Erkaeva Nazokat Aktamovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Noorganik qo‘shimchalar va ular asosida sintetik yuvish vositalari olishni fizik-kimyoviy asoslash va texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/T815. 
Ilmiy maslahatchi: Kaipbergenov Atabek Tulepbergenovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/05.05.2023. K/T.35.02.
Rasmiy opponentlar: Namazov Shafaat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Umirov Farxod Ergashovich, texnika fanlari doktori, professor; Sultonov Baxodir Elbekovich, texnika fanlari doktori,  professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: noorganik qo‘shimchalar va ular asosida kukunsimon va suyuq sintetik yuvish vositalari olishni fizik-kimyoviy asoslash va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
QSZda ishlab chiqarilgan natriy karbonat va kaliy karbonat, natriy sulfat hamda vodorod peroksididan Na2SO4·0,5H2O2 va K2CO3*3H2O2 persulfat va perkarbonat hosil bo‘lishiga texnologik omillarning ta’siri aniqlangan;
birinchi marotaba seskvikarbonat natriy va tozalangan natriy bikarbonati olishning kombinatsiyalangan texnologik sxemasi ishlab chiqilgan va yangi texnologiyaning fizik-kimyoviy asoslari yaratilgan;
birinchi marotaba kaliy karbonat ishqoriy tuzini olishda KOH konsentratsiyasi va K2SO3:KON nisbati mos ravishda kukunli tarkibni olish uchun ˃40% va ˃7:3 hamda suyuq tarkibni olish uchun esa aksincha, ˂40% va ˂7:3 oralig‘ida olinganida pH qiymati 12,2 dan 13 gacha bo‘lishi isbotlangan;
SYV tarkibidagi yuvuvchi moddalar va faol qo‘shimchalar miqdoriy nisbatlariga ko‘ra hususiyatlari hududlardagi suvlarning qattiqligiga mos ravishda bog‘liqligi asoslangan;
kaliy perkarbonat, natriy peroksisulfat, kaliy karbonat ishqoriy tuzlari, hamda texnik va maishiy maqsadlarda qo‘llaniladigan suyuq va kukunli SYVlar ishlab chiqarishning tejamkor kombinatsiyalangan texnologik sxemalari ishlab chiqilgan;
olingan qo‘shimchalardan ishlab chiqarilgan sintetik yuvish vositalarining tarkibiy qismlarining nisbati, zichligi, qovushqoqligi, yuvish darajasi va ko‘pikning barqarorligi bilan bir qatorda, temperatura, vaqt, bosim, konsentratsiyaning hamda aktiv qo‘shimchalarning fizik-kimyoviy ta’sirlariga asoslanib, maqbul texnologik asoslari yaratilgan;
yuvish vositalari ishlab chiqarishda homashyolardan foydalanishning samaradorligini oshiruvchi va yuqori sifatni ta’minlovchi kukunli va suyuq YV uchun kompozisiyalar yaratilgan va kompozisiyalar tarkibidagi organik va noorganik faol qo‘shimchalarning o‘zaro nisbatlari bo‘yicha fizik-kimyoviy asoslari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Natriy seskvikarbonat va bir vaqtning o‘zida natriy gidrokarbonat ishlab chiqarish, hamda ular asosida suyuq va kukun SYV ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida;
natriy seskvikarbonat, suyuq va kukunsimon yuvish vositalari ishlab chiqarish uchun texnik shartlar “O‘zR Sanitariya-epidemologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qumitasi tomonidan tasdiqlangan(S 201053370–02:2023, S 201053370–02:2023, S 201053370–02:2023). Natijada, suyuq va kukunsimon yuvish vositalari ishlab chiqarishda texnologik jarayonni va mahsulot sifatini nazorat qilish imkonini bergan;
natriy va kaliy karbonatdan trona va kukun holidagi yuvish vositalari ishlab chiqarish texnologiyasi Qo‘ng‘irot soda zavodi MChJ QKda amaliyotga joriy etilgan (Qo‘ng‘irot soda zavodi MChJ QKning  2023 yil 31 noyabrdagi 944-02-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston tabiiy resurslari natriy karbonat, kaliy karbonat asosidagi noorganik qo‘shimchalardan sifatli SYV ishlab chiqarish imkonini bergan;
natriy va kaliy peroksid birikmalaridan kukun va suyuq sintetik yuvish vositalarini ishlab chiqarish texnologiyasi  “Elektrokimyo” QK AJda amaliyotga joriy etilgan (“Elektrokimyo” QK AJning 2023 yil 30 oktyabrdagi 216-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xom-ashyo asosida ekologik havfsiz, arzon suyuq va kukun holidagi yuvuvchi vositalar ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish