Mustafakulov O‘ktam Ungboevichning
falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Statistika tizimida raqamli platformalarning samaradorligini oshirish uslubiyoti”, 08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2328.
Ilmiy rahbar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Bahodir Boltaevich, texnika fanlari doktori, professor; Kenjaboev Amanulla Turg‘unovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi statistika tizimida raqamli platformalar samaradorligini oshirishga qaratilgan aniq taklif va konseptlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “raqamli platformalar samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni raqamli platformalarning undan foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati, ishlash tezligi, xavfsizligi hamda innovatsion echimlarni tatbiq etish qobiliyatini o‘z ichiga oluvchi o‘z vazifalarini bajarish darajasi va resurslardan samarali foydalanish ko‘rsatkichi nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;
Statistika agentligining SIAT axborot tizimiga sun’iy intellektni integratsiyalash orqali ma’lumotlarni tahlil qilish samaradorligini (TQS=20%), tizimdan foydalanuvchilar sonini (TFS=10%), ma’lumotlarni tahlil qilish aniqligini (TQA=15%) oshirish hamda metadata yaratish haftalik muddatini tejash (MYaM=20 soat) chegaralari asoslangan;
Statistika agentligi Toshkent viloyati boshqarmasida axborot tizimi faoliyatini yaxlit baholash metodologiyasiga ko‘ra boshqa davlat tashkilotlarining statistika faoliyatini integratsiyalovchi yangi raqamli platformani joriy etish orqali samaradorligini oshirish asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi statistika tizimida raqamli platformalarning samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Statistika tizimiga raqamli platformalarni joriy qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “raqamli platformalar samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini raqamli platformalarning undan foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati, ishlash tezligi, xavfsizligi hamda innovatsion echimlarni tatbiq etish qobiliyatini o‘z ichiga oluvchi o‘z vazifalarini bajarish darajasi va resurslardan samarali foydalanish ko‘rsatkichi nuqtayi nazaridan takomillashtirish taklifi oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Raqamli iqtisodiyot” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘i ). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda raqamli platformalarning o‘z vazifalarini bajarish darajasi va resurslardan samarali foydalanish ko‘rsatkichi nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan raqamli platformalar samaradorligi tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
Statistika agentligining SIAT axborot tizimiga sun’iy intellektni integratsiyalash orqali ma’lumotlarni tahlil qilish samaradorligini (TQS=20%), tizimdan foydalanuvchilar sonini (TFS=10%), ma’lumotlarni tahlil qilish aniqligini (TQA=15%) oshirish hamda metadata yaratish haftalik muddatini tejash (MYaM=20 soat) chegaralarini qo‘llash taklifi Statistika agentligining 2024-2025-yillarda statistika tizimida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi Toshkent viloyati statistika boshqarmasining 2024-yil 14-iyundagi №01/1-02-10-571-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida agentlikning SIAT platformasida ma’lumotlarni tahlil qilish samaradorligini 20% ga oshirish, tizimdan foydalanuvchilar sonining 10% ga oshirish, metadata yaratishda haftasiga 20 soat tejash, ma’lumotlarni tahlil qilish aniqligini 15% ga oshirish imkoniga ega bo‘lishi aniqlangan;
Statistika agentligi Toshkent viloyati boshqarmasida axborot tizimi faoliyatini yaxlit baholash metodologiyasiga ko‘ra boshqa davlat tashkilotlarining statistika faoliyatini integratsiyalovchi yangi raqamli platformani joriy etish orqali samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Toshkent viloyati statistika boshqarmasida 2024-2025-yillarda bosqichma-bosqich joriy etish dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi Toshkent viloyati statistika boshqarmasining 2024-yil 14-iyundagi №01/1-02-10-571-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida agentlikning kelajakda platformalar faoliyatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 250 mln. so‘m miqdorida ortiqcha xarajatlarni tejab qolish imkoniga ega bo‘lishi aniqlangan;
O‘zbekiston Respublikasi statistika tizimida raqamli platformalarning samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan Toshkent viloyati statistika boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi Toshkent viloyati statistika boshqarmasining 2024-yil 14-iyundagi №01/1-02-10-571-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida agentlikka 3 yilda umumiy 835 582 268 so‘m miqdorida foyda keltirishi asoslab berilgan.