Abjalov Abdijabbor Maxammadievich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirishda zamonaviy siyosiy texnologiyalarni joriy qilish mexanizmlari”, 23.00.02-siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4. PhD /Ss443
Ilmiy rahbar: Turgunova Nasiba Tuychievna, siyosiy fanlar doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.31/28.06.2024.Ss.178.01 raqamli Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar:
Radjabov Xabibulla Ibodullaevich, siyosiy fanlar doktori (DSc), dotsent.
Allayorov Otabek Erkinovich, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirishning siyosiy va tashkiliy-huquqiy mexanizmlari bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki ishlar organlarining hamkor tashkilotlar ishtirokida “doimiy monitoring → tizimli tahlil → tezkor axborot almashinuvi → kompleks chora-tadbirlar” kabi zamonaviy siyosiy texnologiyalardan rasional foydalangan holda shaffof jamoatchilik nazoratini kuchaytirishi bir tomondan jamoat xavfsizligi ta’minlangan, siyosiy barqaror holatni shakllantirsa, ikkinchi tomondan ichki ishlar organlari faoliyati legitimligining ta’minlanishiga xizmat qilishi asoslangan;
jamiyatda ijtimoiy muhitni buzishga qaratilgan destruktiv qarashlarni aholining siyosiy ongi va tafakkuriga manipulyasion ta’sir o‘tkazishini, kriminogen vaziyatlarni ijtimoiy tarmoqlar va sun’iy intellekt yordamida, sindikatlangan holda yuzaga keltirishini mediaprofilaktika (g‘oyalarning asl mazmun-mohiyati → maqsadi → oqibatini ochib berishga asoslangan kontent dalillar targ‘iboti) qilish texnologiyalaridan foydalanish orqali bartaraf etish maqsadga muvofiq ekanligi ochib berilgan;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik holati, migrasion o‘ziga xosligi, siyosiy faolligini inobatga olgan holda differensial yondashuv orqali preventiv chora-tadbirlarni ishlab chiqish jamoat xavfsizligini ta’minlash natijadorligini belgilovchi muhim omil ekanligi amaliy va nazariy tahlillar asosida isbotlangan;
jamoat xavfsizligini ta’minlash jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish siyosiy vaziyatlarda konstruktiv (jamiyat faoliyatining yaratuvchan, muammolarni hal etishga qaratilgan), barqaror taraqqiyotga xizmat qiluvchi, aksincha destruktiv (ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka tahdid soluvchi) holatda esa beqarorlikka olib keluvchi vosita bo‘lishi evolyusion tahlillar asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish masalalari yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy xulosa va takliflar asosida quyidagilarga erishildi:
ichki ishlar organlarining hamkor tashkilotlar ishtirokida “doimiy monitoring → tizimli tahlil → tezkor axborot almashinuvi → kompleks chora-tadbirlar” kabi zamonaviy siyosiy texnologiyalardan rasional foydalangan holda shaffof jamoatchilik nazoratini kuchaytirishi bir tomondan jamoat xavfsizligi ta’minlangan, siyosiy barqaror holatni shakllantirsa, ikkinchi tomondan ichki ishlar organlari faoliyati legitimligining ta’minlanishiga xizmat qilishiga oid ilmiy xulosa va takliflardan Respublikasi Ma’naviyat-ma’rifat markazining 2024-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III – yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 19-bandida “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash doirasida zamonaviy va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 25-fevral kunidagi 10/150-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirishda zamonaviy siyosiy texnologiyalarni joriy qilish mexanizmlarini asoslashga xizmat qilgan;
jamiyatda ijtimoiy muhitni buzishga qaratilgan destruktiv qarashlarni aholining siyosiy ongi va tafakkuriga manipulyasion ta’sir o‘tkazishini, kriminogen vaziyatlarni ijtimoiy tarmoqlar va sun’iy intellekt yordamida, sindikatlangan holda yuzaga keltirishini mediaprofilaktika (g‘oyalarning asl mazmun-mohiyati → maqsadi → oqibatini ochib berishga asoslangan kontent dalillar targ‘iboti) qilish texnologiyalaridan foydalanish orqali bartaraf etish maqsadga muvofiq ekanligiga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 
“2025-2029-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturi”ning “Davlat, jamiyat qurilishi va sud-huquq sohasida ijtimoiy tenglik hamda ijtimoiy demokratiya”ga oid yo‘nalishini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2025-yil 03-fevraldagi 1-142-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiyaning aholi orasidagi mafkuraviy targ‘ibot va tashviqot ishlari samaradorligini oshirishga, saylovoldi dasturlarini ishlab chiqish va ularni partiya a’zolarining siyosiy ma’rifat soatlarida etkazishga konseptual asos sifatida xizmat qilgan;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik holati, migrasion o‘ziga xosligi, siyosiy faolligini inobatga olgan holda differensial yondashuv orqali preventiv chora-tadbirlarni ishlab chiqish jamoat xavfsizligini ta’minlash natijadorligini belgilovchi muhim omil ekanligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2025-yil 14-fevral kunidagi 3503/13-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya 
va xulosalar jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirishda zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish mexanizmlarini yoritishga xizmat qilgan.
jamoat xavfsizligini ta’minlash jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish siyosiy vaziyatlarda konstruktiv (jamiyat faoliyatining yaratuvchan, muammolarni hal etishga qaratilgan), barqaror taraqqiyotga xizmat qiluvchi, aksincha destruktiv (ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka tahdid soluvchi) holatda esa beqarorlikka olib keluvchi vosita bo‘lishiga oid taklif va tavsiyalardan, ilgari surgan ilmiy yangiliklardan oliy ta’lim muassasalarida siyosatshunoslik va ijtimoiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha fan dasturlari tayyorlashda foydalanilgan. Jumladan, Sharqshunoslik universitetining 2023-2024 o‘quv yili uchun mo‘ljallangan No: BD-60310800 sonli ro‘yhatga olingan Siyosiy bilimlar tarkibidagi fanlar dasturida qo‘llanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025-yil 11-fevraldagi 338-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ilmiy tadqiqot ishi ilmiy yangiliklari O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida siyosiy-ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, yoshlarning fuqarolik faolligini oshirish, ta’lim jarayonini zamonaviy siyosiy texnologik yondashuvlar bilan boyitish kabi muhim sohalarda amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amaliyotida joriy etilgan va samarali qo‘llanilmoqda
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish