Xasanova Sitora Islamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ishlab chiqarish korxonalari boqaruvining iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.13 – Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4802.
Ilmiy rahbar: Abdulloev Asliddin Junaydulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.30/30.09.2022.I.101.04
Rasmiy opponentlar: Ochilov Akram Odilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Maraimova Umida Ismoiljanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishlab chiqarish korxonalari boshqaruvining iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlab chiqarish korxonalari boshqaruvi iqtisodiy mexanizmining “Barqarorlik reytingi” asosida guruhlash orqali barqaror deb topilgan “AAA” toifa uchun – 100 foiz, “AA” toifa – 90 foiz, “A” toifa – 80 foiz, “BBB” toifa – 70 foiz, “BB” toifa – 60 foiz “B” toifa – 50 foiz miqdoridagi subsidiya, preferensiya, bojxona va soliq imtiyozlari ajratish taklifi asoslangan;
ishlab chiqarish korxonalari boshqaruvi iqtisodiy mexanizmini uch yillik imtiyozli davr bilan o‘n yilgacha bo‘lgan muddatli milliy va xorijiy valyutada 4,0 mln AQSh dollaridan yuqori bo‘lgan loyihalarni imtiyozli kreditlash amaliyoti orqali takomillashtirilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash taklifi ishlab chiqilgan;
mahalliy ishlab chiqarish korxonalari boshqaruvining iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishning bazaviy, pessimistik va optimistik ssenariylariga ko‘ra 2025-2028 yillarda aholi jon boshiga ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotlari hajmining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
korxona boshqaruvining iqtisodiy mexanizmini ichki imkoniyatlardan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan “PDCA (Plan – Do – Check – Act)” usuliga o‘tish orqali maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini tashkil qilishda ularda faoliyat yurituvchi ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish va boshqarishni takomillashtirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
ishlab chiqarish korxonalari boshqaruvi iqtisodiy mexanizmining “Barqarorlik reytingi” asosida guruhlash orqali barqaror deb topilgan “AAA” toifa uchun – 100 foiz, “AA” toifa – 90 foiz, “A” toifa – 80 foiz, “BBB” toifa – 70 foiz, “BB” toifa – 60 foiz “B” toifa – 50 foiz miqdoridagi subsidiya, preferensiya, bojxona va soliq imtiyozlari ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PQ-193 sonli “Tadbirkorlik subektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 2.a bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2024-yil 14-dekabrdagi 06-10-33-17818-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif korxonalar boshqaruvining iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishni qo‘shimcha moliyaviy resurslar orqali davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning iqtisodiy samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
ishlab chiqarish korxonalari boshqaruvi iqtisodiy mexanizmini uch yillik imtiyozli davr bilan o‘n yilgacha bo‘lgan muddatli milliy va xorijiy valyutada 4,0 mln AQSh dollaridan yuqori bo‘lgan loyihalarni imtiyozli kreditlash amaliyoti orqali takomillashtirilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 18-sonli “Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorining 1-ilovasi 7-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2024-yil 14-dekabrdagi 06-10-33-17818-sonli ma’lumotnomasi). Taklif ishlab chiqarish korxonalari boshqaruvida yangi turdagi yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarish quvvatlarining 20,0 foizgaoshirilishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
mahalliy ishlab chiqarish korxonalari boshqaruvining iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishning bazaviy, pessimistik va optimistik ssenariylariga ko‘ra 2025-2028-yillarda aholi jon boshiga ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotlari hajmining prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11- sentyabrdagi PF-158-sonli ““O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonining 1-ilovasi 47-maqsadi samaradorlik ko‘rsatkichlarida foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2024-yil 14-dekabrdagi 06-10-33-17818-sonli ma’lumotnomasi). Taklif aholi jon boshiga ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotlari hajmini oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
korxona boshqaruvining iqtisodiy mexanizmini ichki imkoniyatlardan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan “PDCA (Plan – Do – Check – Act)” usuliga o‘tish orqali maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini tashkil qilishda ularda faoliyat yurituvchi ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish va boshqarish amaliyotini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan to‘rtinchi muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining 1-ilovasi 14-bandida nazarda tutilgan tadbirlarda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2024-yil 14-dekabrdagi 06-10-33-17818-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif ishlab chiqarish korxonalari boshqaruvida ichki imkoniyatlardan foydalanish samaradorligini 7,8 foizga orshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.