Tuxtaev Doston Ashurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli etiologiyali surunkali buyrak kasalligida kardiorenal sindrom rivojlanishining prediktorlari”, 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4046.
Ilmiy rahbar: Axmedova Nilufar Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04. 2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Nurbaev Farmon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Kendaev Majid Latipovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tyumen davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: turli etiologiyali  surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda kardiorenal sindrom rivojlanishiga olib keluvchi xavf omillari va erta diagnostik mezonlarni baholash asosida kasallikni erta aniqlash va oldini olish chora tadbirlarini muvofiqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli etiologiyali surunkali buyrak kasalligida kardiorenal sindrom rivojlanishi nefropatiyaning etiologik xavf omili patogenetik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib, al`buminuriya va nefrinuriya darajasi bilan to‘g‘ri mutanosiblikka ega ekanligi  asoslangan;
turli etiologiyali surunkali buyrak kasalligida yurak faoliyati buzilishi markerlari (NT-proBNP, galektin -3) va buyrak fil`tratsion faoliyati ko‘rsatgichlari (nefrinuriya, IV tip kollagen) orasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
turli etiologiyali surunkali buyrak kasalligi mavjud bemorlarda renokardial sindrom rivojlanishida instrumental markerlardan EXO-KG dagi chap bo‘lmacha hajmi va transmitral erta qon oqimi tezligi bilan mitral halqaning erta diastolik harakat tezligi o‘rtasidagi nisbat (E/e’) ko‘rsatkichlarining prognostik ahamiyati isbotlangan;
surunkali buyrak kasalligida kardiorenal sindrom rivojlanishini bashoratlash va erta tashhislashning pog‘onali mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
«Turli etiologiyali nefropatiyalarda kardiorenal sindrom rivojlanishi erta aniqlash va bashoratlashning laborator tashxisot usullari» mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 10 dekabrdagi 10\82-son xulosasi olingan. 
birinchi ilmiy yangilik. Turli etiologiyali surunkali buyrak kasalligida kardiorenal sindrom rivojlanishi nefropatiyaning etiologik xavf omili patogenetik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib, al`buminuriya va nefrinuriya darajasi bilan to‘g‘ri mutanosiblikka ega ekanligi  asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: Turli etiologiyali SBK mavjud bemorlarda KRS rivojlanishini bashoratlashda nefroratiya kelib chiqishiga olib keluvchi xavf omillarini aniqlash muhim ahamiyatli bo‘lib, bu davo samaradorligiga ta’sir qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: turli etiologiyali nefropatiyalarda KRS rivojlanishini oldini olishda nefropatiyani keltirib chiqargan xavf omilini aniqlash va bartaraf eitish orqali bemorlarda SYuE rivojlanish muddati kechiktiriladi, bemorlarning statsionar davoga ehtiyoji pasayadi. Bemorlarning statsonar davo kunlari qisqarishi natijasida har bir bemor hisobidan byudjetdan tashqari mablag‘lardan 547200 so‘m, byudjet mablag‘laridan 206039 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa. Turli etiologiyali SBK da KRS  rivojlanishi oldini olish va bashoratlashda xavf omillarini aniqlash va bartaraf etish  samaradorligi isbotlanganligi,  SYuE rivojlanishini bashoratlash, oldini olish tadbirlari ishlab chiqilganligi bilan izohlanadi va 753239 so‘m siqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik. Turli etiologiyali surunkali buyrak kasalligida yurak faoliyati buzilishi markerlari (NT-proBNP, galektin -3) va buyrak fil`tratsion faoliyati ko‘rsatgichlari (nefrinuriya, IV tip kollagen) orasidagi korrelyasion bog‘liqliklar baholangan. Ijtimoiy samaradorligi: KRS kuzatilgan bemorlarda uning etiologik omili sifatida bu bemorlarda buyrak faoliyatini baholovchi ishonchlilik va informativligi yuqori bo‘lgan serologik laborator markerlarni qo‘llash amaliy tibbiyot uchun juda qulay bo‘lib, SYuE erta aniqlash imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: KRS da  SYuE rivojlanishini sezgir serologik testlar yordamida aniqlash va buyrak faoliyatini tiklash ushbu bemorlarda yurak etishmovchilinini davolashga qaratilgan sarf xarajatlarni qisqartirish natijasida har bir bemor uchun  bir yil davomida byudjet hisobidan 648104 ga  iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa. KRS aniqlangan bemorlarda SYuE baholashda va zo‘rayishini oldini olishda buyrak faoliyatini baholovchi serologik markerlarni  amaliyotga qo‘llash orqali  yurak etishmovchiligi xavfini to‘g‘ri baholash, va uning profilaktikasiga erishish imkoniyatini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik. turli etiologiyali surunkali buyrak kasalligi mavjud bemorlarda renokardial sindrom rivojlanishida instrumental markerlardan EXO-KG dagi chap bo‘lmacha hajmi va transmitral erta qon oqimi tezligi bilan mitral halqaning erta diastolik harakat tezligi o‘rtasidagi nisbat (E/e’) ko‘rsatkichlarining prognostik ahamiyati isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: turli etiologiyali SBK mavjud bemorlarda KRS rivojlanishini erta tashxislash va SYuE gini bashoratlashda prognostik xususiyatga ega laborator va instrumental  markerlarni qo‘llash orqali bemorda KRS rivojlanib borishi va asoratlanishi oldini olishga erishilgan.  Iqtisodiy samaradorligi: SBK mavjud bemorlarda KRS  rivojlanganda yurak faoliyatini erta baholovchi laborator va instrumental ko‘rsatgichlarni erta aniqlash uchun  214510 ming so‘m sarflanadi, bu SYuE rivojlangandan keyin qo‘llaniladigan tashxisot va davo xarajatlaridan 6,3 baravar arzon bo‘lib,  har bir nafar bemorga bir yilda byudjet hisobidan 496600 so‘m, byudjetdan tashqari 695248 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa. SBK mavjud beomrlarda rivojlangan KRS da yurak etishmovchiligni erta aniqlash asosida har bir bemor hisobiga 1351413  
to‘rtinchi ilmiy yangilik. surunkali buyrak kasalligida kardiorenal sindrom rivojlanishini bashoratlash va erta tashhislashning pog‘onali mezonlari ishlab chiqilgan. Ijtimoiy samaradorligi: turli etiologiyali SBK mavjud bemorlarda KRS rivojlanishini erta aniqlash, yurak shikastlanish darajasini o‘z vaqtida  aniqlash, shuningdek, uning asoratlanishini oldini olishniga mo‘ljallangan prognostik algoritm tavsiya etiladi, surunkali yurak etishmovchiligi profilaktikasiga erishiladi, tibbiy tekshiruvlar samaradorligi oshishiga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: uslubiy tavsiyanoma tadbiq etilguncha  SBK da KRS rivojlanishini  tashxislash kechikishi,  asoratlar bilan kechganda tashxis qo‘yish, davolashga   qaratilagan chora tadbirlar uchun bir yilda o‘rtacha 2795211 so‘m sarflangan bo‘lsa, tavsiyanoma tadbiq etilgach, bu xarajatlar 1018300 so‘mgacha kamaydi. Tadqiqotlar bo‘yicha ushbu chora tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan usullar bir bemor uchun bir yilda o‘rtacha  1776911  so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa. Turli etiologiyali SBK mavjud bemorlarda KRS ni erta aniqlash, yurak etishmovchiligini bashoratlash, xavf omillarini bartaraf etish muhim ahamiyatga ega hamda ushbu chora tadbirlar asosida har bir bemor uchun  1776911  so‘mga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
SBK negizida rivojlangan kardiorenal sindromda surunkali yurak etishmovchiligini bashoratlash va erta tashxislash samaradorligini takomillashtirish tamoyillari sog‘liqni saqlash amaliyoti, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali (26.09.2024 y;  buyruq № 196);  Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli  tibbiyot markazi  (27.09.2024 y; buyruq 01\607 )  klinik amaliyotiga tadbiq etildi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish