Jiyamuratov Rustam Nuridinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korxonada eksport salohiyatini oshirishning marketing strategiyalari”, 08.00.11–Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2268.
Ilmiy rahbar: Xolmamatov Diyor Haqberdievich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02. 
Rasmiy opponentlar: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ma’murov Samad Egamnazarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korxonada eksport salohiyatini oshirishning marketing strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “korxona eksport salohiyati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni korxona eksport salohiyatining tarkibiy elementlari va o‘ziga xos xususiyatlari, korxona eksport salohiyati va korxona raqobatbardoshligi o‘rtasidagi bog‘liqlik modeli, “resurslar-zaxiralar-imkoniyatlar” zanjirida korxonaning ishlab chiqarish va tashqi bozorga mahsulot sotish imkoniyatlarining amaliy qo‘llanilishi bilan bog‘liq murakkab va ko‘p omilli tushuncha nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
tovarlar va xizmatlar eksportiga tayyorgarlik darajasining xom-ashyo, iste’mol tovarlari, yuqori qo‘shilgan qiymatli tovarlar va xizmatlar eksporti guruhlari bo‘yicha korxonalarning eksport salohiyati va raqobatbardoshligini baholashda aniqlangan nisbiy ustunlik (RCA) indeksining maqbul (RCA≥1,000; 0,700≤RCA˂1,000; 0,500≤RCA˂0,700; 0,250≤RCA˂0,500; 0,100≤RCA˂0,250; RCA˂0,100) diapazonlari asoslangan;
Samarqand viloyati eksport tovarlar tarkibini “samarali talab dinamikasining samarali talab darajasi” matrisasi asosida korxonalarning eksport tovarlarni import qiluvchi bozorlardagi talabning holati va hududiy ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlarini muvofiqlashtiruvchi marketing strategiyalari taklif etilgan;
hudud eksporti hajmiga ta’sir ko‘rsatuvchi yalpi hududiy mahsulot, sanoat mahsuloti, asosiy kapitalga investisiyalar, infratuzilma va mehnat resurslari omillari o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida Samarqand viloyati hududiy eksport salohiyatini oshirishning 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uslubiy yondashuvga ko‘ra “korxona eksport salohiyati” tushunchasining iqtisodiy mazmunini korxona eksport salohiyatining tarkibiy elementlari va o‘ziga xos xususiyatlari, korxona eksport salohiyati va korxona raqobatbardoshligi o‘rtasidagi bog‘liqlik modeli, “resurslar-zaxiralar-imkoniyatlar” zanjirida korxonaning ishlab chiqarish va tashqi bozorga mahsulot sotish imkoniyatlarining amaliy qo‘llanilishi bilan bog‘liq murakkab va ko‘p omilli tushuncha nuqtai nazaridan takomillashtirish bo‘yicha nazariy va uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “B2B marketing” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Kengashining 2024-yil 27-noyabrdagi 4-sonli majlisida muhokama qilingan va №217-27/11-ro‘yxatga olish raqami bilan nashr ruxsatnomasi berilgan). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda ishlab chiqarish va tashqi bozorga mahsulot sotish imkoniyatlarining amaliy qo‘llanilishi bilan bog‘liq murakkab va ko‘p omilli tushuncha nuqtai nazaridan takomillashtirilgan korxona eksport salohiyati tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan.
Tovarlar va xizmatlar eksportiga tayyorgarlik darajasining xom-ashyo, iste’mol tovarlari, yuqori qo‘shilgan qiymatli tovarlar va xizmatlar eksporti guruhlari bo‘yicha korxonalarning eksport salohiyati va raqobatbardoshligini baholashda aniqlangan nisbiy ustunlik (RCA) indeksining maqbul (RCA≥1,000; 0,700≤RCA˂1,000; 0,500≤RCA˂0,700; 0,250≤RCA˂0,500; 0,100≤RCA˂0,250; RCA˂0,100) diapazonlarini qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 6-noyabrdagi 03-21-2-01527-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Samarqand viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, to‘qimachilik mahsulotlari, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlardan elektrotexnika mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarning eksport hajmi va eksport geografiyasi kengaygan.
Samarqand viloyati eksport tovarlar tarkibini “samarali talab dinamikasining samarali talab darajasi” matrisasi asosida korxonalarning eksport tovarlarni import qiluvchi bozorlardagi talabning holati va hududiy ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlarini muvofiqlashtiruvchi marketing strategiyalarini qo‘llash taklifi Samarqand viloyati Investisiyalar, sanoat va savdo boshqarmasining viloyat eksport geografiyasi kengaytirish va qondirilmagan talab mavjud bozorlarga mahsulotlarni eksport qilishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 6-noyabrdagi 03-21-2-01527-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Samarqand viloyati eksportida yuqori talab va yuqori o‘sish sur’atiga ega oziq-ovqat mahsulotlarining eksport geografiyasini kengaytirish, yuqori talab, lekin past o‘sish sur’atiga ega mashina va uskunalarni ishlab chiqarish hajmini oshirish, past talab, lekin yuqori o‘sish sur’atiga ega rangli metallar bo‘yicha innovasion mahsulorlar ishlab chiqarish, past talab va past o‘sishga ega energetika va neft mahsulotlari, kimyoviy mahsulotlar, qora metallar va xizmatlarni rebrending va modifikasiya qilish imkoni yaratilgan.
Hudud eksporti hajmiga ta’sir ko‘rsatuvchi yalpi hududiy mahsulot, sanoat mahsuloti, asosiy kapitalga investisiyalar, infratuzilma va mehnat resurslari omillari o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida Samarqand viloyati hududiy eksport salohiyatini oshirishning 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan Samarqand viloyati Investisiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi tomonidan Samarqand viloyatining eksport salohiyatini oshirish strategiyalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 6-noyabrdagi 03-21-2-01527-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Samarqand viloyatining uzoq muddatli tovarlar va xizmatlar eksport parametrlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish