Rustamova Surayyo G‘ofurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining kasbiy rivojlanisiga ta’sir etuvchi psixologik omillar», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/ P949
Ilmiy rahbar: Shamshetova Anjim Karamiddinovna, psixologiya fanlar doktori (DSc), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, B2024.2.PhD/ P949
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor;  Asqarova Nargiza Abduvalievna psixologiya fanlari  bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarning  kasbiy    rivojlanishiga ta’sir etuvchi psixologik omillarini aniqlash va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tarbiyachi – pedagoglarning kasbiy rivojlanishida faoliyatiga nisbatan ichki, ijobiy tashqi motivatsiyadagi, professonal ehtiyoj, funksional, rivojlanayotgan, nomoshkorona, nomuntazam qiziquvchanlikdagi differensional farqlar tufayli shaxsning o‘z kasbiy – pedagogik motivatsiyasini baholash muhim psixologik omil ekani asoslangan.
tarbiyachi–pedagoglarning kasbiy rivojlanishi shaxslararo munosabatlaridagi empatiya, bir-birini tushunish, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, bolalar va ularning ota-onalari bilan muloqotda integrativ namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli kommunikativ tolerantlikni shakllanishiga identiv ekanligi aniqlangan 
tarbiyachi-pedagoglarning kasbiy rivojlanishiga shaxslararo munosabatlardagi pozisiyalarning ustuvor xarakterini faoliyatga motivatsiyon, kognitiv, ma’naviy-irodaviy, gnostik yondashuvni integrativ namoyon bo‘lishi tufayli, shaxsning o‘zini pedagogik rivojlantirishga tayyorlik darajasi muhim omil ekanligi dalillangan 
tarbiyachilarning kasbiy pedagogik motivatsiyasini rivojlanganlik darajasi shaxs-xissiy holatidagi o‘zidan qoniqqanlik, xavotirlanishning faoliyatga ta’siridagi o‘ziga xos jihatlarga asoslanib, emotsional so‘nish darajasini yuzaga kelishiga turtki bo‘lishi dalillangan 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarning kasbiy rivojlanishiga ta’sir etuvchi psixologik omillarga doir tadqiqotdan olingan ilmiy natijalar asosida: 
tarbiyachi – pedagoglarning kasbiy rivojlanishida faoliyatiga nisbatan ichki, ijobiy tashqi motivatsiyadagi, professonal ehtiyoj, funksional, rivojlanayotgan, nomoshkorona, nomuntazam qiziquvchanlikdagi differensional farqlar tufayli shaxsning o‘z kasbiy – pedagogik motivatsiyasini baholash muhim psixologik omil ekani asoslangan ilmiy yangilik O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-sentyabrdagi PM-PM-197 son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya”” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 18-sentyabrdagi PM-PM-197 a-son ma’lumotnomasi). Natijada tarbiyachi-pedagoglarning kasbiy rivojlanishini o‘ziga xos jihatlari tadqiq etilgan.
tarbiyachi–pedagoglarning kasbiy rivojlanishi shaxslararo munosabatlaridagi empatiya, bir-birini tushunish, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, bolalar va ularning ota-onalari bilan muloqotda integrativ namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli kommunikativ tolerantlikni shakllanishiga identiv ekanligi aniqlangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-sentyabrdagi PM-PM-197 son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy  psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 18-sentyabrdagi PM-PM-197 a-son ma’lumotnomasi).. Natijada earbiyachi–pedagoglarning kasbiy rivojlanishi shaxslararo munosabatlaridagi mezonlari aniqlashtirilgan.
tarbiyachi-pedagoglarning kasbiy rivojlanishiga shaxslararo munosabatlardagi pozisiyalarning ustuvor xarakterini faoliyatga motivatsiyon, kognitiv, ma’naviy-irodaviy, gnostik yondashuvni integrativ namoyon bo‘lishi tufayli, shaxsning o‘zini pedagogik rivojlantirishga tayyorlik darajasi muhim omil ekanligi dalillangan takliflar  O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-sentyabrdagi PM-PM-197 son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya”” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 18-sentyabrdagi PM-PM-197 a-son ma’lumotnomasi). Natijada tarbiyachi-pedagoglarning kasbiy rivojlanishiga kasbiy tayyorlikning ta’siri aniqlashtirilgan. 
tarbiyachilarning kasbiy pedagogik motivatsiyasini rivojlanganlik darajasi shaxs-xissiy holatidagi o‘zidan qoniqqanlik, xavotirlanishning faoliyatga ta’siridagi o‘ziga xos jihatlarga asoslanib, emotsional so‘nish darajasini yuzaga kelishiga turtki bo‘lishi dalillangan ilmiy yangilik O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-sentyabrdagi PM-PM-197 son buyrug‘i bilan “Kasb psixologiyasi”” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 18-sentyabrdagi PM-PM-197 a-son ma’lumotnomasi). Natijadatarbiyachilarning kasbiy pedagogik motivasiyasining o‘ziga xos jihatlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish