Omarov Mamanbiy Allabergenovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuk tashish faoliyatining samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.I.PhD/Iqt5305.
Ilmiy rahbar: Fayzullaev Javlonbek Sultonovichh, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc.15/31.12.2020.I.09.04
Rasmiy opponentlar: Tursunxodjaev Marat Lutfullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raximov Xasan Shukurjonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuk tashish faoliyatining samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l transporti tizimining iqtisodiy rivojlanishini va uning istiqbolli imkoniyatlarini aniqlash maqsadida raqobatbardoshlik darajasini “potensial” (0,51-0,55), “rentabelli” (0,55-0,65), “raqobatbardosh” (0,66-0,75), “investision” (0,76-0,9) va “innovatsion” (0,91-1,0) shkalalar asosida baholash tizimi taklif etildi;
4PL logitika provayderi modeli ta’minot zanjiri ishtirokchilari o‘rtasidagi xomashyo etkazib beruvchilar, qayta ishlash korxonalari, transport logistika tizimlari, isteʼmolchilarni o‘zaro uzviy bog‘liq holda barcha tashish jarayonlarini “bir darcha” tamoyili asosida birlashtirish taklifi asoslangan;
temir yo‘l transporti tizimini davlat tomnoidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmi xalqaro transport koridorlariga integratsiyalangan “Temir yo‘ldan-markazga” logistika provayderi hamda bozor sharoitiga moslashuvchi “Tarif” modelini kiritish orqali takomillashtirilgan;
temir yo‘l transportining iqtisodiy faoliyatini baholash va istiqboldagi rivojlanish tendensiyalarini aniqlash maqsadida operatsion tushumlar, investisiya hajmi, tranzit tashuvlar, asosiy fondlar qiymati va mahalliy yuk tashish hajmlari ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiruvchi ekonometrik model asosida temir yo‘l transporti iqtisodiy faoliyatining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuk tashish faoliyatining samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
temir yo‘l transporti tizimining iqtisodiy rivojlanishini baholash va uning istiqbolli imkoniyatlarini aniqlash maqsadida raqobatbardoshlik darajasini “potensial” (0,51-0,55), “rentabelli” (0,55-0,65), “raqobatbardosh” (0,66-0,75), “investision” (0,76-0,9) va “innovatsion” (0,91-1,0) shkalalar yuzasidan taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Temir yo‘l transporti tizimini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025 yil 8 apreldagi 04/1375-25-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida temir yo‘l transport tizimining rivojlanish jarayonidagi salbiy tendensiyalarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini yaratgan;
4PL logitika provayderi modeli ta’minot zanjiri ishtirokchilari o‘rtasidagi xomashyo etkazib beruvchilar, qayta ishlash korxonalari, transport logistika tizimlari, isteʼmolchilarni o‘zaro uzviy bog‘liq holda barcha tashish jarayonlarini “bir darcha” tamoyili asosida yuzasidan taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Temir yo‘l transporti tizimini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025 yil 8 apreldagi 04/1375-25-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston temir yo‘llari iqtisodiy faoliyatining istiqbolini ta’minlashda milliy transport-tranzit tizimini samarali rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshish darajasini aniqlash imkoni yaratilgan;
temir yo‘l transporti tizimini davlat tomnoidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmi xalqaro transport koridorlariga integratsiyalangan “Temir yo‘ldan-markazga” logistika konsepsiyasi hamda bozor sharoitiga moslashuvchi “Dinamik tarif” modelini kiritish orqali takom”Temir yo‘l transporti tizimini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025 yil 8 apreldagi 04/1375-25-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ta’minot zanjiriga jalb qilingan barcha logistik kompaniyalar integratsiyasi ta’minlangan va tizimning iqtisodiy rivojlanish darajasini 20 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
temir yo‘l transportining iqtisodiy faoliyatini baholash va istiqboldagi rivojlanish tendensiyalarini aniqlash maqsadida operatsion tushumlar, investisiya hajmi, tranzit tashuvlar, asosiy fondlar qiymati va mahalliy yuk tashish hajmlari ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiruvchi ekonometrik model asosida temir yo‘l transporti iqtisodiy faoliyatining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari yuzasidan taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Temir yo‘l transporti tizimini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025 yil 8 apreldagi 04/1375-25-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida joriy qilinishi temir yo‘l transport tizimini iqtisodiy rivojlantirish mexanizmini yaratish imkonini bergan.