Gafurova Sayyora Akmalovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Fortepiano konsertlari talqini ijrochilik san’ati fenomeni sifatida (pianinochi va dirijyor faoliyati kontekstida)», 17.00.02 – Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/San.271.
Ilmiy rahbar: Ganixanova Shoyista Sharafutdinovna, san’atshunoslik fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.08/28.08.2020.San.121.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Zenkin Konstantin Vladimirovich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor (Moskva davlat konservatoriyasi); Begmatov Soyibjon Mahmudovich, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pianinochi va dirijyorning ijrochilik san’ati fenomenini aniqlagan holda fortepiano va orkestr uchun konsertlar talqini ularning hamkorlikdagi ijodiy faoliyati ekanligini isbotlovchi ilmiy farazlarni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
romantik estetikasiga oid konsertlar va ularni interpretasiyasi badiiy matn talqini musiqiy asar dasturiga asoslanib, milliy o‘ziga xoslik (temperament, meditativlik, tovush tasvirlash, milliy cholg‘ular tembrlariga taqlid) va texnologik jihati bilan bog‘liq ba’zi hissiy ifoda vositalari orqali kengayishi, ijrochilarning estetik tamoyillari esa zamonaviylik muammolari kontekstidagi o‘zaro aloqasida davr uslubini belgilashga ko‘maklashishi isbotlangan;
pianinochi va dirijyor nafaqat registrlar va tembrlardan foydalanishi, balki har birining funksional imkoniyatlarini kengaytirish orqali ham o‘zaro ta’sir ko‘rsatishlari asnosida, asarning kompozision g‘oyasini va u yaratilgan madaniy-tarixiy kontekstni to‘liq idrok etishga yo‘naltirilgan pianinochi va dirijyorning hamkorlikdagi ijod hodisasi aniqlangan;
ijrochilik san’atining asosini cholg‘u tembr dramaturgiyasi (tovush sadolanishi, tembr, agogika, artikulyasiya, ohang, ritm va metr), ijrochilik germenevtikasi (kuy qatlamlarning vertikal va gorizontal qonuniyatlariga rioya qilish, shtrixlar, uslub va garmonik tuzilishlarni tushunish), shuningdek, talqin jarayonida ijrochilarning “ko‘rinmas aloqasi” (pianinochi va dirijyorning qo‘l harakatlari grafikasi hamda plastikasining o‘zaro ta’siri, energiya, sinergiya va tovush “orkestrovkasi”) kabi keng ko‘lamli ifoda vositalari tashkil etishi isbotlangan;
pianinochi va dirijyorning badiiy refleksiyasi tembr, chiziq va harakat kabi uchta asosiy unsurga asoslanishi aks ettirilishi zamirida, ular o‘zaro ta’sirda tovushning hajmi, rangi, dinamikasi va tempi kabi yangi badiiy xususiyatlarini yuzaga keltirishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dirijyorlik va fortepiano san’ati tandemi nuqtai nazaridan fortepiano va orkestr konsertlarini talqin qilish muammosiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot asosida:
romantik estetikasiga oid konsertlar va ularni interpretasiyasi badiiy matn talqini musiqiy asar dasturiga asoslanib, milliy o‘ziga xoslik (temperament, meditativlik, tovush tasvirlash, milliy cholg‘ular tembrlariga taqlid) va texnologik jihati bilan bog‘liq ba’zi hissiy ifoda vositalari orqali kengayishi, ijrochilarning estetik tamoyillari esa zamonaviylik muammolari kontekstidagi o‘zaro aloqasida davr uslubini belgilashga ko‘maklashishi isbotlangan xulosa va takliflardan Erasmus+ MUSAE: Multidisciplinary Skills for Artiss’ Entrepreneurship granti doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 15-maydagi 02-11-17-1652-son ma’lumotnomasi). Natijada, seminar ishtirokchilari O‘zbekiston ijrochilik san’ati xususida qiziqarli ma’lumotlarga va muayyan tasavvurlarga ega bo‘lgan;
pianinochi va dirijyor nafaqat registrlar va tembrlardan foydalanishi, balki har birining funksional imkoniyatlarini kengaytirish orqali ham o‘zaro ta’sir ko‘rsatishlari asnosida, asarning kompozision g‘oyasini va u yaratilgan madaniy-tarixiy kontekstni to‘liq idrok etishga yo‘naltirilgan pianinochi va dirijyorning hamkorlikdagi ijod hodisasi aniqlangan xulosa va takliflardan Erasmus+ MUSAE: Multidisciplinary Skills for Artiss’ Entrepreneurship granti doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 15-maydagi 02-11-17-1652-son ma’lumotnomasi). Natijada seminar ishtirokchilari musiqiy asarning kompozision g‘oyasini va u yaratilgan madaniy-tarixiy kontekstni to‘liq idrok etishga oid ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga erishilgan;
ijrochilik san’atining asosini cholg‘u tembr dramaturgiyasi (tovush sadolanishi, tembr, agogika, artikulyasiya, ohang, ritm va metr), ijrochilik germenevtikasi (kuy qatlamlarning vertikal va gorizontal qonuniyatlariga rioya qilish, shtrixlar, uslub va garmonik tuzilishlarni tushunish), shuningdek, talqin jarayonida ijrochilarning “ko‘rinmas aloqasi” (pianinochi va dirijyorning qo‘l harakatlari grafikasi hamda plastikasining o‘zaro ta’siri, energiya, sinergiya va tovush “orkestrovkasi”) kabi keng ko‘lamli ifoda vositalari tashkil etishi isbotlangan xulosa va takliflardan O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2024-yil 20-iyundagi 01-04/41-125-son ma’lumotnomasi). Natijada, dirijyor-ijrochi tandemi haqidagi tasavvurlar kengaytirilgan;
pianinochi va dirijyorning badiiy refleksiyasi tembr, chiziq va harakat kabi uchta asosiy unsurga asoslanishi aks ettirilishi zamirida, ular o‘zaro ta’sirda tovushning hajmi, rangi, dinamikasi va tempi kabi yangi badiiy xususiyatlarini yuzaga keltirishi dalillangan xulosa va takliflardan “Yoshlar” radioakanalining “Jonli ijro” eshittirishi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“Yoshlar” radioakanalining 2025-yil 8-maydagi 14-05-72-son ma’lumotnoma). Natijada, radiotinglovchilar dirijyor va pianinochining badiiy refleksiyasi uchta asosiy element – tembr, chizgi, harakatni o‘z ichiga olgani haqida qiziqarli ma’lumotlarga va muayyan tasavvurlarga ega bo‘lgan.