Meylieva Laziza Qaxramonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Polietilentereflat asosli chiqindilarni qayta ishlash va olingan mahsulotlarning qo‘llanilish yangi sohalari», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi  (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/K846.
Ilmiy rahbar: Kadirov Xasan Irgashevich. texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli ilmiy ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xuseinov Arslonazar Shernazarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ernazarova Samida Shamsiddin qizi, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polietilentereftalat asosli chiqindilarni qayta ishlash bilan mineral tuzlar to‘planishi ingibitorlari olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
PET asosli chiqindilarni bartaraf etishning biologik, termik, notermik, aerob sharoitlari aniqlanib, aminoliz va alkogoliz mahsulotlaridan ingibirlangan kislota asoslari olingan;
220-225 °C xarorat, 6-8 soat dekstruksiya davomiyligida, TEA: PET asosli chiqindi nisbatlarining fizik-kimyoviy xususiyatlariga ta’siri aniqlanib, TEA miqdori 0,5 dan 6 molgacha oshishi bilan gidroksil guruhlarining miqdori 459 dan 1171,5 mg KON/g gacha ortishi, 1:0,5 va 1:1 mol nisbatida elementar zveno/mol` bo‘lgan namunalarda Ubbelode bo‘yicha tomchi tushish harorati mos ravishda 178 dan 98 °C gacha pasayishi isbotlangan;
foydalanilgan PET ni qayta ishlashni 200 - 240 °C xaroratlar chegarasida dastlaki regaentlar 1:4 nisbatida amalga oshirib, suyuq holatdagi namunalar suvda yaxshi erishi bilan samarali ko‘p tarkibli mineral tuzlar to‘planishi ingibitori komponenti bo‘lishi asoslangan;
alkogoliz va aminoliz reaksiyalari PET asosli chiqindilar molekulasida mavjud funksional guruhlar - gidroksil, efir bog‘lari, aromatik halqalar bilan bir qatorda, uchlamchi va birlamchi aminoguruhlar hisobiga amalga oshishi asoslangan;
PETning alkogoliz va aminoliz mahsulotalir sof holatida va turli kompozisiyalarida mineral tuzlar to‘planishiga qarshi ingibitorlar sifatida turli qattiqlikdagi suvlarda sinovdan o‘tkazilib, tarkibida 20-25 % mass xlorid kislota saqlagan ingibirlangan kislota olingan; 
PET: TEA asosli xlorid kislota qo‘shib tayyorlagan ingibirlangan kislotaning korroziyadan himoyalash darajasi aniqlanib, PET: TEA+HCl, karbamid, ortofosfor kislotasi, formal`degid, ishlatilgan DEA tarkibining ingibirlash samarasi 99.6 % gacha etishi isbotlangan; 
neft-gaz, tog‘-kon, kimyo sanoati va kommunal xo‘jaligi suv ta’minoti qurilmalarini mineral tuzlar yig‘ilishidan himoyalash uchun «ML-IOMS-7» ingibitori olish texnologik tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Polietilentereftalat asosli chiqindilarni aminoliz orqali qayta ishlash, ingibirlangan kislotalar asosining yangi tarkibini ishlab chiqish va samarali mineral tuzlar to‘planishi ingibitorlari olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
PET asosli chiqindilarni qayta ishlashning aminoliz va alkogoliz jarayonlari orqali olingan ingibitor kompozisiyalari Shurtan neft gaz qazib chiqarish boshqarmasi tasarufidagi qurilmalarni korroziyadan himoyalashda amaliyotga joriy qilingan (Shurtan neft gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2024 yil 22 iyulidagi P05/ED-2911-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlatilgan PET va alkanolaminlar asosida sinergetik samarali korroziya ingibitorlarini qo‘llab konstruksion qurilmalarning samarali ishlashini ta’minlash imkonini bergan;
aminoliz va alkogoliz jarayonlari orqali PET asosli chiqindilarni qayta ishlab olingan ingibirlangan kislota asosli ingibitordan neft gaz qazib chiqarish qurilmalarni mineral tuzlar to‘planishidan himoyalash texnologiyasi Shurtan neft gaz qazib chiqarish boshqarmasining «2025-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (Shurtan neft gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2024 yil 22 iyulidagi P05/ED-2911-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlatilgan PET asosli chiqindilardan mineral tuzlar to‘planishidan himoyalash ingibitori - ingibirlangan kislota asosini ishlab chiqarish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish