G‘ulomov Jaxongir Ibroximojon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Biriktiruvchi to‘qima displaziyasi mavjud yurak ritmi buzilgan bemorlarda yurak-qon tomir tizimi va endoteliy funksiyasining holati» mavzusidagi 14.00.05 - Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3292.
Ilmiy raxbar: Shodikulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Xolmurad Sadullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ismailova Jadida Axmedjanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: biriktiruvchi to‘qimaninig differensiallashmagani displaziyasi negizida yurak ritm buzilishlari mavjud bemorlarni klinik, laborator-instrumental va genetik ma’lumotlariga tayangan xolda yurak-qon tomir tizimi hamda endoteliy holatini baxolash orkali kasallik kechishini bashorat kilishini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagani displaziyasi negizida yurak ritmi buzilishlari bo‘lgan bemorlarda takkoslash guruxiga nisbatan ko‘krak qafasi va umurtqa pog‘onasi deformatsiyalari ko‘proq (P<0,001) uchrashi aniqlangan xamda bu aritmik sindrom rivojlanishida patogenetik axamiyatga ega ekanligi asoslangan;
biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagani displaziyasi negizida yurak ritm buzilishlari bo‘lgan bemorlarda biriktiruvchi to‘qima dezorganizatsiyasining rivojlanishida morfologik substrat sifatida endotelial disfunksiya, angiogenezni rag‘batlantirilishi va antiradikal mudofaa tizimi fermentlari faoliyatining nisbiy etishmovchiligi prognostik marker sifatida qo‘llanilishi asoslangan;
ilk bor biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagani displaziyasi bo‘lgan bemorlarda EDN-1 genining Asn alleli va gomozigotali mutant Asn\Asn genotipi BTDD rivojlanishi, MMR9 genining A aleli va mutant A\A genotipi tashuvchilarida yurak ritm buzilishi xavfi yuqori ekanligi isbotlangan;
biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagan displaziya negizida yurak ritm buzilishlari bilan og‘rigan bemorlarda aritmiya turi va og‘irlik darajasiga ko‘ra ananaviy davo usuliga ko‘shimcha magniy preparati qo‘llanilganda davolash samaradorligi yuqori bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Biriktiruvchi to‘qima displaziyasi mavjud yurak ritmi buzilgan bemorlarda yurak-qon tomir tizimi va endoteliy funksiyasining holati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 mart 13\23-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagani displaziyasi negizida yurak ritmi buzilishlari bo‘lgan bemorlarda takkoslash guruxiga nisbatan ko‘krak qafasi va umurtqa pog‘onasi deformatsiyalari ko‘proq (P<0,001) uchrashi aniqlangan xamda bu aritmik sindrom rivojlanishida patogenetik axamiyatga ega ekanligi asoslangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2024 yil 25 dekabrdagi 5-soni bilan tasdiqlangan “Biriktiruvchi tukima displaziyasi mavjud yurak ritmi buzilgan bemorlarda klinik-laborator va instrumental tekshirishlar algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiy markaziga 2025 yil 14 fevraldagi 23-sonli buyrug‘i bilan, Samarkand viloyati tibbiyot birlashmasi 2025 yil 18 fevraldagi 28-U -sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 mart 13\23-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagani displaziyasi fonida yurak ritm buzilishlari bo‘lgan bemorlarda klinik o‘ziga xos xususiyatlar aniqlandi va erta tashxislash mezonlari ishlab chiqilgan Bu chora – tadbirlar bemorlarda kasallikning chuqurlashishi va nogironlikka olib kelishini oldini olishga imkon yaratgan. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikni erta tashxislash natijasida asoratlar soni kamaytirilgan va statsionarda davolash yotoq kuni 2 kunga qisqarganligi va davolashga ketadigan umumiy sarf xarajatni kamaytirish 1 nafar bemor uchun 2 kun hisobida 600000 so‘m davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagani displaziyasi negizida yurak ritm buzilishlari bo‘lgan bemorlarda biriktiruvchi to‘qima dezorganizatsiyasining rivojlanishida morfologik substrat sifatida endotelial disfunksiya, angiogenezni rag‘batlantirilishi va antiradikal mudofaa tizimi fermentlari faoliyatining nisbiy etishmovchiligi prognostik marker sifatida qo‘llanilishi asoslangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2024 yil 25 dekabrdagi 5-soni bilan tasdiqlangan “Biriktiruvchi tukima displaziyasi mavjud yurak ritmi buzilgan bemorlarda klinik-laborator va instrumental tekshirishlar algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiy markaziga 2025 yil 14 fevraldagi 23-sonli buyrug‘i bilan, Samarkand viloyati tibbiyot birlashmasi 2025 yil 18 fevraldagi 28-U -sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 mart 13\23-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Ushbu bemorlarda kasallikni erta tashxislashni takomillashtirish, profilaktik chora-tadbirlarni optimallashtirish orqali ularning hayot sifati yaxshilangan, kasallik asoratlari uchrash chastotasi kamaytirilgan va tibbiy yordam sifatini oshirishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: qo‘shimcha tadqiqotlar uchun xarajatlarni xamda boshqa qimmat diagnostika muolajalariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish bilan ifodalanadi va kardiorevmatologiya bo‘limida har bir bemorning bir kunlik davolanishiga davlat tomonidan sarflangan mablag‘ 200749 so‘m tejaladi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagani displaziyasi bo‘lgan bemorlarda EDN-1 genining Asn alleli va gomozigotali mutant Asn\Asn genotipi BTDD rivojlanishi, MMR9 genining A aleli va mutant A\A genotipi tashuvchilarida yurak ritm buzilishi xavfi yuqori ekanligi isbotlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2024 yil 25 dekabrdagi 5-soni bilan tasdiqlangan “Biriktiruvchi tukima displaziyasi mavjud bemorlardayurak ritmi buzilishlarining molekulyar-genetik xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiy markaziga 2025 yil 14 fevraldagi 23-sonli buyrug‘i bilan, Samarkand viloyati tibbiyot birlashmasi 2025 yil 18 fevraldagi 28-U -sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 mart 13\23-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagan displaziyasining negizida YuRB bo‘lgan bemorlarda aritmiyani rivojlanishini bashoratlash uchun EDN-1 (Lys197Asn) va MMP9 genlari polimorfizmini taxlil qilish orqali bemorlarining genetik moyilligini o‘rganish va klinik-laborator ko‘rsatkichlar orasida bog‘liqlikni belgilash natijasida kasallik rivojlanishi va kechishi darajasini o‘z vaqtida aniqlash va asoratlarini oldini olishga, xamda nogironlik darajasini pasaytirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan tekshirish usulni amaliyotga joriy etilishi kasallik kechishini oldindan bashorat etish imkonini beradi va kasallik oqibati natijasida kelib chikishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytiradi va shular xisobiga davlat tomonidan sarflangan mablag‘lar iqtisod qilinadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagan displaziya negizida yurak ritm buzilishlari bilan og‘rigan bemorlarda aritmiya turi va og‘irlik darajasiga ko‘ra ananaviy davo usuliga ko‘shimcha magniy preparati qo‘llanilganda davolash samaradorligi yuqori bo‘lganligi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2024 yil 25 dekabrdagi 5-soni bilan tasdiqlangan “Biriktiruvchi tukima displaziyasi mavjud yurak ritmi buzilgan bemorlarda klinik-laborator va instrumental tekshirishlar algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiy markaziga 2025 yil 14 fevraldagi 23-sonli buyrug‘i bilan, Samarkand viloyati tibbiyot birlashmasi 2025 yil 18 fevraldagi 28-U -sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 mart 13\23-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: terapevtik yondashuvlarni optimallashtirish orqali davolanish xarajatlarini kamaytirishdan iborat bo‘lib, bu qo‘shimcha diagnostik muolajalar va shifokorga takroriy tashriflar zaruratini minimallashtiradi va tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi natijasida BTDsi klinik belgilarini bartaraf etishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: noto‘g‘ri tayinlangan terapiyalar sonini va qo‘shimcha diagnostik muolajalarga bo‘lgan ehtiyojlarni kamaytirishga asoslangan xamda kasallikning prognozini yaxshilashga, hayot sifatini oshirishga yordam beradi.