Ermatov G‘afur Xolboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘qimachilik sanoati korxonalari ishlab chiqarishining investision faolligini rivojlantirish», 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt3991 
Ilmiy maslahatchi: Xashimov Akrom Abdievich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Tillyaxodjaev Muzaffarxodja Abdupattaxovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Davronov Orzu Abdujabborovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik sanoatining mavjud salohiyatidan oqilona foydalanish orqali rivojlanishini ta’minlashda investisiya faolligini oshirish samaradorligi izlab topish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish sanaladi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik korxonalari barqaror rivojida investisiya faolligini uni tashkil etuvchilarining miqdor va sifat tavsiflari asosida integral oraliq natijalari yondashuviga [past (0-0,5), qoniqarli (0,51-1,0), o‘rta (1,1-1,5), yuqori (1,51 va undan yuqori)] ko‘ra baholash taklif etilgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalari investisiya faolligini ta’minlash asosida barqaror rivojlanishi imkoniyat va natijalar muvozanatli tizimining istiqbollari korxona qiymatini oshirishda maqsadli dasturning eng maqbul variantini kiritish orqali asoslangan;
to‘qimachilik korxonalarida investisiya faollikni jadallashtirish orqali rivojlanish ta’minlash uchun xodimlarni rag‘batlantirish tizimi ular potensial imkoniyatlarini ballar yordamida baholash negizida takomillashtirilgan;
taqqoslama trend modellarini tuzish asosida «BETLIS TEKSTIL» to‘qimachilik korxonasi rivojida investisiya faolligi jadalligining 2023-2030 yillarga mo‘ljallangan muqobil qiymatlarining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat korxonalarining innovatsion-investision faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavciyalar asosida:
to‘qimachilik korxonalari barqaror rivojida investisiya faolligini uni tashkil etuvchilarining miqdor va sifat tavsiflari asosida integral oraliq natijalari yondashuviga ko‘ra baholash usuli «O‘zto‘qimachiliksanoat»  uyushmasi korxonalari ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan. Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “FULL COTTON” to‘qimachilik korxonasi investisiya faolligi integral ko‘rsatkichini 2023 yilda 2022 yilga nisbatan  1,101 bandga oshirish imkoni yaratilgan (“FULL COTTON” to‘qimachilik korxonasining 2024 yil 14 avgustidagi dalolatnomasi);
korxona qiymatini oshirishda maqsadli dasturning eng maqbul variantini kiritish orqali asoslangan to‘qimachilik sanoati korxonalari investisiya faolligini ta’minlash asosida imkoniyat va natijalar muvozanatli tizimining strategik istiqbollari «O‘zto‘qimachiliksanoat»  uyushmasi korxonalari faoliyatiga joriy etilgan. Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “FULL COTTON”  to‘qimachilik korxonasida 2023 yilda 2022 yilga nisbatan taqqoslama narxlarda yalpi foyda ko‘rsatkichini 5,22 % ga o‘sish sur’atini ta’minlash imkoni yaratilgan (“FULL COTTON” to‘qimachilik korxonasining 2024 yil 14 avgustidagi dalolatnomasi);
to‘qimachilik korxonalarida investisiya faolligini jadallashtirishda xodimlarning potensial imkoniyatlarini ballar yordamida baholash asosida takomillashtirilgan rag‘batlantirish tizimi «O‘zto‘qimachiliksanoat»  uyushmasi korxonalarini faoliyatiga joriy etilgan. Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “BETLIS  TEKSTIL” to‘qimachilik korxonasi taqqoslama narxlarda sotishdan tushgan yalpi tushum ko‘rsatkichining  16,7 % ga o‘sish sur’atini ta’minlash imkoni yaratilgan (“BETLIS  TEKSTIL” to‘qimachilik korxonasining 2024 yil 14 avgustidagi dalolatnomasi);
taqqoslama trend modellarini tuzish asosida “BETLIS  TEKSTIL” to‘qimachilik korxonasi rivojida investisiya faolligi jadaligining 2023-2030 yillarga mo‘ljallangan muqobil qiymatlarining prognoz ko‘rsatkichlari «O‘zto‘qimachiliksanoat»  uyushmasi korxonalarida ish faoliyatini nazorat qilish hamda strategik rivojlanish tizimi amaliyotiga joriy etilgan. Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “BETLIS  TEKSTIL” to‘qimachilik korxonasining ishchanlik faolligi ko‘rsatkichi 2024-2030 yillarda o‘rtacha yiliga 20,0 foizga yoki 2030 yilda 2023 yilga nisbatan umumiy 1,14 barobarga oshishi bashoratlangan (“BETLIS  TEKSTIL” to‘qimachilik korxonasining 2024 yil 14 avgustidagi dalolatnomasi).
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish