Qo‘chqarov Akmal Artigalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabet fonida qorin orti parda bo‘shlig‘i yiringli-yallig‘lanish kasalliklarini xirurgik davolashni takomillashtirish», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: Â2022.2.PhD/Tib2900.
Ilmiy rahbar: Matmurotov Quvondik Jumaniyozovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Kamalov Tel`man Tulyaganovich, tibbiyot fanlari doktori; Kasimov Adxam Lutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.V. Vishnevskiy nomidagi xirurgiya Milliy tibbiyot tadqiqot markazi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jarrohlik taktikasini optimallashtirish orqali qandli diabet fonida qorin orti yiringli-yallig‘lanish kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy to‘qimalar holatini etarlicha baholamaslik, zararlanish sohasini va qorin orti sohasining fassial tuzilishini hisobga olinmasligi qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda qorin orti bo‘shlig‘ining yiringli-yallig‘lanish kasalliklarining kuchayishiga, tashrixdan keyingi asoratlar hamda takroriy xirurgik aralashuvlarga olib keluvchi asosiy omillar ekanligi aniqlangan;
qandli diabet fonida qorin orti bo‘shlig‘ining yiringli-yallig‘lanish kasalliklarida patologik jarayonning joylashuviga va boshlang‘ich zararlanish o‘chog‘iga bog‘liq holda sanatsion tashrixlarni o‘tkazishning taktik xususiyatlari aniqlangan;
qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda qorin orti bo‘shlig‘ining yiringli-yallig‘lanish kasalliklarida zararlanish o‘chog‘i joylashuviga ko‘ra operativ aralashuvni amalga oshirish ketma-ketligi ishlab chiqilgan;
qandli diabet fonida kechadigan qorin orti bo‘shlig‘ining yiringli kasalliklarida differensiallashgan xirurgik taktikaning tashrixdan keyingi asoratlarning minimal darajada kuzatilishi bilan tavsiflanuvchi klinik samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qandli diabet fonida qorin orti yiringli-yallig‘lanish kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: mahalliy to‘qimalar holatini etarlicha baholamaslik, zararlanish sohasini va qorin orti sohasining fassial tuzilishini hisobga olinmasligi qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda qorin orti bo‘shlig‘ining yiringli-yallig‘lanish kasalliklarining kuchayishiga, tashrixdan keyingi asoratlar hamda takroriy xirurgik aralashuvlarga olib keluvchi asosiy omillar ekanligi aniqlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 9 oktyabrda 10-23/38-x-son bilan tasdiqlangan “Qorin orti bo‘shlig‘ining yiringli-yallig‘lanish kasalliklarini xirurgik davolash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 2023 yil 18 iyuldagi 71-son, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2023 yil 7 iyuldagi 122-I-son va Toshkent viloyati Yangiyo‘l shaxar markaziy shifoxonasining 2024 yil 5 sentyabrdagi 836-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10/08-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: qandli diabet fonida qorin orti bo‘shlig‘ining yiringli kasalliklarida xirurgik tashrixlarni bajarish strategiyasini aniqlashda, patologik jarayonining joylashuvi va yiringli fassiitning keskinligini albatta hisobga olish kerakligini imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: bemorlarda yuqorida ko‘rsatilgan laborator va boshqa xolatlarda diagnostik ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida aniqlash, boshqa qo‘shimcha markerlar aniqlanishi uchun kerak bo‘ladigan sarf-xarajatlarni cheklaydi hamda bemorlar davolanishi uchun kerak bo‘ladigan shifoxona kunini qisqartiradi. 1 nafar bemor uchun 1 kunga kerak bo‘ladigan kunlik xarajat Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘limida o‘rtacha xo‘jalik hisobidan davolanayotgan bemor uchun 250000 so‘m, byudjet hisobidan davolanayotgan bemor uchun esa 200000 so‘mni tashkil etadi. Gospitalizatsiya kunining 7-12 kundan 5-7 kunga kamaytirilishi bir bemor uchun xo‘jalik hisobidan 500000 so‘m, byudjet hisobidan esa 400000 so‘mning tejalishiga olib keladi. Xulosa: Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda qorin parda orti bo‘shlig‘i yiringli-yallig‘lanish kasalliklarida yiringli jarayonning qaysi soxada joylashganligiga qarab to‘g‘ri differensial usulda uchoq soxasini takomillashtirilgan usulda drenajlash asosiy rol uynaydi, shu bilan birgalikda kasallikni erta tashxislash natijasida 1 nafar bemor hisobiga mablag‘ning o‘rtacha 500000 dan 900000 ming so‘mini iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: qandli diabet fonida qorin orti bo‘shlig‘ining yiringli-yallig‘lanish kasalliklarida patologik jarayonning joylashuviga va boshlang‘ich zararlanish o‘chog‘iga bog‘liq holda sanatsion tashrixlarni o‘tkazishning taktik xususiyatlari aniqlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 9 oktyabrda 10-23/38-x-son bilan tasdiqlangan “Qorin orti bo‘shlig‘ining yiringli-yallig‘lanish kasalliklarini xirurgik davolash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 2023 yil 18 iyuldagi 71-son, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2023 yil 7 iyuldagi 122-I-son va Toshkent viloyati Yangiyo‘l shaxar markaziy shifoxonasining 2024 yil 5 sentyabrdagi 836-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10/08-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: qandli diabet fonida qorin orti bo‘shlig‘ining yiringli-yallig‘lanish kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda fassiit belgilarining namoyon bo‘lish darajasiga qarab asoratlarni oldini olishga qaratilgan xirurgik aralashuvni amalga oshirishni imkonini beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Tavsiya etilgan usuldan foydalanish asoratlarni oldini olish imkonini beradi, qo‘shimcha davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Statsionar davolanish uchun eng kam xarajat har bir kun uchun 547000 so‘mni tashkil qilgani holda, shifoxonada qolish muddatlari qisqarishi hisobiga 1 nafar bemorga 1 kunda 547000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi. Xulosa: Tavsiya etilgan usul kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytiradi va kasalxonada bo‘lish vaqtini qisqartiradi hamda tadqiqot ko‘lami bo‘yicha ushbu usul qo‘llanilganda 71 nafar bemorlarda 1 kun uchun 38837000 so‘m byudjet mablag‘lari tejaladi;
uchinchi ilmiy yangilik: qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda qorin orti bo‘shlig‘ining yiringli-yallig‘lanish kasalliklarida zararlanish o‘chog‘i joylashuviga ko‘ra operativ aralashuvni amalga oshirish ketma-ketligi ishlab chiqilganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 9 oktyabrda 10-23/38-x-son bilan tasdiqlangan “Qorin orti bo‘shlig‘ining yiringli-yallig‘lanish kasalliklarini xirurgik davolash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 2023 yil 18 iyuldagi 71-son, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2023 yil 7 iyuldagi 122-I-son va Toshkent viloyati Yangiyo‘l shaxar markaziy shifoxonasining 2024 yil 5 sentyabrdagi 836-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10/08-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: qandli diabet fonidagi qorin orti bo‘shlig‘ining yiringli-yallig‘lanish kasalliklarida patologik jarayonning anatomik joylashuvini inobatga olgan holda maqbul xirurgik kirib borish hamda drenajlash usulini tanlashni ta’minlaydigan davolash algoritmi qo‘llanilganda, natijada asoratlar sonini kamaytirishga va davolash sifatini oshirishga imkon beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: davolash algoritmini joriy etilganda 1 nafar bemorning shifoxonada 1 kunlik davolanishiga dori-darmon uchun jami 382000 so‘m miqdoridagi davlat byudjeti mablag‘lari sarflanadi. Xulosa: qandli diabet fonidagi qorin orti bo‘shlig‘ining yiringli-yallig‘lanish kasalliklarida patologik jarayonning anatomik joylashuvini inobatga olgan holda maqbul xirurgik kirib borish hamda drenajlash usulini tanlashni ta’minlaydigan davolash algoritmini tadbiq etkanda bemorlarning shifoxonada davolanishiga dori-darmon qisqartirish xarajatlari hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=71) 27122000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari tejalishini ta’minlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qandli diabet fonida kechadigan qorin orti bo‘shlig‘ining yiringli kasalliklarida differensiallashgan xirurgik taktikaning tashrixdan keyingi asoratlarning minimal darajada kuzatilishi bilan tavsiflanuvchi klinik samaradorligi isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 9 oktyabrda 10-23/38-x-son bilan tasdiqlangan “Qorin orti bo‘shlig‘ining yiringli-yallig‘lanish kasalliklarini xirurgik davolash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 2023 yil 18 iyuldagi 71-son, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2023 yil 7 iyuldagi 122-I-son va Toshkent viloyati Yangiyo‘l shaxar markaziy shifoxonasining 2024 yil 5 sentyabrdagi 836-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10/08-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: maqsadsiz dori-darmonlar qo‘llanilishining oldini olish; tor mutaxassis shifokorlar maslahatining tejalishi bemorlarning shifoxonada davolanadigan kunlarining kamayishiga sabab bo‘ladi. Bemorning shifoxonada davolanish kunining kamaytirilishi ham dori-darmonlarning xarajatini kamaytiradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: 1 nafar bemor uchun 1 kunga kerak bo‘ladigan kunlik xarajat Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘limida o‘rtacha xo‘jalik hisobidan davolanayotgan bemor uchun 250000 so‘m, byudjet hisobidan davolanayotgan bemor uchun esa 200000 so‘mni tashkil etadi. Gospitalizatsiya kunining 7-12 kundan 5-7 kunga kamaytirilishi bir bemor uchun xo‘jalik hisobidan  500000 so‘m, byudjet hisobidan  esa 400000 ming so‘mning tejalishiga olib keladi. Xulosa: Takomillashtirilgan amaliyotlarning bajarilishi (asosiy guruh (n=71)) bo‘yicha takomillashtirilgan jarrohlik strategiyasi 92.9% hollarda yaxshi natijalarga olib keldi (r>0,005), bu taqqoslash guruhidagi bemorlarga (74.7%) qaraganda ancha yuqori hisoblanadi. Ushbu olib borilgan jarrohlik taktikasi natijasida amaliyotdan keyingi davrda o‘lim holatlarining qayd etilmadi (taqqoslash guruhida – 11.1% (n=2)) (r>0,005)

Yangiliklarga obuna bo‘lish