Xaydarov Ilxom Utkurovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Klaster tizimini rivojlantirish asosida to‘qimachilik sanoatining eksport salohiyatini oshirish”, 08.00.03-“Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt3988
Ilmiy rahbar: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Xakimov Ziyodylla Axmadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Davronov Orsu Abdujabborovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi klaster tizimini rivojlantirish asosida to‘qimachilik sanoatining eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta-to‘qimachilik klasterlari eksport salohiyatini baholashning tavsiya etilgan mezonlariga ko‘ra foydalanish darajasi indikatorlarining «juda past» (0 – 0,125), «past» (0,126 – 0,250). “o‘rta” (0,251-0,375), «yaxshi» (0,376-0,750) va “yuqori” (0,751-1,0) toifalari diapazonlarida baholash usuli taklif etilgan;
xorijiy investisiyalar jalb etilishi, bozor/raqobat matrisasi, innovatsiya, moslanuvchanlik, kichik biznes, firma-lider kabi omillar yordamida baholash tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi uchun mos keladigan “paxta-to‘qimachilik” klasterining samarali modelini tanlash asoslangan;
ekonometrik usul yordamida qo‘shilgan qiymatni maksimallashtirish maqsad funksiyasini L(x)=∑_(i=1)^n▒∑_(j=1)^m▒〖P_i*X_ij→max〗 ishlab chiqish va echimini topish asosida paxta-to‘qimachilik klasterlarni tashkil etish samaradorligini optimallashtirishning samarali variantini tanlash asoslangan;
O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlarining 2025-2030 yillarda eksport hajmi ko‘rsatkichiga ta’sir qiluvchi omillar asosida uning  prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Klaster tizimini rivojlantirish asosida to‘qimachilik sanoatining eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
paxta-to‘qimachilik klasterlari eksport salohiyatini baholashning tavsiya etilgan mezonlariga ko‘ra foydalanish darajasi indikatorlarining “juda past” (0 – 0,125), “past” (0,126 – 0,250). “o‘rta” (0,251-0,375), “yaxshi” (0,376-0,750) va “yuqori” (0,751-1,0) toifalari diapazonlarida taklif etilgan baholash usuli “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi paxta-to‘qimachilik klasterlari ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024-yil 18 sentyabrdagi 03/23-2494-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “ASAKA TEKSTIL” MChJ paxta-to‘qimachilik klasteri eksport salohiyati real integral ko‘rsatkichi 2022-yilga nisbatan 2023-yilda 5,6 foizga oshirish imkoni yaratilgan; 
xorijiy investisiyalar jalb etilishi, bozor/raqobat matrisasi, innovatsiya, moslanuvchanlik, kichik biznes, firma-lider kabi omillar yordamida baholash tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi uchun mos keladigan “paxta-to‘qimachilik” klasterining samarali modelini tanlash bo‘yicha takliflar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi paxta-to‘qimachilik klasterlari ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024-yil 18 sentyabrdagi 03/23-2494-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “FERGANA GLOBAL TEXTILE” MChJ paxta-to‘qimachilik klasteri eksport hajmi 2022-yilga nisbatan 2023-yilda 48,3 foizga oshirish imkoni yaratilgan;  
ekonometrik usul yordamida qo‘shilgan qiymatni maksimallashtirish maqsad funksiyasini L(x)=∑_(i=1)^n▒∑_(j=1)^m▒〖P_i*X_ij→max〗 ishlab chiqish va echimini topish asosida paxta-to‘qimachilik klasterlarni tashkil etish samaradorligini optimallashtirishning samarali variantini tanlash bo‘yicha takliflar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi paxta-to‘qimachilik klasterlari ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024-yil 18 sentyabrdagi 03/23-2494-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “ASAKA TEKSTIL” MChJ paxta-to‘qimachilik klasteri qo‘shilgan qiymat miqdorini 2022-yilga nisbatan 2023-yilda 8,9 foizga oshirish imkoni yaratilgan; 
paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi eksport hajmiga ta’sir qiluvchi omillarning ekonometrik modeli asosida paxta-to‘qimachilik klasterlarining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan eksport hajmi prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024-yil 18 sentyabrdagi 03/23-2494-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlarining eksport hajmi 2025-2030-yillarda o‘rtacha yiliga 4,42 foizga yoki 2030-yilda 2024-yilga nisbatan umumiy 1,58 barobarga oshishi bashoratlangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish