Muminov Muhammadbobur Amirqul o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Globallashuv sharoitida shaxs dunyoqarashi shakllanishiga ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri” mavzusidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (Falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/F1234
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Ilmiy rahbar: Musaev Odil Raxmatovich, falsafa fanlari doktori, professor;
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Alisher Gaffarovich , falsafa fanlari doktori, professor; To‘raev Shavkat Nishonovich, falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi globallashuv sharoitida shaxs dunyoqarashiga shakllanishiga ijtimoiy tarmoqlarning ta’sirini tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
globallashuv sharoitida ijtimoiy tarmoqlarda yumshoq kuchlar o‘z strategik maqsadlardan kelib chiqqan holda, shaxs onggi va tafakkuriga turli OAVdan foydalanib jamiyatning ijtimoiy-siyosiy madaniyati hamda mafkurasiga ta’sir o‘tkazuvchi raqamli kontentlar (video, audio, animatsiya, mem, chellendj, vayn)da ilgari surilgan “subminimal signallar” yordamida jamiyat barqaror taraqqiyotini beqaror holatga o‘tkazuvchi omillar ilmiy asoslangan;
“Submadaniyatlar targ‘iboti” davrida shaxs dunyoqarashini boshqarishda vayronkor g‘oyalardan ijtimoiy tarmoqlar ko‘magida o‘z maqsadlarini amalga oshirishda jamiyatda o‘rnatilgan erkin diniy munosabatlardan qo‘shtirnoq ichida “oqilona g‘oyalar”ni singdirishda mafkuraviy qurol sifatida foydalanuvchi guruhlar faoliyati ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, diniy, ma’naviy va mafkuraviy jihatlati dealiktik kuzatuvlarga ko‘ra ilmiy dalillangan;
jamiyatning tahdidbardoshlik darajasini oshirishda Internet ijtimoiy-maishiy kommunikatsiya vositalaridan yoshlarni “yangicha axloq” tahdidi ya’ni axloqiy relativizm - umumiy axloqiy me’yorlar va qadriyatlarning yo‘qolishdan himoya vositasi sifatida axborot filtri, interfaollik (teskari aloqa), anonimlik (yashirin ta’sir) va axborot taqdim etish funksiyalari imkonini beruvchi psixo-emotsional ta’sirga ega axborot tanqisligini kompensatsiyalash (mavjud axborot o‘rnini to‘ldirish) va O‘zbekiston raqamli imidjini oshirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar berilgan;
shaxs dunyoqarashini rivojlantirishda axbarot makonida manipulyativ harakterga ega fake (yolg‘on xabar) xabarlardan jamoatchilik ongi va tafakkurini himoyalash mexanizmi sifatida “Raqamli dunyoqarash” funksiyasini shakllantirishga oid "maxsus tashkillangan yashirin ta’sir; tasavvurlarni sxemalashtirish; xulq-atvorni dasturlashtirish hamda manipulyativ ta’sirga uchragan obekt xatti-harakatlarining ehtimoliy natijalarini oldindan taxmin qilish kabi xalqaro ilmiy-nazariy tajribalar yordamida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Globallashuv sharoitida shaxs dunyoqarashi shakllanishiga ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalarining amaliyotda joriy qilinganligi:
globallashuv sharoitida ijtimoiy tarmoqlarda yumshoq kuchlar o‘z strategik maqsadlardan kelib chiqqan holda, shaxs onggi va tafakkuriga turli OAVdan foydalanib jamiyatning ijtimoiy-siyosiy madaniyati hamda mafkurasiga ta’sir o‘tkazuvchi raqamli kontentlar (video, audio, animatsiya, mem, chellendj, vayn)da ilgari surilgan “subminimal signallar” yordamida jamiyat barqaror taraqqiyotini beqaror holatga o‘tkazuvchi omillar ilmiy asoslangan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining V yo‘nalichida belgilangan “Jamiyatda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlash masalalari” 24-bandi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy asoslangan monitoring hamda sotsiologik tadqiqotlarni tizimli tashkil qilish va o‘tkazish choralarini ko‘rish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 02/01/19-1048-sonson ma’lumotnomasi) Natijada O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining Yangi O‘zbekiston yoshlarining dunyoqarashi shakllanishida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarning oldini olishda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, ijobiy ta’sir ko‘rsatishida ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni va samaradorligi ko‘rsatib berishda xizmat qilgan;
jamiyatning tahdidbardoshlik darajasini oshirishda Internet ijtimoiy-maishiy kommunikatsiya vositalaridan yoshlarni “yangicha axloq” tahdidi ya’ni axloqiy relativizm - umumiy axloqiy me’yorlar va qadriyatlarning yo‘qolishdan himoya vositasi sifatida axborot filtri, interfaollik (teskari aloqa), anonimlik (yashirin ta’sir) va axborot taqdim etish funksiyalari imkonini beruvchi psixo-emotsional ta’sirga ega axborot tanqisligini kompensatsiyalash (mavjud axborot o‘rnini to‘ldirish) va O‘zbekiston raqamli imidjini oshirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 3-16-21-3689-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi natijada mamlakatimiz yoshlarining ongi va hayotida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarning oldini olishda ijtimoiy tarmoqlardan unumli foydalanish, ijobiy ta’sir ko‘rsatishida mediata’limning o‘rni va samaradorligi ochishiga xizmat qilgan;
“Submadaniyatlar targ‘iboti” davrida shaxs dunyoqarashini boshqarishda vayronkor g‘oyalardan ijtimoiy tarmoqlar ko‘magida o‘z maqsadlarini amalga oshirishda jamiyatda o‘rnatilgan erkin diniy munosabatlardan qo‘shtirnoq ichida “oqilona g‘oyalar”ni singdirishda mafkuraviy qurol sifatida foydalanuvchi guruhlar faoliyati ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, diniy, ma’naviy va mafkuraviy jihatlati dealiktik kuzatuvlarga ko‘ra ilmiy dalillangan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining bo‘linma va harbiy ta’lim muassasalarida “Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar uslubiyati”, “Harbiy psixologiya”, “Harbiy pedagogika“ kabi fanlarni nazariy-metodologik jixatdan boyitishda, “Ma’naviy-ma’rifiy tayorgarlik” mashg‘uloti, “Ma’naviyat soati”, davra suhbatlari, ijodiy tanlovlar, kitoblar mutaolasi, tarixiy-madaniy maskanlarga tashriflar kabi tadbirlarni o‘tkazishda keng foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2024-yil 10/2104-son ma’lumotnomasi). Dissertasiya ichida bildirib o‘tilgan takliflar va tavsiyalar asosida ishlab chiqilgan ilmiy konsepsiya bo‘yicha harbiy xizmatchilar va o‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik, mardlik, jasurlik va fidoyilik, milliy istiqlol goyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, vazirlik tizimidagi barcha harbiy qism va muassasalarda foydalanildi hamda bular o‘zining ijobiy natijalarini bermgan;
shaxs dunyoqarashini rivojlantirishda axbarot makonida manipulyativ harakterga ega fake (yolg‘on xabar) xabarlardan jamoatchilik ongi va tafakkurini himoyalash mexanizmi sifatida “Raqamli dunyoqarash” funksiyasini shakllantirishga oid “Maxsus tashkillangan yashirin ta’sir; tasavvurlarni sxemalashtirish; xulq-atvorni dasturlashtirish hamda manipulyativ ta’sirga uchragan obekt xatti-harakatlarining ehtimoliy natijalarini oldindan taxmin qilish kabi xalqaro ilmiy-nazariy tajribalar yordamida yoritib berilgan xulosa va takliflardan ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasidagi o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari (konferensiya, davra suhbati, seminar va uchrashuvlar)da foydalanilgan. Xususan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali DMning “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” dasturlar ssenariysida (2023-2024-yillarda) foydalanilgan.