Sharopov Sanjar G‘ayratovichning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xeylo va uranoplastika operatsiyalarini yuzning o‘rta qismi o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri”, 14.00.21 - Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Tib867.
Ilmiy rahbar: Azimov Muxamadjon Ismoilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Kamolova Feruza Raxmatilloevna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Baymurodov Shuhrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mamedov Adil’ Askerovich tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi)
Yetakchi tashkilot: Sungkyunkwan universiteti, Samsung tibbiyot markazi, (Koreya Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori lab tanglay tug‘ma kemtigi og‘irligi va operatsiya muddatlariga qarab xeylo va uranoplastikaning turli usullarining yuz o‘rta qismining shakllanishiga ta’sirini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori labning bir tomonlama to‘liq kemtigini an`anaviy usulda bartaraf qilishdan 1-1.5 yil o‘tgach labning yuqoriga tortilishi hamda yuqori jag‘ fragmentlariga bosimning kuchayishi, o‘z navbatida retrognatiyaning shakllanishiga olib kelishi isbotlangan;
Azimov-Sharopov xeyloplastika usuli labning barqaror uzayishini ta’minlashi bilan bir qatorda labning etarli balandligini yaratib, og‘iz aylana mushagini uchma-uch tikish va labning yuqori jag‘ fragmentlariga bosimini oldini olish hamda yaxshi estetik natijalarga erishish asoslangan;
ilk bor Azimov-Sharopov usulida tiklangan yuqori labning elektroneyromiografik baholash usuli ishlab chiqilgan hamda bu og‘iz aylana mushakni uchma-uch tikilgan holatda sodir bo‘ladigan jarayonlar aniqlangan;
jag‘larning antropometrik modellari orqali, old sut tishlari chiqishidan oldin o‘tkazilgan xeyloplastikada mushak tolalarini yonma-yon tikish disfunksiyaga olib kelib, bu o‘z navbatida alveolyar o‘siqqa bosimni oshishiga va alveolyar o‘siqning retruziyasi rivojlanishiga sabab bo‘lishi isbotlangan;
ilk marotoba sefalometrik tadqiqotlar asosida erta veloplastikadan 1,5-2 yil o‘tgach, sagittal va transversal o‘lchamlar sog‘lom o‘lchamlardan farq qilmasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtigi bilan tug‘ilgan bolalarni tashxislash va jarrohlik davolashni yaxshilash bo‘yicha ilmiy izlanish natijalariga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: yuqori labning bir tomonlama to‘liq kemtigini an`anaviy usulda bartaraf qilishdan 1-1.5 yil o‘tgach labning yuqoriga tortilishi hamda yuqori jag‘ fragmentlariga bosimning kuchayishi, o‘z navbatida retrognatiyaning shakllanishiga olib kelishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: taklif etilgan xeyloplastika usuli labning barqaror uzayishini ta’minlashi, labning etarli balandligini yaratishi, aylana mushaklarni "oxiri oxiriga" tutashtirishi va labning yuqori jag‘ fragmentlariga bosimini oldini olishi hamda yaxshi estetik natijalarga erishilishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy ma’lumotlar respublikaning bir qator klinikalari, jumladan Bolalar Milliy Tibbiyot markazi va Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (“Xeylo va uranoplastikadan oldin va keyingi morfologik holatni taqqoslab baholash” O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi 16.01.2023 yilda 8 m-r/84-son bilan tasdiqlangan, “Xeylo va uranoplastika o‘tkazilgan bolalarda zamonaviy tekshirish usullari” Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi 16.01.2023 yilda 8 m-r/85-son bilan tasdiqlangan) va amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi YuLTTK bo‘lgan bolalarda tish-jag‘ tizimi holatini aniqlash va bu holatda stomatologik yordam ko‘rsatish birinchi qatnovidanoq bemorlarning anamnezlari va tashhislashga asoslanib, samarali davolashga erishilishi, takomillashtirilgan xirurgik usullar bilan samarali davolash usullarini stomatologlar amaliyotida muvaffaqiyatli foydalanish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi yuqori labning bir tomonlama to‘liq kemtigida qo‘llanilgan takomillashtirilgan xirurgik usullar orqali davolash samaradorligining oshishi natijasida qatnov sonini 25-30% gacha kamaytirilishi, 8-10 oylik davolash muddatini 6-8 oygacha qisqartirilishi ta’minlandi. Bir bemorda tashhislash va davolash uchun xarajatlar miqdori 187000 so‘m bo‘lgani holda, tadqiqotda ishtirok etgan 178 nafar bemor kompleks davolashda davo muddati 4 qatnovga qisqarishi hisobiga iqtisodiy samaradorlik hisoblab chiqildi va byudjet mablag‘larini 7 mln 332 ming 450 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Bundan tashqari, qo‘llanilgan usul asoratlarning oldini olish, qayta operatsiyalarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish, patologik jarayonning avj olishini to‘xtatish hisobiga qo‘shimcha iqtisodiy samara ham ta’minladi. Xulosa: Azimov-Sharopov usulini qo‘llash va uning asoratlarini oldini olish maqsadida takomillashtirilgan xirurgik yondashuvni davolash amaliyotiga joriy qilinishi har bir bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 187000 so‘mga, umumiy hisobda esa 7 mln 332 ming 450 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: Azimov-Sharopov xeyloplastika usuli labning barqaror uzayishini ta’minlashi bilan bir qatorda labning etarli balandligini yaratib, og‘iz aylana mushagini uchma-uch tikish va labning yuqori jag‘ fragmentlariga bosimini oldini olish hamda yaxshi estetik natijalarga erishish asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: taklif etilgan xeyloplastika usuli labning barqaror uzayishini ta’minlashi, labning etarli balandligini yaratishi, aylana mushaklarni "oxiri oxiriga" tutashtirishi va labning yuqori jag‘ fragmentlariga bosimini oldini olishi hamda yaxshi estetik natijalarga erishilishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy ma’lumotlar respublikaning bir qator klinikalari, jumladan Bolalar Milliy Tibbiyot markazi va Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (“Xeylo va uranoplastikadan oldin va keyingi morfologik holatni taqqoslab baholash” Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi 16.01.2023 yilda 8 m-r/84-son bilan tasdiqlangan, “Xeylo va uranoplastika o‘tkazilgan bolalarda zamonaviy tekshirish usullari” Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi 16.01.2023 yilda 8 m-r/85-son bilan tasdiqlangan) va amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: YuLTTK bo‘lgan bolalarda tish-jag‘ tizimi holatini aniqlash va bu holatda stomatologik yordam ko‘rsatish birinchi qatnovidanoq bemorlarning anamnezlari va tashhislashga asoslanib, samarali davolashga erishilishi, takomillashtirilgan xirurgik usullar bilan samarali davolash usullarini stomatologlar amaliyotida muvaffaqiyatli foydalanish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan xeyloplastika usuli orqali davolash samaradorligining oshishi natijasida qayta operatsiyalar sonini 35% gacha kamaytirilishi, 10-12 oylik reabilitatsiya muddatini 7-9 oygacha qisqartirilishi ta’minlandi. Bir bemorda davolash uchun xarajatlar miqdori 215000 so‘m bo‘lgani holda, tadqiqotda ishtirok etgan 178 nafar bemor kompleks davolashda davo muddati qisqarishi va asoratlar sonining kamayishi hisobiga iqtisodiy samaradorlik hisoblab chiqildi va byudjet mablag‘larini 9 mln 456 ming 700 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Bundan tashqari, qo‘llanilgan usul asoratlarning oldini olish, estetik va funksional buzilishlarni bartaraf etish hisobiga qo‘shimcha iqtisodiy samara ham ta’minladi. Xulosa: Yangi xeyloplastika usulini davolash amaliyotiga joriy qilinishi har bir bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 215000 so‘mga, umumiy hisobda esa 9 mln 456 ming 700 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor Azimov-Sharopov usulida tiklangan yuqori labning elektroneyromiografik baholash usuli ishlab chiqilgan hamda bu og‘iz aylana mushakni uchma-uch tikilgan holatda sodir bo‘ladigan jarayonlar aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Taklif etilgan elektroneyromiografik baholash usuli yuqori labning funksional holatini ob’ektiv baholash, og‘iz aylana mushak to‘qimalarining tiklanish dinamikasini kuzatish va davolash samaradorligini nazorat qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy ma’lumotlar respublikaning bir qator klinikalari, jumladan Bolalar Milliy Tibbiyot markazi va Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (“Xeylo va uranoplastikadan oldin va keyingi morfologik holatni taqqoslab baholash” Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi 16.01.2023 yilda 8 m-r/84-son bilan tasdiqlangan, “Xeylo va uranoplastika o‘tkazilgan bolalarda zamonaviy tekshirish usullari” Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi 16.01.2023 yilda 8 m-r/85-son bilan tasdiqlangan) va amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi YuLTTK bo‘lgan bolalarda yuqori lab funksional holatini ob’ektiv baholash orqali individual davolash rejasini tuzish, asoratlarni erta aniqlash va kelajakda yuz-jag‘ tizimi deformatsiyalarining oldini olish imkonini berdi. Bu esa bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va ijtimoiy moslashuvini engillashtirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: elektroneyromiografik baholash usulini qo‘llash orqali yuqori lab funksiyasini to‘liq tiklash natijasida qayta operatsiyalar sonini 40% gacha kamaytirilishi, reabilitatsiya muddatini 11-13 oydan 8-9 oygacha qisqartirilishi ta’minlandi. Bir bemorda tekshirish va davolash uchun xarajatlar miqdori 192000 so‘m bo‘lgani holda, tadqiqotda ishtirok etgan 178 nafar bemor kompleks davolashda qayta aralashuvlar sonining kamayishi hisobiga iqtisodiy samaradorlik hisoblab chiqildi va byudjet mablag‘larini 8 mln 543 ming 360 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Bundan tashqari, qo‘llanilgan usul uzoq muddatli asoratlarning oldini olish, estetik va funksional buzilishlarni erta bosqichda aniqlash hisobiga qo‘shimcha iqtisodiy samara ham ta’minlagan. Xulosa: Elektroneyromiografik baholash usulini davolash amaliyotiga joriy qilinishi har bir bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 192000 so‘mga, umumiy hisobda esa 8 mln 543 ming 360 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: jag‘larning antropometrik modellari orqali, old sut tishlari chiqishidan oldin o‘tkazilgan xeyloplastikada mushak tolalarini yonma-yon tikish disfunksiyaga olib kelib, bu o‘z navbatida alveolyar o‘siqqa bosimni oshishiga va alveolyar o‘siqning retruziyasi rivojlanishiga sabab bo‘lishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Taklif etilgan antropometrik baholash usuli xeyloplastika operatsiyasidan keyingi jag‘lar rivojlanishini ob’ektiv baholash, mushak tolalari tikish usulining uzoq muddatli oqibatlarini prognozlash va tish-jag‘ anomaliyalarining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni rejalashtirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy ma’lumotlar respublikaning bir qator klinikalari, jumladan Bolalar Milliy Tibbiyot markazi va Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (“Xeylo va uranoplastikadan oldin va keyingi morfologik holatni taqqoslab baholash” Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi 16.01.2023 yilda 8 m-r/84-son bilan tasdiqlangan, “Xeylo va uranoplastika o‘tkazilgan bolalarda zamonaviy tekshirish usullari” Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi 16.01.2023 yilda 8 m-r/85-son bilan tasdiqlangan) va amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi YuLTTK bo‘lgan bolalarda yuz-jag‘ tizimi rivojlanish dinamikasini kuzatish orqali jag‘lar deformatsiyalarini erta aniqlash, o‘z vaqtida profilaktik choralarni ko‘rish va ortodontik yordamni rejalashtirish imkonini berdi. Bu esa bemorlarning tish-jag‘ tizimi funksional holatini yaxshilash va estetik ko‘rsatkichlarini optimallashtirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: antropometrik baholash usulini qo‘llash orqali optimal xirurgik yondashuvni tanlash natijasida ortodontik va ortopedik aralashuvlar sonini 45% gacha kamaytirilishi, davolash muddatini 12-14 oydan 7-10 oygacha qisqartirilishi ta’minlandi. Bir bemorda tekshirish va kompleks davolash uchun xarajatlar miqdori 234000 so‘m bo‘lgani holda, tadqiqotda ishtirok etgan 178 nafar bemor davolashida qo‘shimcha aralashuvlar sonining kamayishi hisobiga iqtisodiy samaradorlik hisoblab chiqildi va byudjet mablag‘larini 10 mln 472 ming 880 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Bundan tashqari, qo‘llanilgan usul keyingi ortodontik va ortopedik muammolarning oldini olish, yuz-jag‘ tizimi deformatsiyalarini erta bosqichda korreksiyalash hisobiga qo‘shimcha iqtisodiy samara ham ta’minladi. Xulosa: Antropometrik baholash usulini davolash amaliyotiga joriy qilinishi har bir bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 234000 so‘mga, umumiy hisobda esa 10 mln 472 ming 880 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
beshinchi ilmiy yangilik: ilk marotoba sefalometrik tadqiqotlar asosida erta veloplastikadan 1,5-2 yil o‘tgach, sagittal va transversal o‘lchamlar sog‘lom o‘lchamlardan farq qilmasligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Taklif etilgan erta veloplastika usulining to‘qimalar regeneratsiyasiga ijobiy ta’siri sefalometrik tadqiqotlar orqali isbotlangan. Bu operatsiyadan keyingi to‘qimalar tiklanishini ob’ektiv baholash, reabilitatsiya jarayonini individual rejalashtirish va funksional natijalarni optimallashtirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy ma’lumotlar respublikaning bir qator klinikalari, jumladan Bolalar Milliy Tibbiyot markazi va Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (“Xeylo va uranoplastikadan oldin va keyingi morfologik holatni taqqoslab baholash” Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi 16.01.2023 yilda 8 m-r/84-son bilan tasdiqlangan, “Xeylo va uranoplastika o‘tkazilgan bolalarda zamonaviy tekshirish usullari” Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi 16.01.2023 yilda 8 m-r/85-son bilan tasdiqlangan) va amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: YuLTTK bo‘lgan bolalarda erta veloplastikani qo‘llash orqali nutq rivojlanishi va ovqat yutish funksiyalarining tezroq normallashuviga erishish imkonini berdi. Bu esa bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, psixoemotsional holatini stabillashtirish va ijtimoiy moslashuvini engillashtirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi YuLTTK bo‘lgan bolalarda erta veloplastikani qo‘llash orqali nutq rivojlanishi va ovqat yutish funksiyalarining tezroq normallashuviga erishish imkonini berdi. Bu esa bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, psixoemotsional holatini stabillashtirish va ijtimoiy moslashuvini engillashtirishga xizmat qiladi. Xulosa: Erta veloplastika usulini davolash amaliyotiga joriy qilinishi har bir bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 258000 so‘mga, umumiy hisobda esa 11 mln 505 ming 400 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.