Shakirov Nomanjonning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoya haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Atrof-muhitni muhofaza qilishda ikkilamchi resurs chiqindilarni boshqarishning ilmiy asoslari, 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy rusurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Gr296.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Aminov Xamza Xusanovich, texnika fanlari falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.18/30.11.2022.T.153.01 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Turaboev Akmal Normo‘minovich, biologiya fanlari doktori, professor; Xankelov Tavbay Qarshievich texnika fanlari doktori,  professor.
Yetakchi tashkilot – Jizzah politexnika instituti (JizPI). 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikkilamchi resurs chiqindilarni hisoblash usullarini va boshqarish tizimini takomillashtirish orqali  atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
atrof-muhitni muhofaza qilish tamoyillarini inobatga olish orqali qurilish chiqindilarini to‘plash, saqlash, tashish, saralash, joylashtirish, qayta ishlash va ko‘mish kabi jarayonlarning texnologik sxemasi ekologik xavfsizlikni ta’minlash yondashuvi asosida takomillashtirilgan;
qurilish chiqindilaridan ikkilamchi resurs sifatida foydalanish maqsadida atrof-muhitga bo‘lgan salbiy ta’sirini kamaytirishni to‘liq inobatga olingan holda ekologik indikatorlarni 35 ta ko‘rsatkich takomillashtirilgan;
qurilish chiqindilarini saralash va qayta ishlash, chiqindilarni joylashtirish mexanizmlarni samarali rejalashtirish bilan hajmni optimallashtirishni takomillashtirish orqali poligonlaridan foydalanish muddatini uzaytirish bo‘yicha avtomatlashtirilgan metodik dastur ishlab chiqilgan;
chiqindilarni yig‘ish, toshish, poligonda joylashtirish tartiblarini hisobga olgan holda ikklamchi qurilish chiqindilarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishning hisoblash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Atrof-muhitni muhofaza qilishda ikkilamchi resurs chiqindilarni boshqarishning ilmiy asoslari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Atrof-muhitni muhofaza qilish tamoyillarini inobatga olish orqali qurilish chiqindilarini to‘plash, saqlash, tashish, saralash, joylashtirish, qayta ishlash va ko‘mish tizimi ishlab chiqilib “Bio eco service” MChJ  poligoniga joriy etilgan (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 8-yanvardagi 03-03/1-03/3-177-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qurilish chiqindilarini buzishda atrof-muhit muhofazasi va qurilish chiqindilarini Yuqori Chirchiq tumani “Bio eco service” MChJ  poligoniga tashish logistikasining boshqarish tizimining samaradorligini oshirish uchun qo‘llaniladigan logistika tamoyillari ishlab chiqilgan;
Qurilish chiqindi poligonlari infratuzilmasini yaratish, iqtisodiyotda qurilish chiqindilaridan ikkilamchi resurs sifatida foydalanish, atrof-muhitga bo‘lgan salbiy ta’sirini kamaytirish orqali ekologik indikatorlarni 35 ta ko‘rsatkichlari ishlab chiqilib, Bio eco service” MChJga joriy etilgan (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 8-yanvardagi 03-03/1-03/3-177-sonli ma’lumotnomasi). Natijada atrof-muhitni muhofaza qilishda ekologik indikatorlarni 10 tadan 35 taga etkazishga erishilgan;
Eski qurilishlarni renovatsiya qilish (buzish) da  atrof-muhitni muhofaza qilish va qurilish chiqindilarini poligonlarga tashish logistikasi takomillashtirilib, Bio eco service” MChJga joriy etilgan. (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 8-yanvardagi 03-03/1-03/3-177-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qurilish chiqindilarini buzishda atrof-muhit muhofazasi va qurilish chiqindilarini Yuqori Chirchiq tumani “Bio eco service” MChJ  poligoniga tashish logistikasining boshqarish tizimining samaradorligini oshirish uchun qo‘llaniladigan logistika tamoyillari ishlab chiqilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish