Musashayxova Shaxnozaxon Kozim qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kompozit ashyolaridan foydalangan holda tish kariesini davolashda emal va dentinni havo abraziv ishlov berish samaradorligi» 14.00.21 – stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3606.
Ilmiy rahbar: Mel`kumyan Timur Vladimirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Bekjanova Ol`ga Esenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kopbaeva Mayra Taytoleuovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Akademik E.A.Vagner nomidagi Perm davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: kompozit ashyolarni qo‘llash orqali tishlarni davolashda emal va dentin yuzasiga havo-abraziv ishlov berishning samaradorligini o‘rganish va asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor emalni olmos borlar yordamida an’anaviy charhlash bilan Al2O3 (27 µm) kukunli havo-abraziv ishlov berishni birgalikda qo‘llash emal yuzasining kislotali ishlov berish samaradorligini ortishi asoslangan;
ilk bor dentinni eritritol (14 µm) asosli aralashma bilan havo-abrazivli ishlov berishda dentin kanalchalarining kirish teshigini kengayishi va yuzasining mikrog‘adir-budurligini 3,2 marta ortishi aniqlangan;
an’anaviy va havo-abrazivli usulda ishlov berilgandan keyingi dentin yuzasidagi mikroelementlarning tarkibida klinik jihatdan e’tiborli bo‘lgan siljishlar kuzatilmaganligi aniqlangan;
ilk bor dentinni eritritol asosli aralashma bilan havo-abrazivli ishlov berishda 5-avlod adgeziv tizimlarni kislotali ishlov berish vaqtini 2 marta qisqargan sharoitda qo‘llash samaradorligini ortishi aniqlangan;
tish yuzasiga alyuminiy oksid va natriy bikarbonat asosli aralashmalar bilan havo-abrazivli ishlov berilib, 5- va 7-avlod adgeziv tizimlar ishlatilganda kompozit plombalarning qirrasini birikishini yaxshilovchi yangi dalillar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2025 yil 15 yanvardagi 11/87-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor emalni olmos borlar yordamida an’anaviy charhlash bilan Al2O3 (27 µm) kukunli havo-abraziv ishlov berishni birgalikda qo‘llash emal yuzasining kislotali ishlov berish samaradorligini ortishi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tadqiqot davomida o‘rta kariesi bo‘lgan bemorlarni davolashda emalni charhlashni optimal va muqobil sxemasi ishlab chiqildi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliy natijalar Toshkent shahar «TO‘RTINCHI» MChJ shaklidagi davolash-profilaktika muassasasining stomatologiya poliklinikasiga (20.05.2024 yil, 30-sonli buyrug‘i) va Farg‘ona shahri «Farg‘ona viloyati stomatologiya poliklinikasi»ning davolash-profilaktika muassasasiga (01.06.2024 yil, 30-sonli buyrug‘i) tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: kompozitli tiklashlarda emalni alyuminiy oksidi (27 mkm) bilan havo-abrazivli ishlov berilganda an’anaviy usulga nisbatan klinik sifat 10%, eritritol bilan solishtirilgangda esa 13% yuqori bo‘ldi. Iqtisodiy samaradorligi: kariesni davolash jarayonida emalga havo-abrazivli ishlov berishda olingan natijalarga asoslanib, klinikagacha bo‘lgan tadqiqotlar samaradorligi baholandi. Xulosa: emal yuzasiga alyuminiy oksidi bilan havo-abrazivli ishlov berishda an’anaviy va eritritol qo‘llanilgan muqobil usulga nisbatan, yuzada yuqori darajadagi mikrodag‘allikni shakllanishiga olib keldi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor dentinni eritritol (14 µm) asosli aralashma bilan havo-abrazivli ishlov berishda dentin kanalchalarining kirish teshigini kengayishi va yuzasining mikrog‘adir-budurligini 3,2 marta ortishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: o‘tkazilgan laboratoriya tadqiqotlari asosida charhlash usullari va ishlab chiqilgan alyuminiy oksidi, natriy bikarbonat va eritritol kukunlari bilan dentinni havo-abrazivli ishlov berilganda, yuqori klinik samaradorlik dentin yuzasini eritritol bilan ishlov berilganda ko‘rsatdi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliy natijalar Toshkent shahar «TO‘RTINCHI» MChJ shaklidagi davolash-profilaktika muassasasining stomatologiya poliklinikasiga (20.05.2024 yil, 30-sonli buyrug‘i) va Farg‘ona shahri «Farg‘ona viloyati stomatologiya poliklinikasi»ning davolash-profilaktika muassasasiga (01.06.2024 yil, 30-sonli buyrug‘i) tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: dentinni qattiq qotishmali borlar bilan charhlashda kanalchalarni kirish sohasini obturatsiyalaydi va minimal mikrodag‘allikka ega bo‘lgan surtilgan qavatni hosil qiladi, eritritol kukuni bilan ishlov berilganda esa, bu qavat yo‘qotiladi, kanalchalar ochiladi va maksimal mikrodag‘allik ta’minlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: SEM samaradorligi kariesni davolashda dentinning adgeziv yuzasini havo-abraziv usulda tayyorlanganligining klinik natijalari bilan baholandi. Xulosa: an’anaviy usul va alyuminiy oksidi, natriy bikarbonat kukunlarini qo‘llash bilan olib borilgan muqobil usullardan farqli o‘laroq, eritritol asosli kukun bilan dentinni havo-abrazivli ishlov berilganda surtilgan qavatni olib tashlash va dentin kanalchalarni maksimal sonini ochilishi tufayli yuzaning eng yuqori mikrodag‘alligini shakllanishini ta’minladi.
uchinchi ilmiy yangilik: an’anaviy va havo-abrazivli usulda ishlov berilgandan keyingi dentin yuzasidagi mikroelementlarning tarkibida klinik jihatdan e’tiborli bo‘lgan siljishlar kuzatilmaganligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: intakt emalni an’anaviy charhlash va Al2O3 kukuni bilan havo-abrazivli ishlov berishdan keyingi energodispersion spektroskopiya uning yuzasida ftorapatit hosil qiluvchi ftor atomlarini aniqlamadi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliy natijalar Toshkent shahar «TO‘RTINCHI» MChJ shaklidagi davolash-profilaktika muassasasining stomatologiya poliklinikasiga (20.05.2024 yil, 30-sonli buyrug‘i) va Farg‘ona shahri «Farg‘ona viloyati stomatologiya poliklinikasi»ning davolash-profilaktika muassasasiga (01.06.2024 yil, 30-sonli buyrug‘i) tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: an’anaviy va havo-abraziv ishlov jarayonida puxta pnevmogidroblasting va vizual nazorat abraziv bilan ifloslanmagan toza adgeziv yuzalarni ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: laborator ishlov va tozalashdan keyingi tish yuzasining element tahlili kompozit ashyo qo‘llash bilan kariesni davolashni ijobiy natijalarini prognozini asoslaydi. Xulosa: an’anaviy hamda havo-abrazivlili ishlov berishda tish yuzasida abrazivli kontaminatsiya kuzatilmadi, eritritol bilan intakt emalga ishlov berilganda ftor atomlari maksimal saqlandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor dentinni eritritol asosli aralashma bilan havo-abrazivli ishlov berishda 5-avlod adgeziv tizimlarni kislotali ishlov berish vaqtini 2 marta qisqargan sharoitda qo‘llash samaradorligini ortishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: 5-avlod adgeziv tizimni qo‘llaganda, dentin yuzasini eritritol asosli kukun bilan havo-abrazivli ishlov berish dentinni kislotali ishlov berish vaqtini 2 marta qisqartirish sharti bilan, kompozit ashyosi bilan ishonchli bog‘lanishni ta’minlaydi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliy natijalar Toshkent shahar «TO‘RTINCHI» MChJ shaklidagi davolash-profilaktika muassasasining stomatologiya poliklinikasiga (20.05.2024 yil, 30-sonli buyrug‘i) va Farg‘ona shahri «Farg‘ona viloyati stomatologiya poliklinikasi»ning davolash-profilaktika muassasasiga (01.06.2024 yil, 30-sonli buyrug‘i) tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: an’anaviy va havo-abrazivli charhlash bilan to‘g‘ri tanlangan adgeziv tizim kariesni davolash natijasi va sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: kompozitlarning emal va dentinga adgeziyasini laboratoriya sinovlarining samaradorligi turli charhlash usullari va adgeziv tizimlar bo‘yicha asoratlarni bartaraf etishga sarflanadigan vaqt va ashyolarni tejash asosida baholanadi. Xulosa: dentinni eritritol bilan laboratoriyada havo-abraziv charhlash kislotali ishlov vaqtini qisqartiradi va surtilgan qavatni olib tashlash, dentin kanalchalarini ochish hisobiga 5-avlod adgezivlarining samaradorligini 1,3 marta oshiradi.
beshinchi ilmiy yangilik: tish yuzasiga alyuminiy oksid va natriy bikarbonat asosli aralashmalar bilan havo-abrazivli ishlov berilib, 5- va 7-avlod adgeziv tizimlar ishlatilganda kompozit plombalarning qirrasini birikishini yaxshilovchi yangi dalillar aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: 5- va 7-avlod adgeziv tizimlardan foydalanganda, emal yuzasini alyuminiy oksidi (27 µm) bilan havo-abrazivli ishlov berish kompozit plombani qirralarini birikishini buzulishdan saqlaydi va restavratsiyalarning estetik holatini uzoq muddat saqlanishini ta’minlaydi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliy natijalar Toshkent shahar «TO‘RTINCHI» MChJ shaklidagi davolash-profilaktika muassasasining stomatologiya poliklinikasiga (20.05.2024 yil, 30-sonli buyrug‘i) va Farg‘ona shahri «Farg‘ona viloyati stomatologiya poliklinikasi»ning davolash-profilaktika muassasasiga (01.06.2024 yil, 30-sonli buyrug‘i) tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: dentin yuzasini natriy bikarbonat (40 µm) yoki eritritol (14 µm) aralashmalar bilan ishlov berish, emal yuzasini alyuminiy oksidi (27 µm) kukuni bilan charhlash bilan qiyosiy havo-abraziv ishlov berish eng yaxshi klinik natijaga erishishni ta’minlaydi, bu esa o‘z navbatida stomatologlarning ijtimoiy mavqeini va bemorlarni o‘zini baholash darajasini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: emalni alyuminiy oksidi (27 µm) bilan, dentinni esa natriy bikarbonat (40 µm) yoki eritritol (14 µm) bilan havo-abraziv usulda ishlov berish davodan keyingi sezgirlik va plombalarning estetik buzilishlari bilan bemorlarning qayta murojat qilish chastotasini 1,9 barobar kamaytiradi. Xulosa: havo-abraziv ishlov bilan dentinni natriy bikarbonat (40 µm) yoki eritritol (14 µm) kukuni bilan, emalni alyuminiy oksidi (27 µm) kukuni bilan ishlov berishda plomba qirrasini stabil birikishi ta’minlanadi, turg‘un davodan keyingi sezgirlik va residiv kariesni yo‘qolishini ta’minlaydi.