Suvanov Sardorbek Anvar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori mahsuldor sigirlarda persistent sariq tananing diagnostikasi va davolash usullari”, 16.00.02 – Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/V140
Ilmiy rahbar: Kuldashev Otamurod Urazovich, veterinariya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD06/29.10.2021.V.139.01.
Rasmiy opponentlar: Ilyasov Aziz Saidmurodovich, biologiya fanlari doktori, professor; Djumanov Sobirjon Murodovich, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori mahsuldor sigirlarda persistent sariq tananing yil fasllar bo‘yicha uchrash darajasi, iqtisodiy zarari va etiologiyasini tahlil qilish, diagnostikasi, davolash va oldini olishda yuqori samara beruvchi maxsus usullarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand viloyatining qoramolchilik fermer xo‘jaliklarida tekshirilgan 570 bosh mahsuldor sigirlarning 166 boshi (29,1%) da qisirlik qayd etilib, shundan 51 bosh (8,94%) sigirlarda persistent sariq tana aniqlangan;
tadqiqot o‘tkazilgan xo‘laliklardagi sigirlarda patologik sariq tananing tarqalishi yil fasllari kesimida tarqalishi tahlil qilinganida yozda 43,1%, qishda 56,9 foizni tashkil etishi aniqlangan;
sigirlarda qisirlik va tuqqandan keyingi tuxumdonlarda uchraydigan persistent sariq tananing sabablari alimentar, ekspulatatsion, simptomatik va mikroiqlimga bog‘liq omillar ekanligi aniqlangan;
sigirlarda persistent sariq tananing diagnostikasi va differinsial diagnostikasida ultratovushli tekshirish apparatidan foydalanib sonografiya usuli ishlab chiqilgan;
mahsuldor sigirlarda persistent sariq tanani davolashda Gonadin va Fertadin praparatlariga Megavit hamda E-selen sinxronlash usulida qo‘llanilib takomillashtirilgan va 100% samara berishi aniqlangan;
mahsuldor sigirlarda persistent sariq tana kasalligini davolash va oldini olish bo‘yicha maxsus profilaktik tadbirlar va tavsiyanoma ishlab chiqilgan hamda joriy etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori mahsuldor sigirlarda persistent sariq tananing diagnostikasi va davolash usullari bo‘yicha bajarilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
“Yuqori mahsuldor sigirlarda persistent sariq tananing diagnostikasi va davolash usullari bo‘yicha tavsiyanoma” veterinariya amalyotiga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivijlantirish qo‘mitasining 10.02.2025-yil. 02/23-85-son ma’lumotnomasi). Natajada ushbu tavsiyalarni qo‘llash hisobiga yuqori mahsuldor sigirlarda persistent sariq tanaga diagnoz quyishda 100%, davolashda esa 90% terapevtik natijaga erishilgan;
Sigirlarni davolashda sinxronlash usuli ishlab chiqilib Samarqand viloyati Samarqand tumani «Chorva sut servis», Samarqand viloyati Pasdarg‘om tumani «Chortut», «Bobur chorvasi», «Laziza shaydo», «Beshbola» kabi bir qator fermer xo‘jaliklariga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivijlantirish qo‘mitasining 10.02.2025-yil. 02/23-85-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori mahsuldor sigirlarda persistent sariq tanani davolashda yuqori terapevtik samara berishi, sigirlarni kuyga kelishi va otalanishini tezlashtirishga erishilgan, sarflangan 1 so‘m harajat qoplami 8,8 so‘mni tashkil etgan.