Komiljonov Suxrobbek Komoladdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoramollarda tuxumdonlarning postnatal ontogenezi va Antimiopatik 2 preparatini qo‘llash ta’siridagi morfofunksional o‘zgarishlar”, 16.00.02 – Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/V134
Ilmiy rahbar: Yunusov Xudaynazar Beknazarovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Niyozov Xakim Bakoevich, veterinariya fanlari doktori, professor; Qo‘ldoshev Otamurot Urozovich, veterinariya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi postnatal ontogenezda yirik shoxli hayvonlar tuxumdonlarining morfofunksional o‘zgarishlarini aniqlash va kasalliklarining oldini olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yirik shoxli hayvonlar tuxumdonlarida kuzatiladigan morfofunksional o‘zgarishlar postnatal ontogenezning turli davrlariga bog‘liqligi ilmiy asoslangan;
tuxumdonlar sariq tanasida yirik lyuteositlar va kapillyarlar bo‘lishi, lyuteositlar sitoplazmasi bazofil, mayda vakuollashgan, yadrosi yaxshi ko‘rinadigan xromatin bo‘laklarni saqlashi va ekssentrik joylashganligi aniqlangan;
tuxumdonlar gipofunksiyasi birlamchi follikulalar atreziyasi, ovositlar nekrozi, lyuteinlangan follikulalarda venoz giperemiya, qon quyilishlar, follikulositlar va tekositlar yog‘li infiltrasiyasi hamda granulositlar deskvamasiyasi bilan xarakterlanishi ilmiy asoslangan;
sigirlarda «Antimiopatik 2» vitaminli-mineralli preparatini qo‘llash tuxumdonlarda ikkilamchi follikulalar sonining oshishi, tanasining qalinlashishi, birlamchi follikulalar xajmining kattalashishi, ulardagi ovositli yaltiroq va donador qavatlarning qalinlashishiga olib kelishi tadqiqotlarda isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yirik shoxli hayvonlar tuxumdonlarining postnatal ontogenezi va «Antimiopatik 2» preparatini qo‘llash taʼsiridagi morfofunksional o‘zgarishlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Primenenie veterinarnogo preparata «Antimiopatik 2» dlya uluchsheniya vosproizvoditel`noy funksii krupnogo rogatogo skota» nomli tavsiyanoma tasdiqlangan va veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xuzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 17-dekabrdagi №02/23-722-sonli ma’lumotnomasi). Natijada «Antimiopatik 2» preparatini qo‘llanilganda sigirlarning sut mahsuldorligini va pushtdorligini oshirish orqali har bir bosh sigir hisobiga o‘rtacha bir yilda 1913000 so‘mdan iqtisodiy samara olishga erishilgan;
qoramollar tuxumdonlarining postnatal ontogenezida fallikulogenezni stimullash maqsadida «Antimiopatik 2» preparatini 20 ml muskul orasiga ikki marotaba qo‘llash usuli Qoraqolpog‘iston Respublikasi Nukus tumanidagi “QONIRATBAY MEXRI” fermer xo‘jaligi, Xorazm viloyati Xiva tumanidagi “UMIDLI QORAQUM” va “USTA ABDULLA” fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xuzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 17 dekabrdagi №02/23-722-sonli ma’lumotnomasi). Natijada turli yoshdagi qoramollarda vitamin va minerallar gomeostazini mey’yorlashtirish, ikkilamchi falekulalar sonini oshishi hamda reproduktiv funksiyani yaxshilashga erishilgan.