Nigmatova Iroda Maratovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda nutq o‘zgarishiga olib keluvchi prikus anomaliyalarini tashxislash, profilaktika va kompleks davolash» 14.00.21–stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Tib705.
Ilmiy maslahatchi: Nigmatov Raxmatulla Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Amanullaev Rustam Azimjonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gulyamov Sur’at Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aver`yanov Sergey Vital`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Ozarbayjon tibbiyot universiteti (Ozarbayjon Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda nutq o‘zgarishiga olib keluvchi prikus anomaliyalarida klinik-morfofunksional o‘zgarishlarni o‘rganish, ularni tashxislash, oldini olish va kompleks davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
telerentgenogramma tahlili asosida bolalarda til holatining noto‘g‘ri joylashuvi tish-jag‘ tizimi anomaliya va deformatsiyalarining yuzaga kelish chastotasi bilan ijobiy korrelyasion bog‘liqlik (r>0) aniqlangan;
tish-jag‘ tizimi anomaliya va deformatsiyalari sababli nutq buzilishida til parametrlarini antropometrik tahlili orqali til uchi kesuv tishlarning til yuzasiga 31,3% dan 57,2% hollarda mos kelmasligi isbotlangan;
anomaliya va okklyuzion nomutanosibliklar sababli nutqi buzilgan bolalarni davolashda miogimnastika usulining ijobiy ta’siri alohida harflar talaffuz parametrlarini o‘rtacha me’yordan 93,2% gacha tiklashga erishilgani bilan isbotlangan;
nutq o‘zgarishiga olib keluvchi prikus anomaliyalari bo‘lgan bolalarning elektromiogramma tahlili mushaklarning nosinxron va nomuvofiqlashgan ishlashi, dinamik sikllari almashinuvining buzilishi miqdoriy ko‘rsatkichlar dinamik siklining o‘rtacha davomiyligi 0,85-0,90 sek.gacha oshishi bilan isbotlangan;
bolalarda nutqning buzilishiga olib kelgan prikus anomaliyalari mavjud bolalarning salomatligini yaxshilash uchun anomaliyaning kechish davomiyligi va darajasini hisobga olgan holda kompleks davolash algoritmi ishlab chiqilgan va uning samaradorligi ortodontik davolash muddatining 12,3%ga qisqarishi bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
5-14 yoshli bolalarda nutq buzilishlariga olib keluvchi tish-jag‘ tizimi anomaliyalari (TJA)ni tashxislash, oldini olish va davolashning yangicha yondashuvi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor til joylashishini prikus anomaliyalarga ta’sir etish biomexanikasini inobatga olgan holda nutqning buzilishini klinik-morfologik va funksional tahlil qilish asosida ushbu anomaliyalarning tarqalganlik darajasi, kasallik rivojlanish bosqichini erta baholovchi mezon sifatida o‘rganish “Nutq faoliyati buzilgan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘ini morfofunksional holatini baholash” nomli uslubiy tavsiyalarda asoslangan (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 24.02.24 yildagi 01-r/27-sonli xulosasi). Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, xususan, Andijon viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasiga, Toshkent shahar Shayxontohur tumani 4-stomatologik poliklinikasiga hamda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani tibbiyot birlashmasi 3-son bolalar stomatologiya poliklinikasi shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda tish-jag‘ tizimida prikus anomaliyalari sababli og‘iz bo‘shlig‘i morfo-funksional o‘zgarishlar nutq buzilishiga olib kelishini erta tashxislanib, hosil bo‘layotgan anomaliyalarning vujudga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: prikus anomaliyalari sababli nutq faoliyati buzilgan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘ini morfo-funksional holatidagi o‘zgarishlarni aniqlab, erta ortodont shifokori ko‘rigidan o‘tishi tufayli bolalarda ko‘p bosqichli kompleks davolashga ehtiyoj kamayadi. Xulosa: Tish-jag‘ tizimi anomaliyalari sababli nutq buzilishi holatiga qarab, bolalarda o‘z vaqtida ortodontik davolash iqtisodiy samaradorligi 36,8%ni tashkil etgan. Shuningdek davolanish kunlari o‘rtacha 2-3 oyga qisqartirildi va anomaliyaning qaytalanish darajasi sezilarli darajada kamaytirildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda til holatining noto‘g‘ri joylashuvi va tilning kompensatsiya darajasiga qarab nutqning buzilishiga salbiy ta’siri ularning telerentgenografik tahlil ma’lumotlari asosida isbotlangani “Nutq faoliyati buzilgan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘ini morfofunksional holatini baxolash” nomli uslubiy tavsiyalarda asoslangan (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 24.02.24 yildagi 01-r/27-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda tish-jag‘ tizimida prikus anomaliyalari sababli og‘iz bo‘shlig‘i morfo-funksional o‘zgarishlar nutq buzilishiga olib kelishini telerentgenogramma tahlili natijalariga ko‘ra, hosil bo‘layotgan anomaliyalar sababli nutq buzilishini og‘ir holatlarini va vujudga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: prikus anomaliyalari sababli nutq faoliyati buzilgan bolalarda telerentenogoramma tahlilida o‘lchov ko‘rsatkichlarni o‘zgarishlarni aniqlab, kelib chiqadigan patologik o‘zgarishlarni kamaytiradi va tish- jag‘ tizimida vujudga keladigan asoratlarni oldini oladi. Xulosa: Tilning joylashuvi hamda tish-jag‘ tizimi ko‘rsatkichlari orasidagi bog‘liqlik telerentgenogramma tahlili natijalari aniq tekshiruv usuli sifatida tavsiya etilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: bolalarda til holatining to‘g‘ri joylashtirish uchun yuqori jag‘ni kengaytirishga mo‘ljallangan yangi innovatsion ortodontik kengaytiruvchi qurilma taklif etilgan usul "Bolalarda tish jag‘ tizimi anomaliya va deformatsiyalarda nutq faoliyatini remodellanishi hamda uni belgilovchi omillar” nomli uslubiy tavsiyalarda asoslangan (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 24.02.24 yildagi 01-r/28-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda tish-jag‘ tizimida prikus anomaliyalari sababli tilni morfo-funksional o‘zgarishlarini inobatga olib, yuqori jag‘ni kengaytirib, til uchun yangi normal anatomik muxit yaratish va funksional holatini tiklashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: prikus anomaliyalari sababli nutq faoliyati buzilgan bolalarda yuqori jag‘ni va qattiq tanglayni kengaytirib, og‘iz bo‘shlig‘i anatomik holatini tiklaydi va tilning normal o‘z funksiyasini bajarish uchun optimal sharoit yaratiladi va nutq buzilishidagi asoratlarni yo‘qotadi. Xulosa: An’anaviy ortodontik apparatlar bilan davolash ususliga nisbatan tavsiya etilgan davolash iqtisodiy samaradorligi 36,6%ni tashkil etgan. Shuningdek davolanish kunlari 3-3.5 oyga qisqartirildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda artikulyar miogimnastika usullaridan foydalangan holda talaffuzi buzilgan bolalarda anomaliyalarni ortodontik davolash samaradorligini qiyosiy tahlili va afzalligi "Bolalarda tish jag‘ tizimi anomaliya va deformatsiyalarda nutq faoliyatini remodellanishi xamda uni belgilovchi omillar” nomli uslubiy tavsiyalarda asoslangan (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 24.02.24 yildagi 01-r/28-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda tish-jag‘ tizimida prikus anomaliyalari sababli nutq buzilishiga olib kelishi nomutonosibliklarni davolashda artikulyar miogimnastika samarali yordam berishi mushaklar faoliyatini ijobiy tomonga o‘zgarishi orqali isotlandi. Ijtimoiy samaradorligi: tatbiq natijasida 80-84% asosiy gurux bolalarda nutq buzilishini va anomaliyani davolash muddatini qisqartirdi. Iqtisodiy samaradorligi: prikus anomaliyalari sababli nutq faoliyati buzilgan bolalarda til va og‘iz atrofi mushaklar holatidagi funksional o‘zgarishlarni kompleks davolashga extiyoj va shifokorlarga tashriflar kamaydi. Xulosa: Tish jag‘ tizimidagi prikus anomaliyalari sababli nutq buzilishi holatiga qarab, bolalarda o‘z vaqtida miomashq o‘tkazish va ortodontik muolajalar an’anaviy davolash usuliga nimsbatan 67,8%ni tashkil etgan.
beshinchi ilmiy yangilik: bolalarda antropometrik va telerentgenografik tahlil ma’lumotlari asosida kompleks davolash til holatining noto‘g‘ri joylashuvi va nutqning buzilishini kompleks davolash algoritmi “Tish jag‘ tizimi anomaliyalari sababli nutq faoliyati buzilgan bolalarda kompleks davolash algoritmini tuzish” nomli uslubiy tavsiyalarda asoslangan (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 24.02.24 yildagi 01-r/26-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda tish-jag‘ tizimida prikus anomaliyalari sababli nutq buzilishiga olib kelishini erta tashxislab, hosil bulayotgan anomaliyalarning og‘ir holatlarini davolash va vujudga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: tavsiya etilgan davolash algoritmi bemor bolalarning davolash samaradorligini oshirib, tibbiy xizmatning ortiqcha xarajatlarini kamaytiradi. Iqtisodiy samarani pul ko‘rinishida hisoblash, kasallikning keltirib chiqarish sababiga va og‘irlik darajasiga ko‘ra umumiy va mahalliy davo uchun sarflanadigan mablag‘ning to‘liq tannarxining o‘rtacha arifmetik qiymati bo‘yicha amalga oshirildi. Xulosa: An’anaviy davolash ussullariga nisbatan tavsiya etilgan kompleks davolash algoritmining iqtisodiy samaradorligi 36,6%ni tashkil etgan. Shuningdek, davolashga ketgan vaqt o‘rtacha 3-3,5 oyga qisqartirildi hamda resedivlarning sezilarli darajada kamayishiga olib keldi.