Ismailov Ahmadning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Voyaga etmaganlarni o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga etkazish va undash jinoyatlari profilaktikasi”, 12.00.14–“Huquqbuzarliklar prοfilaktikasi. Jamοat xavfsizligini ta’minlash. Prοbatsiya faοliyati” ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Yu1075
Ilmiy rahbar: Taxirov Farxod, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.07.2024.Υu.74.03 qoshidagi Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Turg‘unov Oybek Karimovich, yuridik fanlar doktori, professor; Muxiddinov Abror Hikmat o‘g‘li, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti. Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi voyaga etmaganlarning o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga etkazish va undash jinoyatlarning profilaktikasiga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarni ularning hayotiga va (yoki) sog‘lig‘iga xavf soladigan xatti-harakatlarni sodir etishga, shu jumladan o‘z sog‘lig‘iga zarar etkazishga, o‘z joniga qasd qilishga va shunday harakatlarni targ‘ib qilishga undaydigan axborot mahsuloti tarqatilishi ijtimoiy xavfliligi tufayli mazkur harakatlarni huquqiy jihatdan taqiqlash zarurati asoslantilgan;
bolalarda qo‘rquv, vahima yoki sarosima uyg‘otadigan, shu jumladan kuch ishlatilmagan o‘limni, kasallikni, o‘z joniga qasd qilishni, baxtsiz hodisani, avariyani yoki falokatni va (yoki) ularning oqibatlarini inson qadr-qimmatini kamsitadigan shaklda tasvirlash yoki bayon etish tarzida taqdim etilishi bilan bog‘liq axborot mahsuloti tarqatilishi huquqiy jihatdan taqiqlanishi zarurati asoslantilgan;
zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan voyaga etmaganlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish maqsadida respublika markazi negizida tashkil etilgan hududiy markazlar faoliyatida professional psixologlar va professor-o‘qituvchilar seminar treninglar tashkil etishi orqali voyaga etmaganlarni o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga etkazish va undash jinoyatlari profilaktikasida samara berishi asoslantirilgan;
voyaga etmaganlarni o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga etkazish va undash jinoyatlarini oldini olishda ota-onalarni yoki ularni o‘rinini bosuvchi shaxslar orasida profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirish muhim faktor ekanligi isbotlangan;
bolalar huquqlari himoyasini ta’minlaydigan mexanizmlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishi, ularni o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga etkazish va undash jinoyatlari qurboni bo‘lishini oldini olishga xizmat qilishi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
bolalarni ularning hayotiga va (yoki) sog‘lig‘iga xavf soladigan xatti-harakatlarni sodir etish va targ‘ib qilishga undaydigan ma’lumotlar tarqatilishini huquqiy jihatdan taqiqlash bo‘yicha bergan taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 8 sentyabrdagi “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-444-son Qonuning 16-moddasi ikkinchi qismini 1-bandini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik palatasining 2023 yil 30 oktyabrdagi 02/6-09-26-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi bolalarni ularning hayotiga va (yoki) sog‘lig‘iga xavf soladigan xatti-harakatlarni sodir etish va targ‘ib qilishga undaydigan ma’lumotlardan himoya qilish orqali o‘zini o‘zi o‘ldirish yoki undash jinoyatlarni oldini olishiga xizmat qilgan;
bolalarda qo‘rquv, vahima yoki sarosima uyg‘otadigan, shu jumladan kuch ishlatilmagan o‘limni, kasallikni, o‘z joniga qasd qilishni, baxtsiz hodisani, avariyani yoki falokatni va (yoki) ularning oqibatlarini inson qadr-qimmatini kamsitadigan shaklda tasvirlash yoki bayon etish tarzida taqdim etilishini huquqiy jihatdan taqiqlash bilan bog‘liq taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 8 sentyabrdagi “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-444-son Qonuning 16-moddasi ikkinchi qismi 12-bandini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik palatasining 2023 yil 30 oktyabrdagi 02/6-09-26-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi bolalarda qo‘rquv, vahima yoki sarosima uyg‘otadigan, shu jumladan kuch ishlatilmagan o‘limni, kasallikni, o‘z joniga qasd qilishni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqalishini oldini olishga va shu orqali profilaktik chora-tadbirlar belgilanishiga huquqiy asos yaratgan;
zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan voyaga etmaganlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish maqsadida respublika markazi negizida tashkil etilgan hududiy markazlar faoliyatida professional psixologlar va professor-o‘qituvchilar tomonidan seminar treninglar tashkil etishi lozimligi bilan bog‘liq taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 oktyabrdagi “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish borasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 625-sonli Qarorining 5-bandi uchinchi xatboshisini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 8 oktyabrdagi 16-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi negizida tashkil etilgan hududiy markazlar faoliyatida professional psixologlar va professor o‘qituvchilar seminar treninglar tashkil etish orqali voyaga etmaganlarni o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga etkazish va undash jinoyatlarini oldi olinishida profilaktik chora sifatida xizmat qilgan;
voyaga etmaganlarni o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga etkazish va undash jinoyatlarini oldini olishda ota-onalarni yoki ularni o‘rinini bosuvchi shaxslar orasida profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirish lozimligi borasidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 oktyabrdagi “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish borasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 625-sonli Qarorning ilovasi “Xotin-qizlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘yicha” chora-tadbirlar dasturi 2-bo‘lim 10-bandini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 8 oktyabrdagi 16-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi ota-onalarni yoki ularni o‘rinini bosuvchi shaxslar orasida profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirish orqali ular tomonidan voyaga etmaganlarni o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga etkazish jinoyatlarini oldini olish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilanishiga xizmat qilgan;
bolalar huquqlari himoyasini ta’minlaydigan mexanizmlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishi bilan bog‘liq taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 oktyabrdagi “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish borasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 625-sonli Qarorning ilovasi “Xotin-qizlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘yicha” chora-tadbirlar dasturi 2-bo‘lim 11-bandini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 8 oktyabrdagi 16-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi voyaga etmaganlarni o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga etkazish va undash jinoyatlarini sodir etilishi omillaridan hisoblangan bola huquqlarining buzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilanishiga huquqiy asos yaratgan.