Inomjanov Dolimjon Raxmatillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dorivor o‘simliklar ekstraktlarining vazorelaksant ta’sirini tavsiflash», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi, 03.00.02-Biofizika va radiobiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/V1045.
Ilmiy rahbarlar: Xushmatov Shunqor Sadullaevich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Omonturdiev Sirojiddin Zoirovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.76.01.
Rasmiy opponentlar: Pozilov Ma’murjon Komiljonovich, biologiya fanlari doktori, professor; Zaripov Abdusalim Abdukarimovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ayrim mahalliy dorivor o‘simlik turlari (qora andiz (Inula helenium L.), qizil do‘lana (Crataegus turkestanica Pojark.), sariq-oq gnafalium (Gnaphalium luteoalbum (L.) Hilliard & Burtt.), oq karrak (Sylibum marianium L.) ekstraktlarining (solishtirish maqsadida – RK-2 polifenoli) vazorelaksant va antigipertenziv ta’sir faolligini tavsiflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qora andiz, qizil do‘lana, sariq-oq gnafalium, oq karrak o‘simlik ekstraktlari va RK-2 polifenolining vazoreleaksant ta’siri aorta qon tomiri SMHda potensialga bog‘liq faollashuvchi Ca2+L-kanali faolligini susaytirishi bilan bog‘liqiligi aniqlangan;
qora andiz, qizil do‘lana, sariq-oq gnafalium, oq karrak o‘simlik ekstraktlari va RK-2 polifenolining vazoreleaksant ta’sirida SMHda reseptorga bog‘liq boshqariluvchi Ca2+-kanali ishtirok etishi ilmiy asoslangan;
qora andiz, qizil do‘lana, sariq-oq gnafalium, oq karrak o‘simlik ekstraktlari va RK-2 polifenolining vazoreleaksant ta’sirida SMHda endoteliy qavatida NO cGC [cGMF]in PKG reaksiya kaskadi aktivatsiyasi ishtirok etishi aniqlangan;
qora andiz, qizil do‘lana, sariq-oq gnafalium, oq karrak o‘simlik ekstraktlari va RK-2 polifenolining aorta qon tomiri SMH qisqarish faolligiga ta’sirida Na+/Ca2+-almashuvchining ro‘li ilmiy jihatdan asoslangan;
qora andiz, qizil do‘lana, sariq-oq gnafalium, oq karrak o‘simlik ekstraktlari va RK-2 polifenolining vazoreleaksant ta’siri aorta qon tomiri SMH SR Ca2+-transport tizimlari (IP3R, RyR) faolligi modulyasiyasi orqali amalga oshishi aniqlangan;
in vivo sharoitida qora andiz, qizil do‘lana, sariq-oq gnafalium, oq karrak o‘simlik ekstraktlari sezilarli darajada antigipertenziv faollikka ega bo‘lib, β-AR AC cAMF PKA reaksiyalar kaskadi modulyasiyasi orqali [Ca2+]in miqdori kamayishi bilan bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qora andiz (Inula helenium L., Asteraceae), qizil do‘lana (Crataegus turkestanica Pojark., Rosaceae), sariq-oq gnafalium (Gnaphalium luteoalbum (L.) Hilliard & B.L.Burtt (Asteraceae), oq karrak (Sylibum marianium L., Asteraceae) o‘simlik turlari ekstraktlari, RK-2 polifenolining vazorelaksant, antigipertenziv faolligini tavsiflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘simliklardan ajratib olingan ekstraktlar va RK-2 polifenolining kalamush aorta silliq muskuliga vazorelaksant ta’sirini, antigipertenziv faolligining molekulyar mexanizmlaridan O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo institutining A-FA-2021-372 raqamli “Herba leonuri, Gnaphalii uliginosi herba, Chamomillae recutitae flores, Crataegi flores dorivor o‘simliklari asosida yurak - qon tomir tizimiga samarali ta’sirga ega dori vositalarini yaratish” mavzusidagi ilmiy loyihasida dorivor o‘simliklar ekstraktlarining farmakologik faolligini tavsiflashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 13 dekabrdagi 4/1255-2764-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Qora andiz (Inula helenium L., Asteraceae), qizil do‘lana (Crataegus turkestanica Pojark., Rosaceae), sariq-oq gnafalium (Gnaphalium luteoalbum (L.) Hilliard & B.L.Burtt., oq karrak (Sylibum marianium L.) o‘simlik ekstraktlarini turli dozalarda ekstraktlarning yurak-qon tomir tizimiga samarali ta’sirga ega ekanligini isbotlash imkonini bergan;
qora andiz (Inula helenium L.), qizil do‘lana (Crataegus turkestanica Pojark.), sariq-oq gnafalium (Gnaphalium luteoalbum (L.) Hilliard & B.L.Burtt), oq karrak (Sylibum marianium L.) o‘simlik turlari ekstraktlari, RK-2 polifenolining vazorelaksant, antigipertenziv faolligida SMH Ca2+L-kanali, SR Ca2+-transport tizimlari faolligi modulyasiyasi orqali amalga oshishilgan mexanizmlardan Polshaning UMO-2020/37/N/NZ5/02359 raqamli “Tirozin bilan modifikatsiyalangan polietilenimin polimerlari sinergik saraton immunoterapiyasida RNKni etkazib berishning istiqbolli vektori sifatida” mavzusidagi ilmiy loyihasida aortani darajasiga kardioprotektiv va vazorelaksan ta'sirining molekulyar mexanizmini aniqlashda foydalanilgan (Universitet Lodzki universitetining 2025 yil 17 apreldagi 7240003243-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yurak-qon tomir tizimining buzilishlarini oldini olish va davolash imkonini bergan.