Karimova Gulchehra Abdukarimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oila ma’naviy muhiti barqarorligida ota burchi va mas’uliyati (ijtimoiy-falsafiy tahlil)”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fal1154.
Ilmiy rahbar: Qaxxorova Matlyuba Mannofovna falsafa fanlari doktori, professor Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Muxtorov Azamat Muxtorovich, falsafa fanlari doktori, professor; Huseinova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oila ma’naviy muhiti barqarorligida otalik burchi mas’uliyatini oshirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“burch” va “mas’uliyat” tushunchalarining tarixiy-nazariy, an’anaviy va zamonaviy talqinlari qiyosiy tahlili asosida otalik burchi va mas’uliyatiga oid qarashlar tizimlashtirilib, otalik tushunchasining mazmuni, otalik roli, otalik mehri, otalikning zamonaviy modeli va ota maqomini oshirishning ijtimoiy-huquqiy mexanizmlari hamda oiladagi o‘zaro munosabatlarning ijtimoiy-psixologik jihatlari falsafiy jihatdan asoslangan;
milliy va umuminsoniy qadriyatlardagi ota fenomeni, diniy ta’limotlar (zardushtiylik, jaynizm, konfusiylik, buddizm, xristianlik, islom) doirasida otalik mohiyati tahlil qilinib, mas’uliyat, hamkorlik, empatiya, hurmat va moslashuvchanlik kabi qadriyatlar asosida otaning oiladagi burchi va mas’uliyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi aksiologik omillar (oilaviy qadriyatlar, ijtimoiy normalar, e’tiqod va shaxsiy namuna) falsafiy asoslangan;
otalarning integral individualligini shaxsiy (emotsional, intellektual, ijtimoiy, ma’naviy, jismoniy) va ijtimoiy (ijtimoiy rol, ijtimoiy ko‘nikma, ijtimoiy moslashuv) darajalarda namoyon bo‘lishi hamda turli yoshdagi bolalar individualligini shakllantiruvchi ijtimoiy omillar (ijtimoiy rivojlanish, ijtimoiy faollik, ijtimoiy identifikatsiya, ijtimoiy komponentlik, ijtimoiy moslashuv) bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy asoslangan;
oilaviy muhitning turli parametrlari (ijtimoiy omillar, madaniy jihatlar, ta’lim-tarbiya muhiti, iqtisodiy sharoit, sog‘liq) hamda ota va bola o‘rtasidagi munosabat ko‘rsatkichlarini baholash jarayonida, turli otalik pozisiyalariga ega bo‘lgan otalar guruhlarining farzandlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar xususiyatlaridagi farqlar va izchillik aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oila ma’naviy muhiti barqarorligida ota burchi va mas’uliyatini ijtimoiy-falsafiy nuqtai-nazardan o‘rganish va tadqiq etish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijari asosida:
“burch” va “mas’uliyat” tushunchalarining tarixiy-nazariy, an’anaviy va zamonaviy talqinlari qiyosiy tahlili asosida otalik burchi va mas’uliyatiga oid qarashlar tizimlashtirilib, otalik tushunchasining mazmuni, otalik roli, otalik mehri, otalikning zamonaviy modeli va ota maqomini oshirishning ijtimoiy-huquqiy mexanizmlari hamda oiladagi o‘zaro munosabatlarning ijtimoiy-psixologik jihatlari falsafiy jihatdan asoslangan xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi 2024 yil 7-noyabrdagi 1-13-21-5820 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya ishi ilmiy-amaliy yangilik va xulosalari mamlakatimizda keng nishonlanadigan bayramlar va boshqa sanalarda aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida amalga oshiriladigan vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan;
milliy va umuminsoniy qadriyatlardagi ota fenomeni, diniy ta’limotlar (zardushtiylik, jaynizm, konfusiylik, buddizm, xristianlik, islom) doirasida otalik mohiyati tahlil qilinib, mas’uliyat, hamkorlik, empatiya, hurmat va moslashuvchanlik kabi qadriyatlar asosida otaning oiladagi burchi va mas’uliyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi aksiologik omillar (oilaviy qadriyatlar, ijtimoiy normalar, e’tiqod va shaxsiy namuna) mantiqiy dalillangan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2024 yil 8 noyabrdagi 02/01-66 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya ishida keltirilgan taklif va tavsiyalardan partiya faoliyatida partiya tizimidagi siyosiy-huquqiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv-uslubiy hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
otalarning integral individualligini shaxsiy (emotsional, intellektual, ijtimoiy, ma’naviy, jismoniy) va ijtimoiy (ijtimoiy rol, ijtimoiy ko‘nikma, ijtimoiy moslashuv) darajalarda namoyon bo‘lishi hamda turli yoshdagi bolalar individualligini shakllantiruvchi ijtimoiy omillar (ijtimoiy rivojlanish, ijtimoiy faollik, ijtimoiy identifikatsiya, ijtimoiy komponentlik, ijtimoiy moslashuv) xususiyatlarining o‘zaro bog‘liqligi ilmiy asoslanganligiga oid ilmiy xulosalardan “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tegishli tartibda mutasaddi takshilotlarga taklif va tavsiyalar tayyorlashda foydalanilgan. (“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutining 2024 yil 8-noyabrdagi 01-09-/2344 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tayyorlangan taklif va tavsiyalarningg nazariy-metodologik va amaliy jihatdan asoslanishi, samaradorligini oshishiga xizmat qilgan;
oilaviy muhitning turli parametrlari (ijtimoiy omillar, madaniy jihatlar, ta’lim-tarbiya muhiti, iqtisodiy sharoit, sog‘liq) hamda ota va bola o‘rtasidagi munosabat ko‘rsatkichlarini baholash jarayonida, turli otalik pozisiyalariga ega bo‘lgan otalar guruhlarining farzandlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar xususiyatlaridagi farqlar va izchillik aniqlangan xulosa va takliflardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining hududlar miqiyosida tizimli ravishda o‘tkazib kelinayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida, Ma’rifat targ‘ibotchilar Farzand tarbiyasida otalar rolini oshirishning ahamiyati” mavzusida turkum hududiy va masofaviy o‘quvlar tashkil etish” mavzularida hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “Targ‘ibotchi kadrlar uchun o‘quv-seminarlari tashkil etish”, “Oilaviy muhit barqarorligini ta’minlashda ota burchi va mas’uliyatini oshirishning ijtimoy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish, oilada otaning mavqeini oshirishda ibratlilik tamoyilining ahamiyatini” hamda oliy ta’lim muassasalarida “Oilaviy tarbiyada otaning burchi va majburiyatlari”, “Otalik maqomini oshirishning huquqiy mexanizmlari” mavzularida tashkil etilgan turkum tadbirlarning snariyasini ishlab chiqishda va tayyorlashda, oilalarda yashamaydigan va farzandlar hayotida ishtirok etmaydigan otalar faoliyatini kengaytirish hamda ularning oiladagi tarbiyadagi ishtiroki va mas’uliyatini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarlar ishlab chiqishda foydalanilgan. (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 11-noyabrdagi 21/63-211-sonli dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar jamiyatda oila va uning mustahkamligiga ijobiy ta’sir qilib, globallashuv sharaoitida otalik maqomini belgilash, zamonaviy oila mohiyatini anglash, uning ma’naviy-axloqiy negizini mustahkamlash orqali oilaviy ajrimlarni oldini olish va oila institutoning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga oid manzilli texnologiyalarni qo‘llash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.