Ibadullaev Sanjar Sodiqmuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri “Aloqa korxonalarida xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish yo‘nalishlari (“O‘zbektelekom” AK misolida)”, 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3710
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor To‘raev Shavkat Shuxratovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: i.f.d., professor Samatov Gaffor Allakulovich, i.f.d., professor Xamdamova Gavxar Absamatovna.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “O‘ZBEKTELEKOM” AK korxonalari samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“O‘ZBEKTELEKOM” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari samaradorligini texnologik innovatsiyalar, xususan 5G, IoT, sun’iy intellekt va bulutli servislar kabi texnologiyalar integratsiyasiga ko‘ra oshirish asoslab berilgan;
mijozlarni “O‘ZBEKTELEKOM” AKga keng jalb qilish, brendni mus-tahkamlash va raqobatbardoshlikni oshirish strategiyasini marketing va reklama xizmatlarini sun’iy intellekt negizida SEO, SMM va targeting ustuvorligiga asoslangan boshqaruvi yondashuviga ko‘ra takomillashtirishning maqsadga muvofiqligi asloslangan;
infratuzilma tizimi va qo‘shimcha interaktiv xizmatlarni rivojlantirish, mijozlarga yuqori sifatli va samarali aloqa xizmatlarini taqdim etishga asoslangan personalni motivatsiyalash jarayonini rivojlantirish va moliyaviy faoliyat natijalarini oshirishga ko‘ra “O‘ZBEKTELEKOM” AK iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirishning 2025-2029 yillarga bo‘lgan davrga mo‘ljallangan prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan;
aloqa korxonalarida samaradorlikni oshirish va mijozlar qoniqishini to‘laroq qondirish, xizmatlarni rivojlantirishga ko‘ra operatsion jarayonlarni avtomatlashtirish, xizmat sifatini optimallashtirish va tarmoq resurslaridan maqsadli segmentlarga ko‘ra foydalanish asosida amaldagi yaxlit tizimni takomillashtirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“O‘ZBEKTELEKOM” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarida xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“O‘ZBEKTELEKOM” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari samaradorligini texnologik innovatsiyalar, xususan 5G, IoT, sun’iy intellekt va bulutli servislar kabi texnologiyalar integratsiyasiga ko‘ra oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif Aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatiga joriy qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 04-sentyabrdagi 23-22/87-sonli ma’lumotnomasi; “O‘ZBEKTELEKOM” AKning 2024-yil 25-dekabrdagi 27-05-21/4007-sonli dalolatnomasi;). 5G texnologiyasiga ko‘ra taklif yangi foydalanuvchilarni jalb qilish va mavjud mijozlarga yuqori tezlikdagi ulanishlarni amalga oshirishga, IoT texnologiyasiga ko‘ra sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va uy xizmatlari kabi sohalarda masofadan boshqarish va avtomatlashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga, sun’iy intellekt xizmatlariga ko‘ra xizmat sifatini oshirish, xarajatlarni kamaytirish va daromadini oshirishga hamda bulutli servislarga ko‘ra biznes uchun saqlash va hisoblash xizmatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
mijozlarni “O‘ZBEKTELEKOM” AKga keng jalb qilish, brendni mustahkamlash va raqobatbardoshlikni oshirish strategiyasini marketing va reklama xizmatlarini sun’iy intellekt negizida SEO, SMM va targeting ustuvorligiga asoslangan boshqaruvi yondashuviga ko‘ra takomillashtirishning maqsadga muvofiqligi taklifi “O‘ZBEKTELEKOM” AK faoliyatiga joriy etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 04-sentyabrdagi 23-22/87-sonli ma’lumotnomasi; “O‘ZBEKTELEKOM” AKning 2024-yil 25-dekabrdagi 27-05-21/4007-sonli dalolatnomasi;). Taklif raqamli marketing va maqsadli reklamaga ko‘ra brendga sodiqlikni oshirish, xizmatlarni yanada qulayroq qilish, mijozlar bilan samarali muloqotni kengaytirish va foydaning ortishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
infratuzilma tizimi va qo‘shimcha interaktiv xizmatlarni rivojlantirish, mijozlarga yuqori sifatli va samarali aloqa xizmatlarini taqdim etishga asoslangan personalni motivatsiyalash jarayonini rivojlantirish va moliyaviy faoliyat natijalarini oshirishga ko‘ra “O‘ZBEKTELEKOM” AK iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirishning 2025-2029 yillarga bo‘lgan davrga mo‘ljallangan prognoz ssenariylari bo‘yicha takliflar “O‘ZBEKTELEKOM” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatiga joriy qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 04-sentyabrdagi 23-22/87-sonli ma’lumotnomasi; “O‘ZBEKTELEKOM” AKning 2024-yil 25-dekabrdagi 27-05-21/4007-sonli dalolatnomasi;). Ushbu taklif “O‘zbektelekom” AK tizimi korxonalari, xususan Surxondaryo filialining asosiy faoliyatidan olinadigan daromadi 2029-yilga kelib 2022-yilga nisbatan 3,5 barobarga ortib borishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
aloqa korxonalarida samaradorlikni oshirish va mijozlar qoniqishini to‘laroq qondirish, xizmatlarni rivojlantirishga ko‘ra operatsion jarayonlarni avtomatlashtirish, xizmat sifatini optimallashtirish va tarmoq resurslaridan maqsadli segmentlarga ko‘ra foydalanish asosida amaldagi yaxlit tizimni takomillashtirish taklif “O‘ZBEKTELEKOM” AK faoliyatiga joriy qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 04-sentyabrdagi 23-22/87-sonli ma’lumotnomasi; “O‘ZBEKTELEKOM” AKning 2024-yil 25-dekabrdagi 27-05-21/4007-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif yaxlit tizimni optimallashtirilishi xizmat ko‘rsatish jarayonlarining texnologik ilg‘orlik, iqtisodiy samaradorlik va xavfsizlik standartlari bo‘yicha takomillashtirilishiga muayyan darajada xizmat qilgan.