Xurramova Dilso‘z Baxtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarni interfaol texnologiyalar asosida o‘qitishga kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8365.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Normurodova Nigora Abdusattorovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbakiston milliy  pedagogika universiteti, DSc.03/30.01. 2020. Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Boboyorov Shuhrat Suvonqulovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarni interfaol texnologiyalar asosida o‘qitishga kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarni o‘qitishga kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari psixologik, metodik, texnologik, amaliy, kommunikativ va jamoaviy ish, monitoring va baholash komponentlarni didaktik mazmunning funksional-amaliy o‘quv faoliyati turlariga rivojlantiruvchi ta’limiy maqsadlarni prakseologik moslashtirish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirish modeli ta’lim mazmuni va o‘qitish jarayonining mantiqiy tuzilmasini invariativ aniqlash hamda o‘qitish jarayoni uzlyuksizligi va uzviyligini ta’minlashga qaratilgan shakllar va mazmunini rivojlantiruvchi ta’lim maqsadlariga muvofiq belgilash asosida takomillashtirilgan;
talabalarni kasbiy metodik tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi interfaol texnologiyalarning didaktik imkoniyatlari va regulyativ-kognitiv xususiyatlarning o‘quv-bilish jarayoni takrorlanuvchi komponentlariga ustuvorlik berish hamda ijodiy fikrlash, tasavvurni rivojlantirish va o‘yinlarga asoslangan metodlarni o‘quv jarayoniga dinamik va vektorli yo‘naltirish asosida rivojlantirilgan;
talabalarni kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirishning samaradorligi ta’limni tashkil etishning uzlyuksizlik tamoyili, interaktiv ta’limning didaktik imkoniyatlaridan foydalanish hamda tayyorlov, ishlab chiqish, amaliyot, monitoring va tahlil, refleksiya va doimiy takomillashtirish, innovatsion yondashuvlar va yangi texnologiyalarni qo‘llash bosqichlariga funksional uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarni interfaol texnologiyalar asosida o‘qitishga kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
talabalarni interfaol texnologiyalar asosida o‘qitishga kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari pedagogik, psixologik, metodik, texnologik, amaliy, kommunikativ va jamoaviy ish, monitoring va baholash komponentlarni didaktik mazmunning funksional-amaliy o‘quv faoliyati turlariga rivojlantiruvchi ta’limiy maqsadlarni prakseologik moslashtirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 12-apreldagi 11-05-2293/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda kasbiy tayyorgarligi mazmuni va texnologiyasini tahlil qilish imkoniyati kengaytirilgan;
talabalarni kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirish modeli ta’lim mazmuni va o‘qitish jarayonining mantiqiy tuzilmasini invariativ aniqlash hamda o‘qitish jarayoni uzlyuksizligi va uzviyligini ta’minlashga qaratilgan shakllar va mazmunini rivojlantiruvchi ta’lim maqsadlariga muvofiq belgilash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Mutaxassislikka kirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 12-apreldagi 11-05-2293/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning o‘quv jarayonida metodik tayyorgarligi mazmunini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
talabalarni kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi  interfaol texnologiyalarning didaktik imkoniyatlari hamda regulyativ-kognitiv xususiyatlarning o‘quv-bilish jarayoni takrorlanuvchi komponentlariga ustuvorlik berish hamda ijodiy fikrlash, tasavvurni rivojlantirish va o‘yinlarga asoslangan metodlarni o‘quv jarayoniga dinamik va vektorli yo‘naltirish asosida rivojlantirishga oid xulosalar “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 12-apreldagi 11-05-2293/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning interfaol texnologiyalar asosida kasbiy metodik tayyorgarligini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish imkoni oshirilgan;
talabalarni kasbiy metodik tayyorgarligini baholash mezonlari ta’limni tashkil etishning uzlyuksizlik tamoyili, interaktiv ta’limning didaktik imkoniyatlaridan foydalanish hamda tayyorlov, ishlab chiqish, amaliyot, monitoring va tahlil, refleksiya va doimiy takomillashtirish, innovatsion yondashuvlar va yangi texnologiyalarni qo‘llash bosqichlariga funksional uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 12-apreldagi 11-05-2293/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning kasbiy  metodik tayyorgarligini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish