Inogamov Hayot Ilyasovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“O‘zbekistonda mahalliy byudjetlar moliyaviy mustaqilligini oshirish istiqbollari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Ro‘zieva Dilobar Isomjonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Foziljonov Ibroximjon Sotvoldixo‘ja o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent fililali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda mahalliy byudjet xarajatlarini moliyalashtirishda moliyaviy mustaqillikni oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy byudjetlarning moliyaviy mustaqilligini yanada rivojlantirish va uning sezilarli ta’sirini oshirish uchun moliyaviy qarorlar qabul qilishga doir vakolatlar uchligi taqsimoti kategoriyasini joriy etish bilan mahalliy byudjetlar moliyaviy faoliyati mustaqilligini kengaytirishga erishish taklif etilgan.
Tashabbusli byudjetda mahalliy byudjetlarning mablag‘larini boshqarish jarayonida moliyaviy vakolatlar taqsimotini manfaatlar muvozanati asosida amalga oshirish orqali fuqarolar bilan muloqotni oshirish taklif etilgan.
mahalliy byudjetlar moliyaviy mustaqilligini oshirishda ularning moliyaviy balans ko‘rsatkichlarini boshqarishda jamoaviy moliyaviy motivasiyani joriy etish orqali moliyaviy qarorlarni qabul qilishda soliq to‘lovchi manfaatini ta’minlash taklif etilgan.
mahalliy byudjetlar xarajatlarini taqsimlash va ulardan samarali foydalanishni ta’minlashda hududlarning iqtisodiy xarakterini shakllantirish, tashabbusli byudjet doirasida hududlarni baholashga nisbatan yondashuvni takomillashtirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda mahalliy byudjet xarajatlarini moliyalashtirishda moliyaviy mustaqillikni oshirish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy byudjetlarning moliyaviy mustaqilligini yanada rivojlantirish va uning sezilarli ta’sirini oshirish uchun moliyaviy qarorlar qabul qilishga doir vakolatlar uchligi taqsimoti kategoriyasini joriy etish bilan mahalliy byudjetlar moliyaviy faoliyati mustaqilligini kengaytirishga erishish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 17 oktyabrdagi “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-976-son Qonunining 2-moddasi 17-bandi (“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan 211-modda birinchi qismi beshinchi xatboshisi)ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti 2025-yil 17-martdagi 3/dn-57-son dalolatnomasi). Natijada, mahalliy byudjetlarning moliyaviy mustaqilligini yanada oshirish uchun moliyaviy qarorlar qabul qilishga doir vakolatlar taqsimoti takomillashtirilgan.
Tashabbusli byudjetda mahalliy byudjetlarning mablag‘larini boshqarish jarayonida moliyaviy vakolatlar taqsimotini manfaatlar muvozanati asosida amalga oshirish orqali fuqarolar bilan muloqotni oshirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 24 dekabrdagi “2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-1011-son Qonunning 13-moddasi birinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti 2025-yil 17-martdagi 3/dn-57-son dalolatnomasi). Natijada, mahalliy byudjetlarning mablag‘larini boshqarishda fuqarolar bilan muloqotni oshirish orqali qarorlar qabul qilishda manfaatlar muvozanatini ta’minlash kengaytirilgan.
mahalliy byudjetlar moliyaviy mustaqilligini oshirishda ularning moliyaviy balans ko‘rsatkichlarini boshqarishda jamoaviy moliyaviy motivasiyani joriy etish orqali moliyaviy qarorlarni qabul qilishda soliq to‘lovchi manfaatini ta’minlash taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 25 dekabrdagi “2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-886-son Qonunning 12-moddasi ikkinchi qismini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti 2025-yil 17-martdagi 3/dn-57-son dalolatnomasi). Natijada, mahalliy byudjetlarga tushumlarni taqsimlashda soliq to‘lovchilarning manfaatlarini hisobga olish orqali byudjet daromadlarini oshirish asoslangan.
mahalliy byudjetlar xarajatlarini taqsimlash va ulardan samarali foydalanishni ta’minlashda hududlarning iqtisodiy xarakterini shakllantirish, tashabbusli byudjet doirasida hududlarni baholashga nisbatan yondashuvni takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 24 dekabrdagi “2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-1011-son Qonunning 12-moddasi to‘rtinchi qismi ikkinchi va uchinchi xatboshilarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti 2025-yil 17-martdagi 3/dn-57-son dalolatnomasi). Natijada, mahalliy byudjetlar xarajatlarini ularning iqtisodiy xarakterini baholash asosida taqsimlash orqali mablag‘larni adolatli taqsimlash hamda samarali va natijador foydalanish asoslangan.