Mutalipov Azizbek Abdullajon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayrim gidrolizlanuvchi taninlarning kalamush aorta silliq muskuliga vazorelaksant taʼsirini tavsiflash», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi, 03.00.02-Biofizika va radiobiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/V1124.
Ilmiy rahbarlar: Zaynabiddinov Anvar Erkinjonovich, biologiya fanlari doktori, professor; Usmanov Pulat Bekmuratovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.76.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Nurali Azamovich, biologiya fanlari doktori; Muratova Dilnoza Xasanovna, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Euphorbia canescens (L.) turdan ajratib olingan gidrolizlanuvchi taninlar guruhiga kiruvchi 1-O-galloil-4,6-geksagidroksidifenoil-β-D-glyukoza (1-GT), 1,2,6-tri-O-galloil--D-glyukoza (2-GT), 2,3-di-O-galloil--D-glyukoza (3-GT) va 3-O-galloil-4,6-geksagidroksidifenoil-β-D-glyukoza (4-GT)larning vazorelaksant ta’sir mexanizmilarini qiyosiy tavsiflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor in vitro sharoitda 1-GT, 2-GT, 3-GT va 4-GT gidrolizlanuvchi taninlarning vazorelaksant ta’sirining o‘ziga xos molekulyar mexanizmlari har tomonlama tavsiflangan;
gidrolizlanuvchi taninlarning markaziy glyukoza uglerod atomlarida turli guruhlarning joylashuvi, shuningdek, (OH) funksional guruhlar sonining ortishi moddalarning reaksion faolligiga ta’siri aniqlanib, bu ularning biologik faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi ilmiy asoslangan;
2-GT va 4-GT tarkibida 3 ta galloil (C7O5H6) geksagidroksidifenoil va (C14O10H10) guruhlarining mavjudligi, hamda (OH) funksional guruhlar sonining ko‘pligi ularning vazorelaksant faolligini oshirishi aniqlangan;
1-GT, 2-GT, 3-GT va 4-GT gidrolizlanuvchi taninlarning vazorelaksant ta’siri ularning kimyoviy tuzilishi va qo‘llanilgan konsentratsiyasiga bog‘liqligi eksperimental tarzda asoslangan;
1-GT, 2-GT, 3-GT va 4-GT gidrolizlanuvchi taninlarining vazorelaksant ta’siri tashqi muhitdan hujayraga Ca2+ ionlarining kirishini kamaytirish orqali yuzaga chiqishi hamda bunda plazmolemma Ca2+ transport tizimlari ishtirok etishi aniqlangan;
ushbu gidrolizlanuvchi taninlarning vazorelaksant ta’siri, shuningdek, sarkoplazmatik retikulumda Ca2+ ionlarining tashilishi jarayonining modifikatsiyalanishi bilan bog‘liq ekani ilmiy jihatdan asoslangan;
in vivo sharoitda arterial qon bosimini noninvaziv usulda aniqlash orqali 1-GT, 2-GT, 3-GT va 4-GT gidrolizlanuvchi taninlarining yuqori antigipertenziv faolligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1-GT, 2-GT, 3-GT va 4-GT gidrolizlanuvchi taninlarning vazorelaksant ta’sir mexanizmlarini tavsiflash va ularning tahlili asosida farmakologik preparatlar ishlab chiqish istiqbollari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ayrim gidrolizlanuvchi taninlarning kalamush aorta silliq muskuliga vazorelaksant ta’sirini tavsiflash bo‘yicha 1-GT, 2-GT, 3-GT va 4-GT gidrolizlanuvchi taninlarning dozaga bog‘liq taʼsiri mexanizmlaridan O‘zR FA Bioorganik kimyo institutining “Euphorbia (molochay) o‘simliklaridan ajratib olingan birikmalarning antiradikal va antioksidant xususiyatlarini o‘rganish, ular yordamida mitoxondriyalarning funksiyalarini korreksiya qilish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida Euphorbia o‘simliklaridan olingan ekstraktlarning gipoksiyaga qarshi faolligini aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan tajribalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 13 dekabrdagi 4/1255-2765-son ma’lumotnomasi). Natijada, biofaol birikmalarning antiradikal va antioksidant xususiyatlari “normobarik gipoksiya” modeli sharoitida PS-1, PS -2 va PS-3 birikmalarini 120 va 60 mg/kg dozalarda gipoksiya holatidagi sichqonlarning yashash davomiyligini aniqlash va ekstraktlarning yurak-qon tomir tizimiga samarali ta’sirga ega ekanligini isbotlash imkoniyatini bergan;
Euphorbia canescens (L.) turiga mansub o‘simliklarning er ustki qismidan ajratib olingan 2,3-di-O-galloil-β-D-glyukoza, 1,2,6-tri-O-galloil- β-D-glyukoza, 3-O-galloil-4,6-geksagidroksidifenoil- β -D-glyukoza va 1,2,3,4-tetra-O-galloil- β-D-glyukoza gidrolizlanuvchi taninlarning vazorelaksant taʼsiri mexanizmlaridan Indoneziya davlat institutining MCJIS-2022-029: “Therapeutic Potential of Hydrolyzable Tannins from Euphorbia Species in Cardiovascular Disease Management” mavzusidagi loyihasida yurak-qon tomir sistemasi kasalliklarining kelib chiqish sabablari va davolash mexanizmlarini yoritishda foydalanilgan (Indoneziya davlat institutining 2024 yil 29 iyuldagi 22-son maʼlumotnomasi). Natijada, yurak-qon tomir tizimining buzilishlarini oldini olish va korreksiya qilishga qaratilgan mexanizmlarni aniqlash imkonini bergan.