Mamayusupov Jamshid Shoyunus o‘g‘lining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarda mustaqil fikrlash madaniyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (falsafa fanlari misolida)”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped4788
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Bakirov To‘lqinjon Yunusalievich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07. 
Rasmiy opponentlar: Siddiqov Ilyos Baxromovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor. 
Samatov Dilshodjon  Tohirjonovich pedagogika fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Chirchiq  davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: falsafa fanlarini o‘qitishda bo‘lajak o‘qituvchilarda mustaqil fikrlash madaniyatini rivojlantirish metodikasi takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
“mustaqil fikrlash madaniyati” tushunchasining mazmun-mohiyati va falsafiy-pedagogik asoslarini tadqiq etish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarda mustaqil  fikrlash  madaniyatini  rivojlantirish mexanizmlari  falsafiy,  pedagogik,  psixologik  bilimlar  mantiq qonunlariga mos holda umumlashtirilib divergent va konvergent tafakkur shakllarini maqbul uyg‘unlashtirish asosida rivojlantirilgan;
falsafa fanini o‘qitishda bo‘lajak o‘qituvchilarda mustaqil fikrlash madaniyatini rivojlantirishni pedagogik asoslari, imkoniyatlari va omillari o‘rganilgan, muammoli-izlanish  va  ijodiy  faoliyat  ko‘rsatish  metodlarini fasilitatsion  ta’lim  muhitida  samarali  qo‘llash, falsafa fanlari (falsafa, etika, estetika, mantiq)ni differensiyalash va motivatsion, kognitiv-axborotli,  operatsion-faoliyatli,  hissiy-irodaviy,  baholovchi-refleksiv mezonlar integratsiyasi asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak o‘qituvchilarda mustaqil fikrlashni tizimli-funksional modelining tashkiliy-metodik komponenti sifatida innovatsion o‘qitishning kolloborativ (guruhiy munozaralar, hamkorlikda o‘qish, o‘quv loyihalari), kognitiv (kasbiy bilimga yo‘nalganlik), o‘quv  materiallarini  konsentrizm  tamoyiliga  muvofiq  o‘qituvchi-talaba hamkorlik  faoliyatini  mantiqiy  va  dialektik  fikr  me’yorlarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan holda takomillashtirilgan;
falsafa fanini o‘qitishda bo‘lajak o‘qituvchilarda mustaqil fikrlash madaniyatini rivojlantirish samaradorligini baholanib, pedagogik-psixologik xususiyatlari fikrlash jarayonida interiorizatsiya, shaxsiy refleksiya va erkinlikning namoyon bo‘lishi, fikrlashdagi moslashuvchanlik, va aqliy yondashuvlarning uyg‘unligini ta’minlay olish bilan ob’ektiv, sub’ektiv hamda pedagogik omillar ta’sir darajasining barqarorligini ta’minlash asosida  aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda mustaqil fikrlash madaniyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
“mustaqil fikrlash madaniyati” tushunchasining mazmun-mohiyati va falsafiy-pedagogik asoslarini tadqiq etish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarda mustaqil  fikrlash  madaniyatini  rivojlantirish mexanizmlari  falsafiy,  pedagogik,  psixologik  bilimlar  mantiq qonunlariga mos holda umumlashtirilib divergent va konvergent tafakkur shakllarini maqbul uyg‘unlashtirish asosida rivojlantirilganligiga  doir tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan  PZ-20170913120-sonli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 22-yanvardagi             01/11-1609-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi falsafa fanlarini o‘qitishda bo‘lajak o‘qituvchilarda mustaqil fikrlash madaniyatini rivojlantirishning pedagogik asoslari va imkoniyatlarini aniqlashtirishga xizmat qilgan.
bo‘lajak o‘qituvchilarda mustaqil fikrlashni tizimli-funksional modelining tashkiliy-metodik komponenti sifatida innovatsion o‘qitishning kolloborativ (guruhiy munozaralar, hamkorlikda o‘qish, o‘quv loyihalari), kognitiv (kasbiy bilimga yo‘nalganlik), o‘quv  materiallarini  konsentrizm  tamoyiliga  muvofiq o‘qituvchi-talaba hamkorlik faoliyatini mantiqiy va dialektik fikr me’yorlarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan holda takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan FZ-2020010829-raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 22-yanvardagi 01/11-1610-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi falsafa fanlarini o‘qitishda bo‘lajak o‘qituvchilarda mustaqil fikrlash madaniyatini rivojlantirish samaradorligini statistik tahlilini amalga oshirishga  xizmat qilgan.
falsafa fanini o‘qitishda bo‘lajak o‘qituvchilarda mustaqil fikrlash madaniyatini rivojlantirish samaradorligini baholanib, pedagogik-psixologik xususiyatlari fikrlash jarayonida interiorizatsiya, shaxsiy refleksiya va erkinlikning namoyon bo‘lishi, fikrlashdagi moslashuvchanlik, va aqliy yondashuvlarning uyg‘unligini ta’minlay olish bilan obektiv, subektiv hamda pedagogik omillar ta’sir darajasining barqarorligini ta’minlash asosida aniqlashtirilganligiga oid ilmiy yangiliklardan “O‘zbekiston teleradiokanali” DMda             2022-2024- yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Bolalar va biz”  dasturlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24 ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 4-fevraldagi 05-09-111-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi falsafa fanlarini o‘qitishda bo‘lajak o‘qituvchilarda mustaqil fikrlash madaniyatini rivojlantirish jarayonida interiorizatsiya, shaxsiy refleksiya va erkinlikning namoyon bo‘lishi, fikrlashdagi moslashuvchanlik va aqliy yondashuvlarning uyg‘unligini ta’minlashga  xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish