d bilan og‘rigan bemorlarda intradializ miokardial disfunksiya rivojlanishi prediktorlari dializdan oldingi ChQ ZF 58% dan kam (sezuvchanlik 100%, spesifiklik 39,13%, informativlik 45,63%) va dializdan oldingi umumiy periferik qon tomir qarshiligi (UPQTQ) 1470 din×s×sm-5 dan yuqori (sezuvchanlik 100%, spesifiklik 55,43%, informativlik – 60,91%) ekanligi aniqlangan;
SBK5d bilan og‘rigan bemorlarda intradializ jismoniy yuklamani (JYu) qo‘llash miokardning struktur-funksional holati markerlari konsentratsiyasi dinamikasining sezilarli yaxshilanishiga, chap qorincha so‘nggi diastolik hajmining (ChQ ODH) yaqqolroq kamayishiga va ChQ miokardi kontraktilligining kamroq o‘zgarishiga yordam berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gemodializ olayotgan SBK bilan og‘rigan bemorlarda miokardning funksional holatini o‘rganish va aniqlangan buzilishlarni tuzatish usullarini aniqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etilgan.
birinchi ilmiy yangilik: SBK5d bilan og‘rigan bemorlarda sog‘lom shaxslarga nisbatan qonda NUP va KFK-MV sezilarli darajada oshishi, yurakning barcha bo‘shliqlari dilatatsiyasi, sistolik funksiyaning pasayishi, kichik qon aylanish doirasida bosimning oshishi, miokard funksiyasining integral indekslari oshishi aniqlanib, bu Toshkent viloyati Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 01.05.2024 yildagi 48-sonli buyrug‘i asosida, Farg‘ona viloyati Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 23.04.2024 yildagi 47-sonli buyrug‘i asosida amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 25.04.2025 yildagi 16/01-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: SBK5d bilan og‘rigan bemorlarda ExoKG o‘tkazish bo‘yicha shakllantirilgan amaliy tavsiyalar bemorlarni boshqarishni optimallashtirishga, yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlarni o‘z vaqtida aniqlashga va o‘tkazilayotgan terapiya samaradorligini oshirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: SBK5d bilan og‘rigan bemorlarda modifikatsiyalangan ExoKG protokolini qo‘llash miokardial buzilishlar xavfini aniqlaydi, kasalxonaga yotqizish chastotasini kamaytiradi va bemorlarning ijtimoiy faolligini oshiradi. Xulosa: SBK5d bilan og‘rigan bemorlarda biomarkerlar darajasi va ExoKG ko‘rsatkichlari bo‘yicha miokardial disfunksiya darajasini aniqlash terapiya samaradorligini oshirish, kasalxonaga yotqizish chastotasini kamaytirish va bemorlarning ijtimoiy faolligini saqlab qolish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: SBK bilan og‘rigan bemorlarda GD ning 60-90 daqiqasiga va oxiriga kelib qonda NUP va miokard nekrozi markerlari konsentratsiyasining sezilarli darajada oshishi, ChQ FCh ning progressiv pasayishi, regionar kontraktillikning yaqqol buzilishi, O‘A da o‘rtacha bosimning oshishi aniqlanib, bu Toshkent viloyati Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 01.05.2024 yildagi 48-sonli buyrug‘i asosida, Farg‘ona viloyati Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 23.04.2024 yildagi 47-sonli buyrug‘i asosida amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 25.04.2025 yildagi 16/01-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar gemodializ olayotgan bemorlarda miokardial disfunksiyani erta aniqlashga va bemorlarning yashovchanligini oshirishga yordam beradi hamda statsionarga yotqizish ehtiyojini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: SBK5D bilan og‘rigan bemorlarda gemodializ jarayonida miokardning struktur-funksional buzilishlarini aniqlash asoratlarni oldini olish choralarini o‘tkazishga, yil davomida bemorlarning terapevtik statsionarlarga yotqizilish kunlarini kamaytirishga va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga yordam beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: SBK5d bilan og‘rigan bemorlarda intradializ miokardial disfunksiya rivojlanishining prediktorlari dializdan oldingi ChQ FCh 58% dan kam (sezuvchanlik 100%, spesifiklik 39,13%, informativlik 45,63%) va dializdan oldingi UPQQ 1470 din×s×sm-5 dan yuqori (sezuvchanlik 100%, spesifiklik 55,43%, informativlik – 60,91%) ekanligi aniqlanib, bu Toshkent viloyati Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 01.05.2024 yildagi 48-sonli buyrug‘i asosida, Farg‘ona viloyati Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 23.04.2024 yildagi 47-sonli buyrug‘i asosida amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 25.04.2025 yildagi 16/01-sonli xulosasi). Ijtimoiy ahamiyati: ilmiy tadqiqot natijalari miokard disfunksiyasi yuzaga kelishida xavf omillarini va ularning prediktor ahamiyatini aniqlash hamda kasallik prognozini belgilash, o‘z vaqtida davolash-profilaktika tadbirlarini o‘tkazish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asoratlarni kamaytirishga, yil davomida bemorlarning statsionarda bo‘lish kunlari sonini qisqartirishga yordam beradi va 14668000 so‘m tejashga imkon beradi. Xulosa: SBK5d bilan og‘rigan bemorlarda intradializ miokardial disfunksiya rivojlanishi prediktorlarini aniqlash kasallik prognozini belgilash, davolash samaradorligini oshirish, asoratlarni va yotoq-kunlar sonini kamaytirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: intradializ FN miokardning struktur-funksional holati markerlari konsentratsiyasi dinamikasini sezilarli darajada yaxshilashga, ChQ KDH ning yanada yaqqol kamayishiga va ChQ miokardi kontraktilligining kichikroq o‘zgarishlariga yordam berishi aniqlanib, bu Toshkent viloyati Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 01.05.2024 yildagi 48-sonli buyrug‘i asosida, Farg‘ona viloyati Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 23.04.2024 yildagi 47-sonli buyrug‘i asosida amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 25.04.2025 yildagi 16/01-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan intradializ jismoniy yuklamani qo‘llash algoritmi nefrologiya va gemodializ bo‘limlarida velotrenajerni keng qo‘llash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalarni joriy etish SBK5d bilan og‘rigan bemorlarning statsionarda bo‘lish kunlari sonini qisqartirish va terapevtik statsionarlarda yotoq-kunlarni kamaytirish hisobiga yil davomida 14668000 so‘m tejashga yordam beradi. Xulosa: individual tanlangan intradializ jismoniy yuklamani qo‘llash SBK5d bilan og‘rigan bemorlarda miokardning struktur-funksional holati ko‘rsatkichlari dinamikasini yaxshilashga yordam beradi.