Otamurodova Shamsu Qamar Otamurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Diversifikatsiya tamoyili asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativlik potensialini oshirish metodikasini takomillashtirish (ona tili o‘qitish metodikasi fani misolida)”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ona tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan B2023.2.PhD/Ped5118
Ilmiy rahbar: Aslonova Orzigul Pirimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03
Rasmiy opponentlar: Eshmo‘minov Asqar Allamurodovich filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent, Muxtarova Lobar Abdimannabovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining diversifikatsiya tamoyili orqali kreativlik potensialini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativlik potensialini oshirish mazmuni globallashuv sharoitidagi tezkorlik, ijtimoiy talablarga moslashuvchanlik, ta’lim xizmatlari, dasturlari, tashkiliy shakllarining variativligini ta’minlovchi pedagogik paradigma orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativlik potensialini oshirish jarayonining shaxsga qaratilgan, mundarijaviy va tashkiliy komponentlari ijodiy topshiriqlarning nostandart echimlarini taqdim etish, natijani baholay olish qobiliyatlarini rivojlantirish hamda diversifikatsiyalash tamoyillarining amaliy tatbiqi orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativlik potensialini oshirish jarayonining funksional modeli o‘quv-tarbiyaviy faoliyatga innovatsion dars modellarini o‘quv, o‘quv-tarbiyaviy hamda mustaqil faoliyat mazmuniga muvofiq verifikatsiya qilish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativlik potensialini oshirish metodikasi auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda binar mashg‘ulotlar, anjuman-dars, refleksiv mashqlar hamda integrativ dasturlarni qo‘llashga doir potensial.uz sayti orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativlik potensialini oshirishning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativlik potensialini oshirish jarayonining shaxsga qaratilgan, mundarijaviy va tashkiliy komponentlari ijodiy topshiriqlarning nostandart echimlarini taqdim etish, natijani baholay olish qobiliyatlarini rivojlantirish hamda diversifikatsiyalash tamoyillarining amaliy tatbiqi orqali takomillashtirilganligiga doir taklif va tavsiyalardan PZ-20170930223-raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyiha doirasida “Yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishda ta’lim muassasalarining imkoniyatlari va pedagogik yo‘nalishlari” nomli 3-bo‘limini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 11-oktyabrdagi 04/4976-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning diversifikatsiya tamoyili mazmuni, mohiyati, zarurati haqida ma’lumotga egalik darajasini rivojlantirishga erishilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativlik potensialini oshirish jarayonining funksional modeli o‘quv-tarbiyaviy faoliyatga innovatsion dars modellarini o‘quv, o‘quv-tarbiyaviy hamda mustaqil faoliyat mazmuniga muvofiq verifikatsiya qilish asosida takomillashtirilganligiga doir ma’lumotlar boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun nashr qilingan “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 28-martdagi 68-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 68-844-raqamli guvohnoma). Natijada talabalarning kasbiy muammolarni bartaraf etishda kreativ usullardan foydalanish jarayonining uslubiy ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativlik potensialini oshirish metodikasi auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda binar mashg‘ulotlar, anjuman-dars, refleksiv mashqlar hamda integrativ dasturlarni qo‘llashga doir potensial.uz sayti orqali takomillashtirilganligiga doir taklif hamda tavsiyalardan Termiz DU, Qarshi DU, Namangan DUda o‘tkazilgan pedagogik eksperiment davomida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 13-dekabrdagi 02/01-01-144-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatga kreativ yondashuv imkoniyati, malakasini rivojlantirishga xizmat qilgan.