Temirov Orifjon Olimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yallig‘lanishga qarshi preparatlar polipragmaziyasida qizilo‘ngachning morfologik xususiyatlari” 14.00.02 – morfologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2637.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Hasanova Dilnoza Axrorovna tibbiyot fanlari doktori; Shatmanov Suyunali Tuktanazarovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
II.  Tadqiqotning maqsadi: 
yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan polipragmaziyasida qizilo‘ngachning  morfologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
postnatal ontogenezda 9 oylik oq zotsiz kalamushlar qizilo‘ngach devorining me’yoriy morfologik va morfometrik parametrlari hamda yallig‘lanishga qarshi dori vositalari bilan polipragmaziyadan keyin yuzaga keladigan patomorfologik o‘zgarishlari aniqlangan;
ilk bor nazorat guruhi 9 oylik oq zotsiz kalamushlarda nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalarini qo‘llash orqali qizilo‘ngach devori qavatlarining morfologik va morfometrik parametrlarini qiyosiy tahlil natijalari asosida aniqlangan;
ilk bor oq zotciz kalamushlarda 4 xil turdagi yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qo‘llaganda qizilo‘ngach devorining giperemiyasi, shilliq qavatining shishi, epiteliy hujayra yadrolarining kattalashgani, shilliq osti qavati hujayralarining giperplaziyasi yuzaga kelishi isbotlangan;
ilk marotaba postnatal ontogenezda oq kalamushlarda 5 xil turdagi yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qo‘llaganda qizilo‘ngach devori qavatlari vena qon tomirlarining to‘laqonligi, mushak qavati tolalarning gipertrofiyasi va shishi yaqqol namoyon bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari bilan polipragmaziyada qizilo‘ngachning morfologik o‘zgarishlarini aniqlash natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: postnatal ontogenezda 9 oylik oq zotsiz kalamushlar qizilo‘ngach devorining me’yoriy morfologik va morfometrik parametrlari hamda yallig‘lanishga qarshi dori vositalari bilan polipragmaziyadan keyin yuzaga keladigan patomorfologik o‘zgarishlari aniqlanganligi bo‘yicha “Nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari bilan polipragmaziyada qizilo‘ngachning morfologik o‘zgarishlarini aniqlash” nomli uslubiy tavsiyanoma (Sog‘liqni saqlash vazirligining 21.12.2022 yildagi 8 n-r/1546-sonli xulosasi tasdiqlangan). Ushbu tavsiyalar qizilo‘ngachda polifarmatizm bilan morfologik o‘zgarishlarni aniqlash, dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlarini davolash va oldini olish tartibini tizimli ravishda tashkil etish imkonini beradi. Polipragmaziya davrida qizilo‘ngachning morfofunksional xususiyatlari va morfometrik o‘zgarishlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Buxoro viloyat patologik anatomiya buyurosi, Respublika iqtisoslashgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali va Vobkent tumani tibbiyot birlashmasi patologik anatomiya bo‘limi amaliy faoliyatiga joriy etildi. Olingan tadqiqot ma’lumotlarini hayotga tatbiq etish qizilo‘ngachning morfologik ko‘rsatkichlari asosida organopatologiya rivojlanishini erta tashxislash va oldini olish, hayot sifatini yaxshilash va asoratlar sonini kamaytirish imkonini berdi. Ijtimoiy samaradorligi: bemorlar salomatligining tez qayta tiklanishi, hayot sifatini yaxshilash, asoratlarning oldini olish, o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish orqali tadqiqotning ijtimoiy ahamiyati oshiriladi. Iqtisodiy samaradorligi: asoratlarni oldini olish, gospitalizatsiyani qisqartirish va davolashga ketadigan umumiy sarf xarajatni kamaytirish hisobiga erishiladi. Dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlarini davolash va oldini olish tartibini tizimli ravishda tashkil etish samaradorligini ta’minlaydi natijada statsionar davolash jarayonidagi dori vositalarining ko‘p va asossiz ishlatilishidan kelib chiqadigan patologiyalar oqibatidagi asoratlar va o‘lim holatlari oldi olinib, bemorlar orasida o‘lim, asoratlar ko‘rsatkichi yaxshilanishiga olib keladi. Buning natijasida byudjetga 178000 so‘mga  iqtisod qilish imkonini bergan va  iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor nazorat guruhi 9 oylik oq zotsiz kalamushlarda nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalarini qo‘llash orqali qizilo‘ngach devori qavatlarining morfologik va morfometrik parametrlarini qiyosiy tahlil natijalari asosida aniqlanganligi bo‘yicha “Nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari bilan polipragmaziyada qizilo‘ngachning morfologik o‘zgarishlarini aniqlash” nomli uslubiy tavsiyanoma (Sog‘liqni saqlash vazirligining 21.12.2022 yildagi 8 n-r/1546-sonli xulosasi tasdiqlangan). Ushbu tavsiyalar qizilo‘ngachda polipragmaziya bilan morfologik o‘zgarishlarni aniqlash, dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlarini davolash va oldini olish tartibini tizimli ravishda tashkil etish imkonini beradi. Polipragmaziya davrida qizilo‘ngachning morfofunksional xususiyatlari va morfometrik o‘zgarishlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Buxoro viloyat patologik anatomiya buyurosi, Respublika iqtisoslashgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali va Vobkent tumani tibbiyot birlashmasi patologik anatomiya bo‘limi amaliy faoliyatiga joriy etildi. Olingan tadqiqot ma’lumotlarini hayotga tadbiq etish qizilo‘ngachning morfologik ko‘rsatkichlari asosida organopatologiya rivojlanishini erta tashxislash va oldini olish, hayot sifatini yaxshilash va asoratlar sonini kamaytirish imkonini berdi. Ijtimoiy samaradorligi: bemorlar salomatligining tez qayta tiklanishi, hayot sifatini yaxshilash, asoratlarning oldini olish, o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish orqali tadqiqotning ijtimoiy ahamiyati oshiriladi. Iqtisodiy samaradorligi: asoratlarni oldini olish, gospitalizatsiyani qisqartirish va davolashga ketadigan umumiy sarf xarajatni kamaytirish hisobiga erishiladi. Dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlarini davolash va oldini olish tartibini tizimli ravishda tashkil etish samaradorligini ta’minlaydi natijada statsionar davolash jarayonidagi dori vositalarining ko‘p va asossiz ishlatilishidan kelib chiqadigan patologiyalar oqibatidagi asoratlar va o‘lim holatlari oldi olinib, bemorlar orasida o‘lim, asoratlar ko‘rsatkichi yaxshilanishiga olib keladi. Buning natijasida byujetga 158000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan va  iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor oq zotciz kalamushlarda 4 xil turdagi yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qo‘llaganda qizilo‘ngach devorining giperemiyasi, shilliq qavatining shishi, epiteliy hujayra yadrolarining kattalashgani, shilliq osti qavati hujayralarining giperplaziyasi yuzaga kelishi isbotlanganligi bo‘yicha “Nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari bilan polipragmaziyada qizilo‘ngachning morfologik o‘zgarishlarini aniqlash” nomli uslubiy tavsiyanoma (Sog‘liqni saqlash vazirligining 21.12.2022 yildagi 8 n-r/1546-sonli xulosasi tasdiqlangan). Ushbu tavsiyalar qizilo‘ngachda polifarmatizm bilan morfologik o‘zgarishlarni aniqlash, dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlarini davolash va oldini olish tartibini tizimli ravishda tashkil etish imkonini beradi. Polipragmaziya davrida qizilo‘ngachning morfofunksional xususiyatlari va morfometrik o‘zgarishlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Buxoro viloyat patologik anatomiya buyurosi, Respublika iqtisoslashgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali va Vobkent tumani tibbiyot birlashmasi patologik anatomiya bo‘limi amaliy faoliyatiga joriy etildi. Olingan tadqiqot ma’lumotlarini hayotga tadbiq etish qizilo‘ngachning morfologik ko‘rsatkichlari asosida organopatologiya rivojlanishini erta tashxislash va oldini olish, hayot sifatini yaxshilash va asoratlar sonini kamaytirish imkonini berdi. Ijtimoiy samaradorligi: bemorlar salomatligining tez qayta tiklanishi, hayot sifatini yaxshilash, asoratlarning oldini olish, o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish orqali tadqiqotning ijtimoiy ahamiyati oshiriladi. Iqtisodiy samaradorligi: asoratlarni oldini olish, gospitalizatsiyani qisqartirish va davolashga ketadigan umumiy sarf xarajatni kamaytirish hisobiga erishiladi. Dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlarini davolash va oldini olish tartibini tizimli ravishda tashkil etish samaradorligini ta’minlaydi natijada statsionar davolash jarayonidagi dori vositalarining ko‘p va asossiz ishlatilishidan kelib chiqadigan patologiyalar oqibatidagi asoratlar va o‘lim holatlari oldi olinib, bemorlar orasida o‘lim, asoratlar ko‘rsatkichi yaxshilanishiga olib keladi. Buning natijasida byujet 205000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan va  iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
 to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk marotaba postnatal ontogenezda oq kalamushlarda 5 xil turdagi yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qo‘llaganda qizilo‘ngach devori qavatlari vena qon tomirlarining to‘laqonligi, mushak qavati tolalarning gipertrofiyasi va shishi yaqqol namoyon bo‘lishi isbotlanganligi bo‘yicha “Nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari bilan polipragmaziyada qizilo‘ngachning morfologik o‘zgarishlarini aniqlash” nomli uslubiy tavsiyanoma (Sog‘liqni saqlash vazirligining 21.12.2022 yildagi 8 n-r/1546-sonli xulosasi tasdiqlangan). Ushbu tavsiyalar qizilo‘ngachda polipragmaziya bilan morfologik o‘zgarishlarni aniqlash, dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlarini davolash va oldini olish tartibini tizimli ravishda tashkil etish imkonini beradi; Polipragmaziya davrida qizilo‘ngachning morfofunksional xususiyatlari va morfometrik o‘zgarishlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Buxoro viloyat patologik anatomiya buyurosi, Respublika iqtisoslashgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali va Vobkent tumani tibbiyot birlashmasi patologik anatomiya bo‘limi amaliy faoliyatiga joriy etildi. Olingan tadqiqot ma’lumotlarini hayotga tatbiq etish qizilo‘ngachning morfologik ko‘rsatkichlari asosida organopatologiya rivojlanishini erta tashxislash va oldini olish, hayot sifatini yaxshilash va asoratlar sonini kamaytirish imkonini berdi. Ijtimoiy samaradorligi: bemorlar salomatligining tez qayta tiklanishi, hayot sifatini yaxshilash, asoratlarning oldini olish, o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish orqali tadqiqotning ijtimoiy ahamiyati oshiriladi. Iqtisodiy samaradorligi: asoratlarni oldini olish, gospitalizatsiyani qisqartirish va davolashga ketadigan umumiy sarf xarajatni kamaytirish hisobiga erishiladi.  Dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlarini davolash va oldini olish tartibini tizimli ravishda tashkil etish samaradorligini ta’minlaydi natijada statsionar davolash jarayonidagi dori vositalarining ko‘p va asossiz ishlatilishidan kelib chiqadigan patologiyalar oqibatidagi asoratlar va o‘lim holatlari oldi olinib, bemorlar orasida o‘lim, asoratlar ko‘rsatkichi yaxshilanishiga olib keladi. Buning natijasida byujetga 198000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan va  iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish