Abdurashitova Elvira Tafkilevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va rus tillari pedagogik diskursida gender aspekti”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3121. 
Ilmiy maslahatchi: Sadullaeva Nilufar Azimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor; Ergasheva Guli Ismailovna, filologiya fanlari doktori, professor.  
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va rus tillaridagi pedagogik diskursda genderni ifodalashning semiotik vositalarini aniqlash, tizimli ravishda tavsiflash va taqqoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
  zamonaviy tilshunoslikda gender aspektini klassik, konstruktiv va postmodern yondoshuvlar asosida ochib berish orqali ingliz va rus tillari o‘quv materiallarida genderning namoyon bo‘lish xususiyatlari pedagogik diskurs nuqtai nazaridan ochib berilgan;
  ingliz va rus tillari o‘quv materiallarida genderga xos lisoniy identiklikning eng muhim bosqichining 7-10 yoshga oid o‘quvchilar guruhida (boshlang‘ich sinf o‘quvchilari) namoyon bo‘lishi gender me’yorlariga amal qilgan holda xulq-atvor modelida ijtimoiylashuv tamoyiliga ko‘ra xoslanishi dalillangan;
  ingliz va rus tillaridagi darsliklarda gender aspektining an’anaviy yondashuv asosida namoyon bo‘lishi fe’l-kesimlar semantikasi, agentiv leksemalar, erkak/ayol ismlarining chastotasi, genderga oid ijtimoiy funksiyalar kabi kategoriyalarning genderga oid stereotiplarda semiotik birliklar asosida ifodalanishi isbotlangan;
  rus tilidagi darsliklarida genderga oid stereotiplarni qo‘llash chastitasining yuqoriligi, ingliz tilidagi darsliklarida esa gender stereotiplarini bartaraf etishga qaratilgan yondashuvlarning mavjudligi gander aspektining kasbiy va ijtimoiy kontekstlarda neytral rollarni o‘z ichiga olgan jihatlarida namoyon bo‘lishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va rus tillaridagi pedagogik diskursning gender aspektini tahlil qilish jarayonida ishlab chiqilgan natija va xulosalar, uslubiy va amaliy takliflar asosida: 
pedagogik diskursning xususiyatlari va o‘quv matnlarining o‘ziga xos jihatlarini atroflicha tadqiq qilish orqali olingan o‘quv materiallaridagi gender reprezentatsiyasini tahlil qilish metodikasiga oid xulosalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2018-2020 yillarda bajarilgan “Innovative Teaching Education in Mathematics (ITEM) 598587-EPP-1-2018-EL-EPPKA2-CBHE-JP - ENV2”  nomli loyihada foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024 yil 07 yanvardagi 04/11-1062-son ma’lumotnomasi). Natijada, til va kognitiv jihatlarning pedagogik diskursda genderni tasvirlashga qanday ta’sir qilishini tushunishni kuchaytirishga erishilgan;
genderga asoslangan lingvistik identifikatsiyaning eng muhim bosqichi 7-10 yosh guruhi (boshlang‘ich sinf o‘quvchilari) ekanligi, chunki bu gender me’yorlariga amal qilgan holda xulq-atvor modelini tanlashning aniq yoshi ekanligi hamda ingliz va rus tillaridagi darsliklarda gender reprezentatsiyasiga an’anaviy yondashuv qo‘llanilganligi, ularda gender stereotipli semiotik birliklarning mavjudligi bilan xarakterlanishiga oid xulosalardan Urganch Davlat universitetida 2017-2020 yillarda bajarilgan Erasmus+ Capacity Building in Higher Education - 597985-EPP-1-2018-1-KZ-EPPKA2-CBHE-JP “University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China” nomli loyihada foydalanilgan (Urganch Davlat universitetining 2023 yil 21 sentyabrdagi 06-201/14-son ma’lumotnomasi). Natijada, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish va oliy ta’limni xalqarolashtirishga oid materiallarni shakllantirish uchun tegishli misollar bilan loyiha mazmunini boyitishga erishilgan;
rus darsliklarida gender stereotiplar tez-tez qaytalanishi, ingliz darsliklarida esa gender stereotiplarni bartaraf etishda sezilarli yutuqlarga erishilganligi, ko‘pincha ular kasbiy va ijtimoiy kontekstlarda neytral rollarni o‘z ichiga olganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM tomonidan efirga uzatilgan “Adabiy jarayon” va “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dasturlarning ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023 yil 27 martdagi 23-16-son ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilarda pedagogik diskurs va genderologiya tushunchasi, uning terminologiyasi, metodologiyasi hamda ingliz va o‘zbek tillari madaniyati hamjamiyatidagi farq va o‘xshashliklari haqidagi bilimlarni shakllantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish