Madrimov Xushnud Kuvandikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi: “O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik subektlarining huquqlari
va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq ma’muriy nizolarni sudda ko‘rishni takomillashtirish”, 12.00.02. – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Yu920.
Ilmiy rahbar: Nematov Jo‘rabek Nematilloevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Otaxonov Foziljon Xaydarovich; yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Shayzakov Shodiyar Ibragimovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid ma’muriy nizolarni sudda ko‘rishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tadbirkorning ma’muriy akt noqonuniyligi va unga sababiy bog‘lanishdagi zararni undirish haqidagi talablarini keltirib chiqargan asos ayni bir qaror (harakat, harakatsizlik) ekanligi sababli ushbu ikkita talabni ma’muriy sudda birgalikda ko‘rish zarurligi asoslantirib berilgan;
tadbirkorlik subektiga nisbatan ommaviy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha so‘zsiz undiriladigan ijro hujjati ustidan shikoyat qilishga doir ishlar ma’muriy sudga taalluqli ekanligi asoslangan;
ma’muriy sud ish yurituvini sudning faol ishtiroki prinsipi asosida amalga oshirish lozimligi asoslantirib berilgan;
ma’muriy sud ish yurituvida isbotlashning o‘ziga xosligidan, jumladan taraflarning imkoniyati teng bo‘lmaganidan kelib chiqib, isbotlash majburiyati qaror qabul qilgan ma’muriy organga yuklatilishi asoslantirilgan;
ma’muriy sud ish yurituviga oid qonunchilikni takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqib, unda ma’muriy nizo taalluqliligini yanada aniqlashtirish va ma’muriy da’vo turlarini belgilash shartligi asoslangan;
tadbirkorlik subektiga nisbatan soliq organi qarori ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilish bo‘yicha cheklovni bekor qilish lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik subektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq ma’muriy nizolarni sudda ko‘rishni takomillashtirishga oid tadqiqotdagi ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanildi:
ma’muriy sud ma’muriy aktni noqonuniy deb topish bilan birga unga sababiy bog‘lanishdagi zararni undirish masalasini ham hal qilishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi
27-moddasini uchinchi va to‘rtinchi, 158-moddasini ettinchi qism bilan to‘ldirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil 2-maydagi 04/2-10/1794-sonli dalolatnomasi);
tadbirkorlik subektiga nisbatan ommaviy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha so‘zsiz undiriladigan ijro hujjati ustidan shikoyat qilishga doir ishlar ma’muriy sudga taalluqli ekanligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi 27-moddasi 1-qismini 8-band bilan to‘ldirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 26-sentyabrdagi 01/q-08-54-sonli, Oliy sudining 2024-yil 23-sentyabrdagi
08/737-24-sonli dalolatnomalari);
ma’muriy sud ish yurituvini sudning faol ishtiroki prinsipi asosida amalga oshirish haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi 11-moddasining yangi tahririni ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 26-sentyabrdagi 01/q-08-54-sonli, Oliy sudining 2024-yil 23-sentyabrdagi 08/737-24-sonli dalolatnomalari);
isbotlash majburiyatini ma’muriy organga yuklatish haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi
67-moddasi uchinchi qismining yangi tahririni ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil 2-maydagi 04/2-10/1794-sonli dalolatnomasi);
ma’muriy sud ish yurituviga oid qonunchilikni takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqib, unda ma’muriy nizo taalluqliligini yanada aniqlashtirish va ma’muriy da’vo turlarini belgilash haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvardagi “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–11-sonli Farmoni 2-ilovasi
5-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 25-yanvardagi 08/43-23-sonli dalolatnomasi);
tadbirkorlik subektiga nisbatan soliq organi qarori ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilish bo‘yicha cheklovni bekor qilishga doir taklif O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 231-moddasiga o‘zgartirish kiritishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 26-sentyabrdagi 01/q-08-54-sonli dalolatnomasi).
Mazkur dissertatsiya xulosalari asosida ishlab chiqilgan tadbirkorlik subektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq ma’muriy nizolarni sudda ko‘rishni takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar qabul qilingan.