Xusainov Shavkat Abdushukurovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“O‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlari moliyasi metodologik asoslarini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Renessans ta’lim universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik Gulyamov Saidaxror Saidahmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, proffessor Ataniyazov Jasur Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, proffessor Eshov Mansur Po‘latovich.
Yetakchi tashkilot: G.I.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti Toshkent shahridagi filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlari moliyasi metodologik asoslarini takomillashtirish doir ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiyalarni qayta sotib olishda moliyaviy barqarorlik, sof aktivlar, aksiyadorlar himoyasi ta’minlash hamda bozor manipulyasiyasini oldini olish maqsadida shaffoflik, korporativ boshqaruv va aksiyadorlar manfaatlarini qamrab oluvchi indikatorlarga asoslangan yaxlit baholash metodologiyasi taklif qilingan;
aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, uzoq muddatli rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash, aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilish va tavakkalchiliklarni kamaytirishga xizmat qiluvchi to‘lovga qobiliyasizlik belgilari orqali uning moliyaviy holatini erta aniqlash va baholash imkoniyatlari asoslangan;
aksiyadorlik jamiyatlarini moliyaviy monitoring, minimal aktivlar talablari, qarzdorlik darajasini tartibga solish va korporativ boshqaruv tizimini kuchaytirish asosida manipulyasiyalarning oldini olish mexanizmi takomillashtirilgan;
aksiyadorlik jamiyati ustav fondi kamaytirilganda kreditorlarga jamiyatdan o‘z majburiyatlarini muddatidan oldin bajarish va ustav fondining kamaytirilishi natijasida etkazilgan zararlarni qoplashni talab qilish vakolatini berish orqali ularning manfaatlarini himoya qilish mexanizmi asoslandi;
aksiyadorning majburiy ko‘rsatmalar berish huquqidan foydalanish natijasida jamiyatning to‘lovga qobiliyasizlik holatiga kelib qolish ehtimoli, agar aksiyador bunday holatlarni oldindan bilib harakat qilgan bo‘lsa, jamiyat to‘lovga qobiliyasizligi aksiyadorning harakatlari tufayli yuzaga kelishi asoslandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlari moliyasi metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
aksiyalarni qayta sotib olishda moliyaviy barqarorlik, sof aktivlar, aksiyadorlar himoyasi ta’minlash hamda bozor manipulyasiyasini oldini olish maqsadida shaffoflik, korporativ boshqaruv va aksiyadorlar manfaatlarini qamrab oluvchi indikatorlarga asoslangan yaxlit baholash metodologiyasi taklifi O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-370-son Qonunini 38 va 54-moddalarini takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasining sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining 2024-yil 19-oktyabrdagi 60-son ma’lumotnomasi). Natijada, aksiyadorlik jamiyatning moliyaviy uzlyuksizligini saqlash, sof aktivlar qiymatini pasaytirmaslik va bozorda aksiyalarning qiymatini sun'iy o‘zgarishlardan muhofaza qilish, aksiyadorlik jamiyatining uzoq muddatli rivojlanishini ta’minlash va aksiyadorlar hamda manfaatdor tomonlarning huquqlarini himoya qilish hamda moliyaviy resurslarning samarali boshqarilishini ta'minlangan;
aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, uzoq muddatli rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash, aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilish va tavakkalchiliklarni kamaytirishga xizmat qiluvchi to‘lovga qobiliyasizlik belgilari orqali uning moliyaviy holatini erta aniqlash va baholash imkoniyatlariga doir taklifi “Hududgazta’minot” AJning moliyaviy risklarni real vaqtda monitoring qilishda foydalanilgan (“Hududgazta’minot” AJ ning 2025-yil 19-maydagi 04-57/61-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu model ishga tushirilganidan keyin ikki yil ichida bankrotlik xavfi 35 % ga pasaygan, Debt/EBITDA nisbati 1,21 barobarga yaxshilanib, leveredj bosimi kamaygan, gaz ta'minoti jarayonida tushumlar va xarajatlar optimallashishi natijasida netto operasion pul oqimi 9,3 % ga oshgan, to‘lovga qobiliyasizlik xavfining pasayishi aksiyadorlarning ulushdan chiqib ketish holatlarini 18 % ga qisqartirgan, riskni hisobga olgan kapital daromaddorligi (risk adjusted ROE) esa 0,7 punktga o‘sgan holda 2021–2024 yillarda «Hududgazta'minot» AJda joriy etilgan “Early Warning” indeksi moliyaviy barqarorlikni sezilarli darajada mustahkamlangan, hamda aksiyadorlik jamiyatida moliyaviy xavfni boshqarish va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilishdagi yuqori samarasi ta’minlangan;
aksiyadorlik jamiyatlarini moliyaviy monitoring, minimal aktivlar talablari, qarzdorlik darajasini tartibga solish va korporativ boshqaruv tizimini kuchaytirish asosida manipulyasiyalarning oldini olish mexanizmi takomillashtirishga oid taklifi “Hududgazta'minot” AJ ning moliyaviy risklarni real vaqtda monitoring qilishda foydalanilgan (“Hududgazta'minot” AJ ning 2025-yil 19-maydagi 04-57/61 ma’lumotnomasi). Natijada, mexanizm regulyator APIsi orqali avtomatik hisobot berilishini ta’minlab, kompaniyaga ma'muriy xarajatlarni kamaytirish va minoritar aksiyadorlarning manfaatlarni himoya qilishga, “Triple Laer” shaffoflik orqali qarzdorlikni tezkor tartibga solish, shu bilan birga manipulyasiyalarni 2 barobar tez aniqlash hamda bozor qiymatini kamida 10-15 % ga oshirishga olib kelgan;
aksiyadorlik jamiyati ustav fondi kamaytirilganda kreditorlarga jamiyatdan o‘z majburiyatlarini muddatidan oldin bajarish va ustav fondining kamaytirilishi natijasida etkazilgan zararlarni qoplashni talab qilish vakolatini berish orqali ularning manfaatlarini himoya qilish mexanizmiga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi “To‘lovga qobiliyasizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-911-son Qonunning 6-moddasi 1, 2 va 3-bandlarini shakllantirishda hamda “Hududgazta’minot” AJning to‘lovga qobiliyatini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2025-yil 14-fevraldagi 05/05-346-son ma’lumotnomasi, “Hududgazta'minot” AJ ning 19-maydagi 04-57/61-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Hududgazta’minot” AJ ustav fondini 25 %ga kamaytirish jarayonida kreditorlarni himoya qilish maqsadida 200 mlrd so‘mlik maxsus rezerv shakllantirilgan, likvid aktivlar va qisqa muddatli majburiyatlar nisbati kamida 0,8 darajada saqlangan, 60 kunlik “da’vo oynasi” davomida barcha talablar shu rezerv hisobidan qoplangan, yirik kreditorlar ishtirokida maxsus qo‘mita nazorati joriy etilgan va shu asosda 100 % kreditorlar da’volari qoplangan, to‘lovga qobiliyat koeffisienti 0,58 dan 0,83 gacha oshirilgan, va provardida jamiyatning moliyaviy barqarorligi ta’minlanib, moliyaviy resurslar samarali boshqarildi va dividendlar faqatgina barcha qarz majburiyatlari bajarilgandan so‘ng to‘langan;
aksiyadorning majburiy ko‘rsatmalar berish huquqidan foydalanish natijasida jamiyatning to‘lovga qobiliyasizlik holatiga kelib qolish ehtimoli, agar aksiyador bunday holatlarni oldindan bilib harakat qilgan bo‘lsa, jamiyat to‘lovga qobiliyasizligi aksiyadorning harakatlari tufayli yuzaga kelishiga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi “To‘lovga qobiliyasizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-911-son Qonunning 6-moddasi 1, 2 va 3-bandlari (“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-370-son Qonunini 4 va 20-moddalariga kiritilgan o‘zgartirishlar)ni shakllantirishda foydanilgan (O‘zbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2025-yil 14-fevraldagi 05/05-346-son maelumotnomasi). Natijada, aksiyador jamiyatning to‘lovga qobiliyasiz bo‘lishiga olib keladigan holatlarni oldindan bilgan holda harakat qilgan bo‘lsa, bu holat jamiyat to‘lovga qobiliyasizligi aksiyador harakatlari tufayli yuzaga kelgan deb hisoblanishi va natijada jamiyatning uzoq muddatli barqarorligini ta'minlash, moliyaviy resurslarni samarali boshqarish va aksiyadorlar hamda manfaatdor tomonlarning huquqlarini himoya qilish imkoniyati yaratilgan.