Abirova Nargizabonu Shavkatbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, “O‘zbekiston Respublikasi sanoat korxonalarida investision faoliyat samaradorligini oshirish (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ misolida)”, ixtisoslik shifri 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3407
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Saitkamolov Muxammadxo‘ja Sobirxo‘ja o‘gʻli.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: i.f.d., professor Samatov Gaffor Allakulovich, i.f.f.d., Sobirov Abdurasul Abdugafarovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimi korxo-nalarida investision faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l transporti korxonalarida investisiyalarni boshqarish tizimi samaradorligini oshirishda o‘z investisiya kapitali zaxirasini shakllantirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
toza energiya manbalari va atrof-muhitni asrovchi texnologiyalarini joriy etgan holda yo‘l kengligiga moslashuvchi temir yo‘l gʻildirak juftliklarini ishlab chiqarishga ko‘ra “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ temir yo‘l transportining samaradorligini oshirish va ekologik barqarorlikni taʼminlash taklifi asoslangan;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning samaradorligini oshirish va inves-tisiyalarni jalb qilishda trend modeli asosida 2025-2030 yillarga bo‘lgan davrga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan;
investisiya jarayonini boshqarish mexanizmi investision loyihaning maqbul variantini baholash va tanlashda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bo‘yicha faqat yangi texnik va texnologik echimlarga asoslanish hamda tegishli zaxiralash va investisiya kapitaliga ko‘ra takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Temir yo‘l korxonalarida xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
temir yo‘l transporti korxonalarida investisiyalarni boshqarish tizimi samaradorligini oshirishda o‘z investisiya kapitali zaxirasini shakllantirish taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ amaliyotiga joriy qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yil 4-martdagi 04/906-25 sonli, Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish Markazining 2024-yil 12-noyabrdagi M-01/118 sonli dalolatnomasi; O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 5-martdagi 4/2619-sonli maʼlumotnomalari). Korxonada investisiya loyihasining maqbul variantini tahlil qilish va tanlash uchun ko‘p darajali amaliyotini joriy qilinishi shakllantirilgan zaxira kapitali koeffisientining 2024-yilda 2023-yilga nisbatan 0,008 punktga yoki 0,8 foizga o‘sishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
toza energiya manbalari va atrof-muhitni asrovchi texnologiyalarini joriy etgan holda yo‘l kengligiga moslashuvchi temir yo‘l gʻildirak juftliklarini ishlab chiqarishga ko‘ra “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ temir yo‘l transportining samaradorligini oshirish va ekologik barqarorlikni taʼminlash taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ amaliyotiga joriy qilingan(“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yil 4-martdagi 04/906-25 sonli, Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish Markazining 2024-yil 12-noyabrdagi M-01/118 sonli dalolatnomasi; O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 5-martdagi 4/2619-sonli maʼlumotnomalari). Taklif sohaning ekologizatsiya darajasini oshirishga va yo‘l kengligiga moslashuvchi temir yo‘l gʻildirak juftliklariga ko‘ra vaqt tejash (ijtimoiy samara) imkonini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning samaradorligini oshirish va inves-tisiyalarni jalb qilishda trend modeli asosida 2025-2030-yillarga bo‘lgan davrga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ amaliyotiga joriy qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yil 4-martdagi 04/906-25 sonli, Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish Markazining 2024-yil 12-noyabrdagi M-01/118 sonli dalolatnomasi; O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 5-martdagi 4/2619-sonli maʼlumotnomalari). Taklif daromadning 2030-yilga qadar 12 597,31 million so‘mga oshirilishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
investisiya jarayonini boshqarish mexanizmi investision loyihaning maqbul variantini baholash va tanlashda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bo‘yicha faqat yangi texnik-texnologik echimlarga asoslanish hamda tegishli zaxiralash va investisiya kapitaliga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ amaliyotiga joriy qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yil 4-martdagi 04/906-25 sonli, Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish Markazining 2024-yil 12-noyabrdagi M-01/118 sonli dalolatnomasi; O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 5-martdagi 4/2619-sonli ma’lumotnomalari). Taklif temir yo‘l sohasida innovatsion yondashuvlar va investision loyihalarni boshqarish mexanizmi takomillashuviga ko‘ra faoliyat samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.