Muydinov Dilshod Najmiddinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy migratsiya jarayonlarining milliy xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘ziga xos ijtimoiy-siyosiy tendensiyalari  (Germaniya va Fransiya misolida)”, 23.00.05 – Milliy xavfsizlikni tizimli tahlili va istiqbolini belgilash muammolari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Ss80
Ilmiy rahbar: Paxrutdinov Shukritdin Ilyasovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.31/28.06.2024.Ss.178.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Dexkanov Narimon Burxonjonovich siyosiy fanlar doktori (DSc), professor
Madaminova Durdona Iskandarovna siyosiy fanlar doktori (DSc), dotsent
Yakubov Baxtiyor Sultonnazirovich siyosiy fanlar doktori (DSc), dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
migratsiya jarayonlarini davlatlarning milliy xavfsizligini ta’minlashdagi o‘ziga xos ijtimoiy-siyosiy tendensiyalarini Germaniya va Fransiya misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hozirgi davrda an’anaviy davom etuvchi migratsiya jarayonlari ijobiy mazmundagi institutsionallashgan ijtimoiy-siyosiy zarurat sifatida namoyon bo‘lishi bilan birga, transmilliy demografik harakatlar doirasidagi destruktiv tendensiyalar – davlatlarning milliy strategik manfaatlari, suvereniteti va kompleks milliy xavfsizlik doktrinasiga, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro siyosiy tizimning institutsional barqarorligiga tahdid soluvchi murakkab ijtimoiy-siyosiy xatarlar sifatida nazariy jihatdan asoslangan;
migratsion xavfsizlikni ta’minlashning muhim shartlaridan biri –immigrantlarni qabul qiluvchi davlatlar tomonidan millatlararo konsolidatsiya, etnopolitik integratsiya, konfessiyaviy plyuralizm va inklyuziv identifikatsiya siyosati asosida bo‘lsagina jamiyatda siyosiy barqarorlik ta’minlanishi, aks holda ijtimoiy gibridlashuv va siyosiy sotsializatsiya jarayoni qiyinlashib, milliy xavfsizlik arxitekturasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi asoslab berilgan;
ommaviy madaniyat ta’siri tufayli Evropa hamjamiyatida oila institutsional modeli qadriyatining eroziyasi, demografik inqiroz jarayonlarining kuchayishi, aholi sonining kamayishi va hududlarda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy muvozanat buzilishi, xorijlik migrantlarga bo‘lgan talabning ortib borishi bilan bog‘liq tendensiyalar o‘zaro farqli ravishda G‘arb va islom sivilizatsiyalari o‘rtasida migratsion integratsiyani siyosiy jihatdan ta’minlash zaruratini vujudga keltirayotgani asoslab berilgan;
Evropa Ittifoqida Germaniya va Fransiya kabi intensiv migratsiya oqimini qabul qiluvchi davlatlar misolida demografik va madaniy gomogenizatsiya (madaniy globallashuvning, madaniy xilma-xillikning kamayishi) jarayonlarining institutsional transformatsiyasi natijasida, mehnat resurslari manbai sifatidagi an’anaviy “mehmon ishchi” (vaqtinchalik yollanib ishlaydigan chet ellik yoki boshqa davlat fuqarosi) maqomi “xavfsizlikka tahdid” soluvchi “siyosiy nutq aktlari” (aniq bir vaziyatga yo‘naltirilgan nutq) sifatida talqin etila boshlanishi migratsiya omilining siyosiylashuvga olib kelayotganligi va bu jarayonning migratsion proteksionizm (tashqi olamdan himoyalanish) hamda migratsiyaning sekyuritizatsiyasi orqali siyosiylashuv mexanizmlari bilan chambarchas bog‘liqligi ijtimoiy-siyosiy fenomen sifatida isbotlangan;
Markaziy Osiyo mintaqasida tashqi mehnat migratsiyasi tizimini institutsional va tashkiliy isloh qilish, mintaqadagi mehnat muhojirlarini an’anaviy migratsiya oqimlariga muqobil ravishda integratsion siyosat orqali jalb etish mexanizmlarini (qabul qiluvchi davlatlar ishtirokida “malakali migrant” maqomini huquqiy jihatdan rasmiylashtiruvchi va ularning insoniy kapitalini shakllantirishga qaratilgan hamkorlikka asoslangan o‘quv-institutsional platformalar va h.k.) yaratish, shuningdek, Xalqaro migratsiya tashkiloti shafeligida “Evropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo migratsiya siyosati hamjamiyati”ni tashkil etish zarurati mintaqaviy siyosiy hamkorlikni chuqurlashtirishi va muvofiqlashtirilgan migratsiya boshqaruvini shakllantirishi siyosiy nuqtai nazaridan dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Migratsiya omilining Evropa Ittifoqi siyosiy jarayonlari va xavfsizligiga ta’siri (Germaniya va Fransiya misolida) bo‘yicha o‘rganishlar yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy taklif va tadqiqot natijalari asosida: 
hozirgi davrda an’anaviy davom etuvchi migratsiya jarayonlari ijobiy mazmundagi institutsionallashgan ijtimoiy-siyosiy zarurat sifatida namoyon bo‘lishi bilan birga, transmilliy demografik harakatlar doirasidagi destruktiv tendensiyalar – davlatlarning milliy strategik manfaatlari, suvereniteti va kompleks milliy xavfsizlik doktrinasiga, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro siyosiy tizimning institutsional barqarorligiga tahdid soluvchi murakkab ijtimoiy-siyosiy xatarlar sifatida nazariy jihatdan asoslanganligiga oid ilmiy xulosa va amaliy takliflardan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi xalqaro migratsiyaga doir qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining 2025-yil 31-yanvardagi 03-532-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, davlatlarning milliy strategik manfaatlari, suvereniteti va barqarorligini ta’minlashga xizmat qilgan; 
migratsion xavfsizlikni ta’minlashning muhim shartlaridan biri –immigrantlarni qabul qiluvchi davlatlar tomonidan millatlararo konsolidatsiya, etnopolitik integratsiya, konfessiyaviy plyuralizm va inklyuziv identifikatsiya siyosati asosida bo‘lsagina jamiyatda siyosiy barqarorlik ta’minlanishi, aks holda ijtimoiy gibridlashuv, siyosiy sotsializatsiya jarayoni qiyinlashib, milliy xavfsizlik arxitekturasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi asoslab berilganligiga oid ilmiy xulosa va amaliy takliflardan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi xalqaro migratsiyaga doir qonun hujjatlari loyihalari, hisobotlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining 2025-yil 31-yanvardagi 03-532-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, migratsion xavfsizlikni ta’minlash orqali jamiyatda siyosiy barqarorlik ta’minlanishga xizmat qilgan;
ommaviy madaniyat ta’siri tufayli Evropa hamjamiyatida oila institutsional modeli qadriyatining eroziyasi, demografik inqiroz jarayonlarining kuchayishi, aholi sonining kamayishi va hududlarda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy muvozanat buzilishi, xorijlik migrantlarga bo‘lgan talabning ortib borishi bilan bog‘liq tendensiyalar o‘zaro farqli G‘arb va Islom sivilizatsiyalari o‘rtasida migratsion integratsiyani siyosiy jihatdan ta’minlash zaruratini vujudga keltirayotganiga oid taklif va tavsiyalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining saylovoldi dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston 
Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengash ijroiya qo‘mitasining 2025-yil 
24-yanvardagi 01-27/37-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hududlarda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy muvozanatni saqlashga xizmat qilgan;
Evropa Ittifoqida Germaniya va Fransiya kabi intensiv migratsiya oqimini qabul qiluvchi davlatlar misolida demografik va madaniy gomogenizatsiya (madaniy globallashuvning bir jihati bo‘lib, madaniy xilma-xillikning kamayishi) jarayonlarining institutsional transformatsiyasi natijasida, mehnat resurslari manbai sifatidagi an’anaviy “mehmon ishchi” (vaqtinchalik yollanib ishlaydigan chet ellik yoki boshqa davlat fuqarosi) maqomi “xavfsizlikka tahdid” soluvchi “siyosiy nutq aktlari” (aniq bir vaziyatga yo‘naltirilgan nutq) sifatida talqin etila boshlanishi migratsiya omilining siyosiylashuvga olib kelayotganligi va bu jarayonning migratsion proteksionizm hamda migratsiyaning sekyuritizatsiyasi orqali siyosiylashuv mexanizmlari bilan chambarchas bog‘liqligi ijtimoiy-siyosiy fenomen sifatida isbotlanganligiga oid ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlar institutining ilmiy va amaliy faoliyatida, xususan, qonunlarni takomillashtirish borasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlar institutining 2024-yil 31-oktyabrdagi 3/08-212-sonli dalolatnomasi). Natijada, migratsiya jarayonlarining liberallashuvi va madaniy xilma-xillikni saqlab qolishga xizmat qilgan;
Markaziy Osiyo mintaqasida tashqi mehnat migratsiyasi tizimini institutsional va tashkiliy isloh qilish, mintaqadagi mehnat muhojirlarini an’anaviy migratsiya oqimlariga muqobil ravishda integratsion siyosati orqali jalb etish mexanizmlarini (qabul qiluvchi davlatlar ishtirokida “malakali migrant” maqomini huquqiy jihatdan rasmiylashtiruvchi va ularning insoniy kapitalini shakllantirishga qaratilgan hamkorlikka asoslangan o‘quv-institutsional platformalar va h.k.) yaratish, shuningdek, Xalqaro migratsiya tashkiloti shafeligida “Evropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo migratsiya siyosati hamjamiyati”ni tashkil etish zarurati mintaqaviy siyosiy hamkorlikni chuqurlashtirish va muvofiqlashtirilgan migratsiya boshqaruvi nuqtai nazaridan dalillanganligiga oid ilmiy xulosa va amaliy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlar instituti ish faoliyatida, ma’lumotnomalar va tahliliy materiallar tayyorlashda foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining 2025-yil 31-yanvardagi 03-532-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tashqi mehnat migratsiyasi tizimini isloh qilishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish