Eshdavlatov Ilhom Eshniyozovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Ginekologikda jarrohlik amaliyotlarida bitishmali kasalliklarning erta diagnostikasini ishlab chiqish", 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4402.
Ilmiy raxbar: Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimova Feruza Javdatovna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ginekologik jarrohlik aralashuvlaridan keyingi bitishma kasalligini erta tashxislash, davolash va oldini olish mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ginekologik jarrohlik aralashuvni o‘tkazgan bemorlarda chanoq a’zolarining turli xil bitishmali patologiyalar rivojlanishining asosiy xavf omillari (ginekologik laparotomiya (60%), shoshilinch jarrohlik aralashuvlar (72%); bachadon ekstrpatsiyasi (30,7%), kesarcha kesish (34,6%) xamda operatsiya paytida 1000 ml dan ortiq qon yo‘qotish) aniqlangan;
ginekologik jarrohlik aralashuvini o‘tkazgan ayollar konida MMP-2 >400 pg/ml va MMP-9 >350 pg/ml mikdorlarini oshishi, hujayradan tashqari halokatli ta’sir ko‘rsatib, fibroz to‘qimalarning o‘sishi natijasida bitishmalarning rivojlanishi isbotlangan;
ginekologik jarrohlik aralashuvini o‘tkazgan ayollarda bitishmalarning rivojlanishida TNF-α mikdorining 35-45 pg/ml oralig‘ida o‘zgarishi aniklangan va bu kursatkich diagnostik marker sifatida kullanilishi asoslangan;
operatsiyadan keyingi davrda reabilitatsiya tadbirlari majmuasida an’anaviy davoga kushimcha distreptaza va kleksandan foydalanish, bitishma va reproduktiv asoratlar rivojlanishini kamaytirishi aniklangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ginekologik jarrohlik aralashuvlarida bitishmali kasalliklarning erta tashxislashni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ginekologik jarrohlik aralashuvni o‘tkazgan bemorlarda chanoq a’zolarining turli xil bitishmali patologiyalar rivojlanishining asosiy xavf omillari (ginekologik laparotomiya (60%), shoshilinch jarrohlik aralashuvlar (72%); bachadon ekstrpatsiyasi (30,7%), kesarcha kesish (34,6%) xamda operatsiya paytida 1000 ml dan ortiq qon yo‘qotish) aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2024 yil 4 dekabrdagi 4-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ginekologiyada jarrohlik amaliyotlari vaqtida yuzaga kelgan jarayonining rivojlanishini bashorat qilish va ularning oldini olish usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi davlat muassasasining Samarqand filialida 2024 yil 6 dekabrdagi 738-sonli buyruq bilan va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi davlat muassasasining Navoiy filialida 2024 yil 11 dekabrdagi 166-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: turli xil bitishmali patologiyalar ishonchli tahliliy ma’lumotlari asosida bitishmali jaryonning xavf omillarini aniqlash va aniqlashning matematik modeli yaratilgan bo‘lib, ushbu belgilarning yig‘indisi asosida jaroxllik aralashuvlardan keyin bitishmali patologiyani rivojlanish xavfini oldin diagnostika qilishning roli va ahamiyati asoslanadi va ularning bemorlarning hayot sifatiga ijobiy ta’siri baholanadi. Iqtisodiy samaradorligi: bitishmali jaryonning xavf omillarini aniqlashning matematik modeli bitishmali jarayonning rivojlanish oldindan aniqlash imkoni berganligi uchun 1 million 834 ming so‘m byudjetdan tashqari xarajatlar tejalgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ginekologik jarrohlik aralashuvini o‘tkazgan ayollar konida MMP-2 >400 pg/ml va MMP-9 >350 pg/ml mikdorlarini oshishi, hujayradan tashqari halokatli ta’sir ko‘rsatib, fibroz to‘qimalarning o‘sishi natijasida bitishmalarning rivojlanishi isbotlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2024 yil 4 dekabrdagi 4-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ginekologiyada jarrohlik amaliyotlari vaqtida yuzaga kelgan jarayonining rivojlanishini bashorat qilish va ularning oldini olish usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi davlat muassasasining Samarqand filialida 2024 yil 6 dekabrdagi 738-sonli buyruq bilan va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi davlat muassasasining Navoiy filialida 2024 yil 11 dekabrdagi 166-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ginekologik operatsiyalardan keyingi bitishmalar rivojlanish xavfini aniqlashda MMP-2 >400 ng/ml va MMP-9 >350 ng/ml darajalari o‘zgarishi erta tashxis qo‘yish va davolash samaradorligini oshirishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Metaloproteinaza 2-chi va 9-chi darajasining oshishi, bu hujayradan tashqari halokatli ta’sir ko‘rsatishi, tolali to‘qimalarning o‘sishi tufayli bitishmalarning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. bu 1 million 834 ming so‘mni tejash va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ginekologik jarrohlik aralashuvini o‘tkazgan ayollarda bitishmalarning rivojlanishida TNF-α mikdorining 35-45 pg/ml oralig‘ida o‘zgarishi aniklangan va bu kursatkich diagnostik marker sifatida kullanilishi asoslangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2024 yil 04 dekabrdagi 4-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ginekologiyada jarrohlik amaliyotlari vaqtida yuzaga kelgan jarayonining rivojlanishini bashorat qilish va ularning oldini olish usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi davlat muassasasining Samarqand filialida 2024 yil 6 dekabrdagi 738-sonli buyruq bilan va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi davlat muassasasining Navoiy filialida 2024 yil 11 dekabrdagi 166-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ginekologik jarrohlik aralashuvini o‘tkazgan ayollarda bitishmalarning rivojlanishida yuqori darajadagi TNF-a ning patogenetik aloqasi, bitishmalarning rivojlanishida 35-45 pg/ml oralig‘ida o‘zgarishi erta tashxis qo‘yish va davolash samaradorligini oshirishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ginekologik jarrohlik aralashuvini o‘tkazgan ayollarda bitishmalarning rivojlanishida yuqori darajadagi TNF-α ning patogenetik aloqasi, bitishmalarning rivojlanishida 35-45 pg/ml oralig‘ida o‘zgarishi isbotlangan, bu ko‘shimcha tekshirish va davolash uchun sarflanadigan mablag‘larni tejash imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: operatsiyadan keyingi davrda reabilitatsiya tadbirlari majmuasida an’anaviy davoga kushimcha distreptaza va kleksandan foydalanish, bitishma va reproduktiv asoratlar rivojlanishini kamaytirishi aniklangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2024 yil 04 dekabrdagi 4-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ginekologiyada jarrohlik amaliyotlari vaqtida yuzaga kelgan jarayonining rivojlanishini bashorat qilish va ularning oldini olish usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi davlat muassasasining Samarqand filialida 2024 yil 6 dekabrdagi 738-sonli buyruq bilan va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi davlat muassasasining Navoiy filialida 2024 yil 11 dekabrdagi 166-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi davrda reabilitatsiya tadbirlari majmuasida distreptazdan foydalanish, bitishma va reproduktiv asoratlarni rivojlanish sonini kamaytirishi asoslanadi va ularning bemorlarning hayot sifatiga ijobiy ta’siri baholanadi. Iqtisodiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi davrda reabilitatsiya tadbirlari majmuasida distreptazdan foydalanish, bitishma va reproduktiv asoratlarni rivojlanish sonini kamaytirish imkonini bergan.