Fazilbekova Zulfiya Nodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surunkali buyrak kasalligi III-IV bosqich bemorlarda asosiy davolash fonida yurak ritmi variabellik kursatkichlari dinamikasi” 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3305.
Ilmiy rahbar: Daminov Botir Turg‘unpulatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Maksud Atabaevich - tibbiyot fanlari doktori, professor, Abdullaev Timur Atanazarovich - tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: 2-tip qandli diabet va usiz qechgan surunkali buyrak kasalligining III va IV bosqichidagi bemorlarda yurak ritmi variabelligi ko‘rsatkichlarining xususiyatlarini o‘rganish, muolajalarni uning dinamikasiga ta’sirini baholash, shuningdek tashxislash, davolash va boshqarish algoritmini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
hisoblangan koptokchalar filtratsiyasi tezligi kamayishiga monand III-IV bosqichdagi surunkali buyrak kasalligi mavjud bemorlarda yurak ritmi variabelligi asosiy ko‘rsatkichi - SDNN organizmning kompensator-adaptiv xususiyatlarini tavsiflovchi va yashovchanlikning salbiy bashoratining mustaqil omili, xususan, to‘satdan o‘limni avj olib boruvchi pasayishi aniqlangan;
komorbid kasallik sifatida 2-tip qandli diabet mavjudligi yurak ritmi variabelligi ko‘rsatkichlarining pasayishi darajasiga, qondagi kreatinin, sistatin C va natriy uretik peptid dinamikasi bilan aniqlangan III va IV bosqichlardagi surunkali buyrak kasalligi bemorlarda asosiy 6 oylik terapiya samaradorligiga shuningdek, buyraklar va yurak funksional holatini tavsiflovchi koptokchalar filtratsiyasi tezligi va chap qorinchaning qon otish fraksiyasiga qo‘shimcha salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
SDNN ning boshlang‘ich darajasi 70 ms dan yuqori yoki past bo‘lsa, yurak ritmi variabelligining pasayishini aks ettirib, bunda buyrak va yurak protektiv aralashuvlarni kuchaytirishni talab qiladigan bemorlarni aniqlash mumkinligi asoslangan;
SDNN boshlang‘ich qiymatiga qarab III va IV bosqichlardagi surunkali buyrak kasalligi mavjud bemorlarni davolash samaradorligini bashorat qilish va mukammallashtirish yo‘llari aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi 
 Surunkali buyrak kasalligi III-IV bosqich bemorlarda asosiy davolash negizida yurak ritmi variabellik ko‘rsatkichlari dinamikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
birinchi ilmiy yangilik: KFT kamaygani sari III-IV bosqichdagi SBK bilan og‘rigan bemorlarda yurak ritmi variabelligi asosiy ko‘rsatkichi - SDNN organizmning kompensator-adaptiv xususiyatlarini tavsiflovchi hamda yashovchanlikning salbiy bashorati mustaqil omili, xususan, to‘satdan o‘lim bilan avj olib boruvchi pasayishi aniqlangan va 06.12.2024 yildagi 01/63/1-son buyruq asosida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy markazi, 25.12.2024 yildagi 111-son buyruq bilan Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (30.10.2024-yildagi Ilmiy-texnik kengashning 03/314-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kam xarajatli noinvaziv usul – YuRV (SDNN) baholash bilan kunlik Xolter EKG monitoringini SBK bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish kompleksi/standartlariga kiritish bemorlarni boshqarishni mukammallashtirishga yordam beradi va terapiya samaradorligi hamda xavfsizligini nazorat qilish darajasini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: III-IV bosqichidagi SBK bilan og‘rigan bemorlarda YuRVning asosiy ko‘rsatkichi - SDNN dan foydalanish buyrak-yurak asoratlari (dializ, buyrak transplantatsiyasi, yurak-qon tomir o‘limi) xavfi yuqori bo‘lganlarni erta aniqlashga yordam beradi. Xulosa: III-IV bosqichdagi SBK bilan og‘rigan QD va usiz bemorlarda, tekshiruv va dinamik kuzatuv jarayonida, yashovchanlikning noqulay oqibatining mustaqil omili bo‘lgan YuRV- SDNNning yuqori ma’lumotli ko‘rsatkichidan foydalangan holda tananing kompensatsion - adaptiv xususiyatlarini baholash maqsadga muvofiqdir.
ikkinchi ilmiy yangilik: komorbid kasallik sifatida 2-tip QD mavjudligi YuRV ko‘rsatkichlarining pasayishi darajasiga va qondagi kreatinin, sistatin C va natriy uretik peptid dinamikasi bilan aniqlangan III  IV bosqichlardagi SBK bemorlarda asosiy 6 oylik terapiya samaradorligiga shuningdek, buyraklar va yurak funksional holatini tavsiflovchi hKFT va chap qorinchaning qon otish fraksiyasi ham qo‘shimcha salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan, 06.12.2024 yildagi 01/63/1-son buyruq asosida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, 25.12.2024 yildagi 111-son buyruq asosida Respublika ixtisoslashtirilgan buyrak transplantatsiyasi nefrologiyasi ilmiy-amaliy markazi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (30.10.2024-yildagi Ilmiy-texnik kengashning 03/314-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar 2-tip QD mavjud bemorlarda SBK terminal bosqichining rivojlanishini sekinlashishiga, individual tanlangan kompleks, shu jumladan gipoglikemik terapiya olgan bemorlarning omon qolish darajasini oshirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: III va IV bosqichdagi SBK hamda 2-tip QD bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va davolash bilan shaxsiylashtirilgan yondashuv kasallikning rivojlanishini sekinlashtiradi, shifoxonaga yotqizish ehtiyojlarini kamaytiradi, shuningdek dializga bo‘lgan erta ehtiyojni oldini oladi (1 muolaja narxi 1508631 so‘mni tashkil etadi, yotoq, tibbiy va hamshiralik yordami hisobga olinadi). Bunda bemor o‘rtacha haftasiga 2 marta dializ muolajasiga muhtoj.
uchinchi ilmiy yangilik: SDNN ning boshlang‘ich darajasi 70ms dan yuqori yoki past bo‘lsa, YuRVning pasayishini aks ettirib, bunda buyrak va yurak protektiv aralashuvlarini kuchaytirishni talab qiladigan bemorlarni aniqlash mumkinligi asoslangan, 06.12.2024 yildagi 01/63/1-son buyruq asosida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, 25.12.2024 yildagi 111-son buyruq asosida Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy markazi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (30.10.2024-yildagi Ilmiy-texnik kengashning 03/314-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: KDIGO standartlari tomonidan tavsiya etilgan, III va IV bosqichdagi SBK bemorlarida SGLT2 ingibitori kompleks terapiyaning erta boshlanishi va buni profilli sog‘liqni saqlash muassasalari amaliy faoliyatiga joriy etilishi bemorlar buyraklarining filtrlash faoliyatini bir tomondan saqlab qoladi va polipragmaziyani oldini oladi hamda dori-darmonlarga asossiz xarajatlar, isbotlangan bazasisiz, istalmagan kombinatsiyalarning mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlarini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu tadqiqot natijalari O‘zbekiston tibbiyot muassasalarida III va IV bosqichdagi SBK bilan og‘rigan bemorlarni davolashda yagona yondashuvni ta’minlaydi, sug‘urta tibbiyotini joriy etish sharoitida ushbu og‘ir asorat rivojlanishini sekinlashtirish va dializ amaliyoti boshlanishini kechiktirish orqali ularning yil davomida shifoxonada qolish kunlarini kamaytirishga yordam beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: SDNN boshlang‘ich qiymatiga qarab III va IV bosqichlardagi SBK bemorlarini davolash samaradorligini bashorat qilish va mukammallashtirish algoritmi ishlab chiqilgan, 06.12.2024 yildagi 01/63/1-son buyruq asosida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy markazi, 25.12.2024 yildagi 111-son buyruq asosida Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi  ilmiy-amaliy markazi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (30.10.2024-yildagi Ilmiy-texnik kengashning 03/314-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Dastlabki SDNN qiymatiga qarab III va IV bosqichdagi SBK bilan og‘rigan bemorlarni davolash samaradorligini bashorat qilish va takomillashtirish uchun ishlab chiqilgan algoritm buyraklarning filtrlash funksiyasini yaxshilashga va/yoki qimmat hamda xavfli aralashuvlarni (dializ, buyrak transplantatsiyasi) talab qiladigan SBK terminal bosqichi rivojlanishini sekinlashishiga yordam beradi.  Iqtisodiy samaradorligi: III va IV bosqichlardagi SBK bilan og‘rigan bemorlarda SGLT-2 ingibitori (dapagliflozin) qo‘shilishi bilan kompleks terapiya samaradorligi bo‘yicha olingan natijalarni joriy etish, dializni haftasiga o‘rtacha 2 marta talab qiladigan terminal bosqichini 6 oyga, oshirish, kamida 50 marta muolaja bilan bog‘liq xarajatlarni tejash imkonini beradi. 1 bemor uchun dializ muolajasi (kamida 950000 ming x 50 = 47500000 so‘m). Xulosa: SGLT-2 ingibitori (dapagliflozin) ni o‘z ichiga olgan CBK bilan og‘rigan bemorlarda KDIGO standartlari tomonidan tavsiya etilgan keng qamrovli terapiya bilan butun mamlakat bo‘ylab davolashga yagona yondashuv nogironlik va o‘lim darajasini pasaytiradi va ushbu komorbid bemorlarda yuzaga keladigan asoratlar (gemodializ va buyrak transplantatsiyasi) xarajatlarini tejash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish