Umarova Nuriniso Rahimovnaning 

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
“Abdulla Oripov asarlarida davr va ijodkor shaxs muammolari talqini”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligidan (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3767
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Qosimov Usmon, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02. 
Rasmiy opponentlar: Samarqand davlat chet tillar instituti professori, filologiya fanlari doktori Umirova Go‘zal Hatamovna, Farg‘ona davlat universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Oripova Gulnozaxon Murodilovna. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II.Tadqiqotning maqsadi Abdulla Oripov lirikasida davr, ijodkor shaxs muammolarini “Shoirning tug‘ilishi” to‘plamidagi she’rlar misolida aniqlash va shoir shaxsiyati, “men”ining o‘z ijodida namoyon bo‘lishi hamda badiiy-estetik tafakkurining takomillashuvi masalasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Abdulla Oripovning shaxs sifatida shakllanishida biografik omillar: oila, onasi, otasi, akalari va oilada kitobga bo‘lgan muhabbat tufayli tashkil qilingan kutubxona, Bibi momo, Umur shoir degan baxshi hamda katta adabiy maktab asoschilari ta’siri hamda shoirning “O‘z haqimda bir og‘iz so‘z” va “Ko‘rgan-bilganlarim” nomi bilan yozib qoldirgan xotiralariga tayangan holda aniqlangan;
shoirning “Hayot falsafasi”, “Ateist“, “Tanqidchiga”, “Ko‘zi ochiq ketdi dunyodan”, “Chumolilar”, “Qismat” kabi she’rlarida jamiyat, insoniyat uchun asrlar davomida dolzarb bo‘lgan, ijodkor shaxsiyatini junbushga keltirgan xudbinlik, manfaatparastlik, laganbardorlik, ta’magirlik kabi davr muammolari badiiy-g‘oyaviy etuk tasvirlanganligi ochib berilgan; 
“Shoirning tug‘ilishi” to‘plamidagi she’rlarda vatanparvarlik, milliylik, adolat, ezgulik singari umuminsoniy qadriyatlarni tasvirlashida shoirning butun poetik mahorati, xususan, bo‘yoqdor, mazmunan boy, ta’sirchan, jo‘shqin ifoda imkoniyatlari va badiiy-estetik tafakkurining takomillashuvi dalillangan; 
“Shoirning tug‘ilishi” to‘plami dastavval “Mening kemam” deb nomlanganligi va birinchi betga “So‘zboshi o‘rnida” she’ri kiritilishi haqida muallifning qo‘lyozmada yozib qoldirganligi, shuningdek, to‘plamda “Shoirning tug‘ilishi” deb nomlangan she’r dastlab “Iqror” deb nomlanganligi, she’rning matnida ham juda ko‘plab tuzatishlar qilinganligi, “Vatan” she’ri soyaxatda “Uchqur xayol” deb, “Javob” she’ri soyaxatida boshqa nom bilan berilganligi, “Bu ham bir gapda…” she’ri qo‘lyozmada “Bu ham bir she’rda” deb nomlanganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abdulla Oripovning shoir sifatida shakllanishida kuchli ta’sir ko‘rsatgan biografik va ijodiy omillar: 
Abdulla Oripovning shaxs sifatida shakllanishida biografik omillar: oila, onasi, otasi, akalari va oilada kitobga bo‘lgan muhabbat tufayli tashkil qilingan kutubxona, Bibi momo, Umur shoir degan baxshi hamda katta adabiy maktab asoschilari ta’siri shoirning “O‘z haqimda bir og‘iz so‘z” va “Ko‘rgan-bilganlarim” nomi bilan yozib qoldirgan xotiralarga tayangan holda aniqlangan xulosalaridan PZ-20170927147 “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” mavzusidagi loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 20-yanvardagi № 04/1-186-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning yangi nazariy manbalar, ma’lumotlar bilan boyitilishiga erishilgan;
shoirning “Hayot falsafasi”, “Ateist“, “Tanqidchiga”, “Ko‘zi ochiq ketdi dunyodan”, “Chumolilar”, “Qismat” kabi she’rlarida jamiyat, insoniyat uchun asrlar davomida dolzarb bo‘lgan, ijodkor shaxsiyatini junbishga keltirgan xudbinlik, manfaatparastlik, laganbardorlik, tamagirlik kabi davr muammolari badiiy-g‘oyaviy etuk tasvirlanganligi haqidagi fikr-mulohazalardan FA-F1-OO5-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti 2025-yil 28-yanvardagi № 36/1-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyiha doirasidagi maqolalar, monografiyalar hamda adabiyotshunoslik tadqiqi yuzasidan tadqiqotlarning ilmiy manbalar bilan boyitilishiga erishilgan;
“Shoirning tug‘ilishi” to‘plamidagi she’rlarda vatanparvarlik, milliylik, adolat, ezgulik singari umuminsoniy qadriyatlarni tasvirlashida shoirning butun poetik mahorati, xususan, bo‘yoqdor, mazmunan boy, ta’sirchan, jo‘shqin ifoda imkoniyatlari va badiiy-estetik tafakkurining takomillashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan PZ-20170927147 “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” mavzusidagi loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 20-yanvardagi № 04/1-186-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha mavzusi doirasida nashr qilingan ishlarning ilmiy-nazariy manbalar bilan boyitilishiga erishilgan;
“Shoirning tug‘ilishi” to‘plami dastavval “Mening kemam” deb nomlanganligi va birinchi betga “So‘zboshi o‘rnida” she’ri kiritilishi haqida muallifning qo‘lyozmada yozib qoldirganligi, shuningdek, to‘plamda “Shoirning tug‘ilishi” deb nomlangan she’r dastlab “Iqror” deb nomlanganligi, she’rning matnida ham juda ko‘plab tuzatishlar qilinganligi, “Vatan” she’ri soyaxatda “Uchqur xayol” deb, “Javob” she’ri soyaxatida boshqa nom bilan berilganligi, “Bu ham bir gapda…” she’ri qo‘lyozmada “Bu ham bir she’rda” deb nomlanganligi to‘g‘risidagi mulohazalardan FA-F1-OO5-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti 2025-yil 28-yanvardagi № 36/1-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyihaning amaliy qismining yangi ma’lumotlar bilan boyitilishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish