Xurramov Ortikjon Kayumovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda raqamli turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1198.
Ilmiy rahbar: Navruz-Zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.09.2024.I.72.05.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Azizjon Anvarovich i.f.d., dotsent; Mirzaev Abdullajon Topilovich i.f.d., professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda raqamli turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “raqamli turizm” tushunchasining iqtisodiy mazmuni iste’molchilarda turistik ehtiyojning paydo bo‘lishi, sayohatni rejalashtirish, tashkil etish va amalga oshirishda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va telekommunakatsion tizimlarga ustuvorlik berishi asosida takomillashtirilgan;
raqamli turizmni rivojlantirishda turistik infotuzilmani shakllantirishning ko‘lamini baholash uslubiyotining mono (0:0,2], mikro (0,2:0,4], mezo (0,4:0,6], makro (0,6:0,8] va mega (0,8:1,0] koeffisientli guruhlarga tabaqalashtirish asosidagi yondashuvga ustuvorlik berish bilan takomillashtirilgan;
“Uzbekistan.travel” milliy brendini raqamli turizm xizmatlari bozorida samarali targ‘ib etish yondashuvi to‘rtta ijobiy (keng ko‘lamli kontent, sifatli multimedia, qulay interfeys, ijtimoiy media integratsiyasi) hamda to‘rtta salbiy (interaktivlikning etishmasligi, til imkoniyatlarining cheklanganligi, blokcheyn texnologiyasining integratsiya qilinmaganligi, marketing strategiyasining zaifligi) omillari “4I=4S” tizimi asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda turistlar soni o‘zgarishiga internet tarmog‘iga ulangan abonentlar soni, mehmonxona va shunga o‘xshash joylashtirish vositalar soni, turistik korxona va tashkilotlar soni, axborot kommunikatsiya texnologiyalari sektorida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmining ta’sirini baholash asosida 2029-yilga qadar prognoz ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda raqamli turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “raqamli turizm” tushunchasining iqtisodiy mazmumi iste’molchilarda turistik ehtiyojning paydo bo‘lishi, sayohatni rejalashtirish, tashkil etish va amalga oshirishda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va telekommunakision tizimlarga ustuvorlik berishi asosida takomillashtirish taklifidan “Raqamli turizm” darslik matnini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 500-sonli buyrug‘i, ro‘yxatga olish raqami 500-314 sonli guvohnoma). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida raqamli turizmni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini tizimli tashkil etishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarda nazariy bilim, amaliy ko‘nikmalar hosil qilishga erishish imkoni yaratilgan. Tadqiqot ishi natijalari “Raqamli turizm” fani mazmunini takomillashtirish va o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan;
raqamli turizmni rivojlantirishda turistik infotuzilmani shakllantirishning ko‘lamini baholash uslubiyotining mono (0:0,2], mikro (0,2:0,4], mezo (0,4:0,6], makro (0,6:0,8] va mega (0,8:1,0] koeffisientli guruhlarga tabaqalashtirish asosidagi yondashuvga ustuvorlik berish bilan takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-son “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining 4a-ilova “2023-yilda turizm sohasidagi resurslar va imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish hamda mavjud muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 4-martdagi 03-10-17-1959-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida raqamlashtirilgan turistik xizmatlar tizimini ishlab chiqishda infotuzilmani 5 ta guruh asosida (0-1) koeffisientda baholash aniqligi ortgan;
“Uzbekistan.travel” milliy brendini raqamli turizm xizmatlari bozorida samarali targ‘ib etish yondashuvi to‘rtta ijobiy (keng ko‘lamli kontent, sifatli multimedia, qulay interfeys, ijtimoiy media integratsiyasi) hamda to‘rtta salbiy (interaktivlikning etishmasligi, til imkoniyatlarining cheklanganligi, blokcheyn texnologiyasining integratsiya qilinmaganligi, marketing strategiyasining zaifligi) omillari “4I=4S” tizimi asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-dekabrdagi 820-son “Turizm sohasini raqamlashtirish va turistik xizmatlarni yagona platformaga birlashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining 4-bo‘lim “b” bandida keltirilgan maqsadlarni ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 4-martdagi 03-10-17-1959-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida milliy brend “Uzbekistan.travel” turistik portal sahifasini modernizatsiya qilish hamda uning uzlyuksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash orqali obunachilar sonining 36,7 foizga oshirilishiga erishilgan;
O‘zbekistonda turistlar soni o‘zgarishiga internet tarmog‘ida ulangan abonentlar soni, mehmonxona va shunga o‘xshash joylashtirish vositalar soni, turistik korxona va tashkilotlar soni, axborot kommunikatsiya texnologiyalari sektorida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmining ta’sirini baholash asosida 2029-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasi tomonidan turizmini rivojlantirishning mintaqaviy dasturlari va “Yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 4-martdagi 03-10-17-1959-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish, mamlakatimizda tashrif buyuruvchi turistlarga ko‘rsatiladigan raqamli turizm xizmati 2025-2029-yillar davomida maqsadli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqish imkonini bergan.