Raximova Charos Xamidulla qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona viloyat teatrlarida milliy dramaturgiyaning sahna talqinlari” (1991–2021-y.y.)”, 17.00.01 – Teatr san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/San.184.
Ilmiy rahbar Rizaev Amonulla Zufarovich, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.08/28.08.2020.San.121.01.
Rasmiy opponentlar: Ahmetjanova Muqaddas Vahobovna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Qobilova Feruza Nasrullaevna, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona viloyatidagi musiqali drama teatrlarining tashkiliy-ijodiy shakllanish jarayonlari, repertuar siyosati, milliy dramaturgiyadagi janr va mavzu xilma-xilligi masalalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysida zamonaviy teatr san’ati ijtimoiy tuzim-chorizm mustamlakasi ta’sirida tashkil topganligi (1915-1917-yillar), havaskorlik ijrosining rivojlanganligi (1917-1950-yillar), professionallashuv bosqichiga ko‘tarilganligi (1950-1970-yillar), mustaqillik davrida dramaturgiya, rejissura, aktyorlik san’ati rivoji uchun ijodiy kadrlarni tayyorlash va teatrga jalb qilish tendensiyalari shakllanganligi aniqlangan;
tarixiy, mumtoz va zamonaviy asarlarni sahnalashtirishda mubolag‘a, shartlilik, badihago‘ylik kabi Farg‘ona xalq og‘zaki ijodiga tayanilganligi hamda mahalliy urf-odatlar, o‘yinlar, kuy-qo‘shiqlar aks etgan sahnaviy xususiyatlarning spektakllar mazmuniga singdirilganligi aniqlangan;
spektakllar ssenografiyasida, sahna bezaklari va kostyumlarni tayyorlashda Farg‘ona vodiysiga xos bo‘lgan rang-baranglilik, yorqinlik, xarakterlilik, xalq hunarmandchiligi, milliy kashtachilik kabi etnik badiiy uslublardan foydalanilganligi dalillangan;
mustaqillik davri teatri repertuarida ilg‘or zamondoshlar obrazlarining sahna talqinlarini yaratishga bo‘lgan intilish tendensiyalarining yuzaga kelganligi “Seni sog‘indim”, “Hazon bo‘lgan umrlar”, “Lola yohud barhamlarda ungan gul” singari asarlar misolida dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona viloyati teatrlarining shakllanishi, taraqqiyot bosqichlari hamda zamonaviy holati yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Farg‘ona vodiysida zamonaviy teatr san’ati ijtimoiy tuzim-chorizm mustamlakasi ta’sirida tashkil topganligi (1915-1917-yillar), havaskorlik ijrosining rivojlanganligi (1917-1950-yillar), professionallashuv bosqichiga ko‘tarilganligi (1950-1970-yillar), mustaqillik davrida dramaturgiya, rejissura, aktyorlik san’ati rivoji uchun ijodiy kadrlarni tayyorlash va teatrga jalb qilish tendensiyalari shakllanganligiga oid xulosa va takliflardan Respublika teatr jamoalari faoliyatini kompleks o‘rganishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 7-oktyabrdagi 02-11-17-3189-son ma’lumotnomasi). Natijada, teatr san’atidagi tashkiliy-ijodiy jarayonlarni o‘rganish, ko‘rik-festivallar tashkil etish imkoni yaratilgan;
tarixiy, mumtoz va zamonaviy asarlarni sahnalashtirishda mubolag‘a, shartlilik, badihago‘ylik kabi Farg‘ona xalq og‘zaki ijodiga tayanilganligi hamda mahalliy urf-odatlar, o‘yinlar, kuy-qo‘shiqlar aks etgan sahnaviy xususiyatlarning spektakllar mazmuniga singdirilganligi aniqlanganganligiga oid xulosa va takliflardan “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRKning 2024-yil 11-noyabrdagi 06-28-1241-son ma’lumotnomasi). Natijada, tomoshabinlar o‘zbek teatr san’ati tarixi va bugungi jarayonlari haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishgan;
spektakllar ssenografiyasida, sahna bezaklari va kostyumlarni tayyorlashda Farg‘ona vodiysiga xos bo‘lgan rang-baranglilik, yorqinlik, xarakterlilik, xalq hunarmandchiligi, milliy kashtachilik kabi etnik badiiy uslublardan foydalanilganligiga oid xulosa va takliflardan Farg‘ona viloyatidagi musiqali teatrlar repertuarini shakllantirishda, mualliflar bilan ishlashda, ijodiy hamkorlikni rivojlantirishda, gastrol tizimini tashkil etishda, g‘oyaviy-badiiy jihatdan yuksak bo‘lgan spektakllarni sahnalashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 7-oktyabrdagi 02-11-17-3189-son ma’lumotnomasi). Natijada, sahna ijodkorlarida mumtoz asarlar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish, asar g‘oyasi va badiiyatining jamiyat estetik taraqqiyoti bilan mutanosibligini ta’minlashga xizmat qilgan.
mustaqillik davri teatri repertuarida ilg‘or zamondoshlar obrazlarining sahna talqinlarini yaratishga bo‘lgan intilish tendensiyalarining yuzaga kelganligi “Seni sog‘indim”, “Hazon bo‘lgan umrlar”, “Lola yohud barhamlarda ungan gul” singari asarlar misolida dalillangan xulosa va takliflardan “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRKning 2024-yil 11-noyabrdagi 06-28-1241-son ma’lumotnomasi). Natijada, tomoshabinlar o‘zbek teatridagi zamonaviy jarayonlar haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishgan.