Burxanov Taxir Mahammatjonovichning
pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak ofiserlarda kasbiy ma’naviy madaniyatni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Ped1128
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi.
Ilmiy rahbar: Abdurahimova Dilfuzaxon Alievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Matchonov Safo Murodovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Xatamov Farxod Faxriddinovich, siyosiy fanlari doktori, (DSc), professor; Karimjonova Minavvar Ibragimovna, pedagogika fanlari doktori, (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak ofiserlarda kasbiy ma’naviy madaniyatni rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimini ishlab chiqish hamda ushbu tizimni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ilmiy metodik tavsiyalar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy harbiy ta’lim muassasasi kursantlarida kasbiy-ma’naviy madaniyatning rivojlanganlik darajasini tashxis etish komponentlari aksiologik talablarga muvofiq o‘z-o‘zini xolis baholashga yo‘naltirilgan virbal ta’sir va simulyasiya vositalarini kriterial baholash indikatorlariga kognitiv-empatik tavsiflash orqali qo‘shish asosida takomillashtirilgan;
kasbiy ma’naviy madaniyatni rivojlantirishning neyrolingvistik dasturlash texnologiyalari harbiy xizmatchilarda o‘z xulq-atvorini ongli ravishda o‘zgartirishga yo‘naltirilgan verbal ta’sir va ifoda texnikasi, keysli ssenariylar va simulyasiyalarni tashqi va ichki ta’sirlar birligi orqali kognitiv modulli muvozanatlantirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak ofiserlarda kasbiy ma’naviy madaniyatni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari oliy harbiy ta’limda mavjud tarbiya tendensiyalarini empirik interpretatsiya va fenomenologik kuzatuv usullari orqali aksiologik-psixologik kontekstga ko‘ra kontent dekonstruksiyalash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak ofiserlarda kasbiy ma’naviy madaniyatni rivojlantirishning pedagogik modeli immersiv ta’lim strategiyalarini fazali va tarkibiy yangilash va aksiologik muhit va ijtimoiy simulyasiya vositalarini tarbiyaviy ishlar metodikasiga tizimli tatbiq etish algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
texnogen sivilizatsiya sharoitida bo‘lajak ofiserlarda kasbiy ma’naviy madaniyatni rivojlantirishning didaktik ta’minoti ijodiy va tahliliy fikrlash dinamikasini ta’minlashga yo‘naltirilgan immersiv va simulyativ ta’lim texnologiyalarini bo‘lajak ofiserlarning tarbiyaviy rivojlanish vektoriga gorizontal va vertikal integratsiyalashga yo‘naltirilgan integrativ ta’lim resurslarini ishlab chiqish hisobiga takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bo‘lajak ofiserlarda kasbiy ma’naviy madaniyatni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
aksiologik talablarga mos keluvchi kriterial baholash mezonlari, shaxsiy indifikatorlar va tarkibiy-maqsadli yondashuv asosida refleksiv xolislikni ta’minlashga yo‘naltirilgan differensial tahlil asosida takomillashtirilgan oliy harbiy ta’lim muassasasi kursantlarida kasbiy ma’naviy madaniyatning rivojlanganlik darajasini tashxis etish komponentlaridan mudofaa va xavfsizik masalalari bo‘yicha davlat siyosatini olib borishda targ‘ibot materiallari sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2025 yil 26 martdagi №12-422-sonli ma’lumotnomasiga ko‘ra.) Natijada, bo‘lajak ofiserlarda kasbiy ma’naviy madaniyatni rivojlantirishning nazariy asoslari faoliyatli, akmeologik va kreativ yondashuvlarga tayanilgan holda modernizatsiyalash imkoniyati kengaytirildi;
harbiy xizmatchilarda o‘z xulq-atvorini ongli ravishda o‘zgartirishga yo‘naltirilgan verbal ta’sir va ifoda texnikasi, keysli mashqlar va simulyasiyalarni tashqi va ichki ta’sirlar birligi orqali kognitiv modulli muvozanatlantirish asosida takomillashtirilgan kasbiy ma’naviy madaniyatni rivojlantirishning neyrolingvistik dasturlash texnologiyalariga oid tavsiyalar “Kasbiy ma’naviyat va mahorat” parsial dasturi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2025 yil 28 martdagi №04/9-08/2-sonli ma’lumotnomasiga muvofiq.) Natijada, oliy harbiy ta’lim tizimida bo‘lajak ofiserlarda kasbiy ma’naviy madaniyatni rivojlantirish texnologiyalarini tanlash va tizimlashtirishda yetakchi didaktik manba sifatida xizmat qilgan;
oliy harbiy ta’limda mavjud tarbiya tendensiyalarini kasbiy ijtimoiylashuvning shaxslararo, guruhlararo axloqiy munosabatlar, jamoaviy va qadriyatga yo‘naltirilgan komponentlariga integratsiyalashuvini aksiologik-psixologik kontekstga ko‘ra empirik tahlil qilish asosida aniqlashtirilgan bo‘lajak ofiserlarda kasbiy ma’naviy madaniyatni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari bo‘yicha ilmiy xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy ta’lim muassasalarida ta’lim amaliyotini takomillashtirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2025 yil 25 martdagi №2740/V-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak ofiserlarda kasbiy ma’naviy madaniyatni rivojlantirishning nazariy asoslari faoliyatli, akmeologik va kreativ yondashuvlarga tayangan holda modernizatsiyalash imkoni kengaytirilgan;
tanishuv va bilishga oid refleksiya va interiorizatsiya fazilatlarni amaliy faoliyatda mustahkamlashning korreksiya bosqichlarida ma’naviy-ma’rifiy va madaniy-axloqiy ko‘nikmalarni kompleks qo‘llashga yo‘naltirilgan immersiv ta’lim strategiyasini modulli uyg‘unlashuv asosida qo‘llash orqali takomillashtirilgan bo‘lajak ofiserlarda kasbiy ma’naviy madaniyatni rivojlantirishning pedagogik modelidan Mudofaa vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida bo‘lajak ofiserlarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2025 yil 27 martdagi №10/671-sonli ma’lumotnomasiga asosan.) Natijada, bo‘lajak ofiserlarda kasbiy ma’naviy madaniyatni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari “Kasbiy ma’naviyat va mahorat” nomli o‘quv qo‘llanma va darslik hamda “Yangi O‘zbekiston ofiserining or-nomus kodeksi” mazmuniga singdirildi. Shu asosda ushbu kodeks yaratildi va amaliyotga joriy etilgan;
ijodiy va tahliliy fikrlash dinamikasini ta’minlash, o‘z-o‘zini tahlil qilish hamda individual qobiliyatlarni rivojlantirishda ijobiy psixologik muhit yaratish vektoriga intensiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan texnogen sivilizatsiya sharoitida bo‘lajak ofiserlarda kasbiy-ma’naviy madaniyatni rivojlantirishning didaktik ta’minoti bo‘yicha taklif va tavsiyalardan M-ChOTQMBYu-2023-6, “Magnit maydon ta’sirida harakatlanuvchi dvigatel” shifri bo‘yicha ilmiy tadqiqot loyihasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurtining 2023 yil 15 avgustdagi 653-sonli buyruq ko‘chirmasiga asosan.) Natijada, bo‘lajak ofiserlarda kasbiy ma’naviy madaniyatni namoyon etish va baholash kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.