Abdulxaeva Dilnoza Ravshanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kurashchilarda jismoniy zo‘riqishni oshqozon osti bezi sekretor funksiyasiga ta’siri” 14.00.38 – Sport tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3441.
Ilmiy rahbar: Yuldasheva Gulchehra Rustamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, PhD.10/30.12.2019.Tib.69.01. 
Rasmiy opponentlar: Butaboev Maxmudjon Tuxlibaevich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent; Sadikov Abdushukur Abdujamilevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smir sportchilarda jismoniy zo‘riqish ta’sirida oshqozon osti bezining ekzokrin funksiyasi va ichak mikrobiotsenozi holatini o‘rganish va ulardagi o‘zgarishlarni korreksiya qilish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: yosh sportchilarda jismoniy yuklamalar jarayonida  oshqozon-ichak tizimidagi funksional buzilishlarni uchrashi  jismoniy yuklamalarni noadekvatligi va zo‘riqishlar bilan bog‘liq bo‘lib, yosh kurashchilarda boshqa sport turlariga nisbatan ko‘proq qayd etilganligi aniqlangan;
yosh sportchilarda  oshqozon osti bezi sekretor funksiyasining etishmovchiligi va ichak disbakteriozi oshqozon-ichak tizimidagi funksional buzilishlarning eng ko‘p qayd etilgan turi bo‘lib, yosh kurashchilarda yaqqol namoyon bo‘lishi asoslangan;
ilk bor yosh sportchilarda amilaza va lipaza, fekal elastaza fermentalari, hamda qisqa zanjirli yog‘ kislotalarini o‘rganish orqali oshqozon osti bezi ekzokrin etishmovchiligi darajasini aniqlash va uning anaerob va aerob mashg‘ulot turlariga bog‘lik jihatlari asoslangan;
sportchilarda jismoniy yuklama intensivligiga muvofiq oshqozon osti bezi ekzokrin etishmovchiligi va ichak mikroflorasi buzilishini aniqlash va oldini olish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Olingan ilmiy natijalarga asoslanib, sportchilarda oshqozon-ichak tizimi funksional buzilishlari bilan bog‘liq oshqozon osti bezi ekzokrin etishmovchiligini erta tashhislash va korreksiya usullari, shuningdek, sportchilarda hazm qilish jarayonini yaxshilash va energetik almashinuvni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan farmakoterapiya usullari taklif etildi: 
birinchi ilmiy yangilik: tadqiqot natijalari yosh sportchilarda jismoniy yuklamalar jarayonida oshqozon-ichak tizimi funksional buzilishlarini aniqlash va monitoring qilishning muhimligini ko‘rsatdi. Jismoniy yuklamalarni noadekvatligi va ortiqcha zo‘riqishlar, ayniqsa, yosh kurashchilarda boshqa sport turlariga nisbatan ko‘proq kuzatiladigan muammolariga olib kelishi mumkin. Tadqiqotda ishtirok etuvchilar guruhida pankreatik tashqi sekresion etishmovchiligini erta diagnostika qilish va patogenetik tuzatishning zarurligi asoslantirildi. Ushbu takliflar 2024-yil 26-martda Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyoti markazining Ekspertlar komissiyasi tomonidan 11-raqam bilan tasdiqlandi hamda «Sportchilarda oshqozon-ichak tizimi funksional buzilishlari bilan bog‘liq oshqozon osti bezi ekzokrin etishmovchilikni diagnostika qilish va tuzatish usullari» nomli uslubiy tavsiyalariga kiritildi». Ushbu tavsiyalar O‘zbekistonning sport maktablari va kollejlaridagi sport shifokorlari hamda terapevtlarining amaliyotiga, shuningdek, Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga sportchilarni tayyorlash markazining  (№ 90, 01.03.2024-y.) hamda Chilonzor tumanidagi Sport maktabining (№ 01-78, 1-mart 2024-y.) ish faoliyatiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: sportchilarda intensiv jismoniy va psixoemotsional yuklamalar sharoitida aniqlangan oshqozon-ichak tizimi funksional buzilishlari, masalan, oshqozon osti bezi ekzokrin etishmovchilik va ichak disbiozi, sport tibbiyotida oshqozon-ichak kasalliklarini profilaktika qilish va davolashda inobatga olinadi. Ishlab chiqilgan metodika hazm qilishni yaxshilashga, tayyorlov davrida va musobaqalarda yallig‘lanishlarning kamayishiga, remissiyalarni uzaytirishga va yuklamalardan keyin tezroq reabilitatsiya qilishga yordam beradi. Bu sportchilarning umumiy hayot sifatini yaxshilashga, oshqozon-ichak tizimi buzilishlarining yashirin shakllarini erta aniqlashga va ularni faol sport faoliyatiga tezroq qaytarishga, shuningdek, yuqori sport natijalariga erishishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: O‘tkazilgan farmakoiqtisodiy hisob-kitoblarga asoslanib, taklif qilingan metodikaning joriy etilishi sportchilarda vaqtincha mehnat qobiliyatsizligi davomiyligini 8,5 kundan 4,3 kungacha qisqartirishga imkon beradi. Bu, keng ko‘lamda qo‘llanilganda, bir bemor uchun hisoblaganda 2981208 so‘m miqdorida iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi. Qo‘shimcha ravishda, bemorning shifoxonada yotish muddati qisqartirilishi, dori-darmon terapiyasining xarajatlari kamayishi va diagnostika optimallashtirilishi orqali yana 1873602 so‘m miqdorida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Umuman olganda, ushbu metodikaning qo‘llanilishi davolash bo‘yicha yillik xarajatlarni 25% ga kamaytirishga imkon beradi, bu esa uning professional sportchilarni tibbiy kuzatuv sharoitida yuqori iqtisodiy va amaliy samaradorligini ko‘rsatadi.  
ikkinchi ilmiy yangilik: tadqiqot natijalari  yosh sportchilarda oshqozon osti bezi sekretor funksiyasining etishmovchiligi va ichak disbakteriozi oshqozon-ichak tizimidagi funksional buzilishlarining eng ko‘p qayd etilgan turi ekanligini ko‘rsatdi. Shuningdek, yosh kurashchilarda ushbu muammolar boshqa sport turlariga qaraganda yaqqol namoyon bo‘ldi. Ta’riflangan buzilishlar, jismoniy yuklamalarning noadekvatligi va ortiqcha zo‘riqishlar fonida rivojlanib, oshqozon-ichak tizimining normal faoliyatini buzishiga olib kelishi mumkinligi asoslanib berilgan. Mazkur natijalar 2024-yil 26-martda Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyoti markazining Ekspertlar komissiyasi tomonidan 11-raqam bilan tasdiqlandi hamda «Sportchilarda oshqozon-ichak tizimi funksional buzilishlari bilan bog‘liq oshqozon osti bezi ekzokrin etishmovchilikni diagnostika qilish va tuzatish usullari» nomli uslubiy  tavsiyalariga kiritildi. Tavsiyalar O‘zbekistonning sport maktablari va kollejlaridagi sport shifokorlari hamda terapevtlarining amaliyotiga, shuningdek, Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga sportchilarni tayyorlash markazining (№ 90, 01.03.2024-y.) hamda Chilonzor tumanidagi Sport maktabining (№ 01-78, 1-mart 2024-y.) ish faoliyatiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: oshqozon osti bezi ekzokrin etishmovchilik darajasi va ichak funksional buzilishlarining ifodalanganligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik davolash va diagnostika yondashuvini shaxsiylashtirishga imkon beradi hamda bemorlarni boshqarish taktikalarini aniqroq belgilashga yordam beradi. Bu esa takroriy murojaatlarning sonini kamaytirishga, simptomlar ustidan nazoratni yaxshilashga, sportchilarning komplaensini oshirishga, hazm qilishni yaxshilashga va natijada umumiy sog‘liqni yaxshilashga yordam beradi. Ushbu buzilishlarni baholash tizimini joriy etish, murakkabliklarning oldini olishni erta bosqichlarda o‘tkazishga imkon beradi va bemorlarning faol musobaqa va oraliq davrlarida hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: Klinik ma’lumotlar va farmakoiqtisodiy hisob-kitoblarga asoslanib, oshqozon osti bezi ekzokrin etishmovchilik darajasini ichak funksional buzilishlari bilan o‘zaro bog‘liq holda baholash usulini joriy etish tashxisni erta qo‘yishga, davolashni o‘z vaqtida boshlashga, tibbiy yordamga murojaat qilishning kamayishiga va simptomatik davolash hajmini qisqartirishga yordam beradi. Ushbu metodikaning qo‘llanilishi vaqtinchalik mehnat qobiliyatsizligi davomiyligini qisqartirish orqali 2981208 so‘m miqdorida iqtisodiy samaradorlikni ta’minladi, shuningdek, dori-darmon va shifoxonada davolash xarajatlarini kamaytirish orqali 1873602 so‘m miqdorida qo‘shimcha iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Keng ko‘lamda joriy etilganida, yillik davolash xarajatlari o‘rtacha 25% ga kamayadi, bu esa ishlab chiqilgan metodikaning yuqori amaliy va iqtisodiy ahamiyatini tasdiqlaydi. 
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor yosh sportchilarda amilaza va lipaza, fekal elastaza fermentlari, hamda qisqa zanjirli yog‘ kislotalarini o‘rganish orqali oshqozon osti bezi ekzokrin etishmovchiligi darajasini aniqlash va uning anaerob va aerob mashg‘ulot turlariga bog‘lik jihatlarini aniqlashga bo‘lgan zaruriyat asoslantirildi. Tadqiqot natijalari, amilaza va lipaza fermentlari hamda fekal elastaza darajalariga asosan, yosh sportchilarda oshqozon osti bezining ekzokrin funksiyasining etishmovchiligi aniqlandi. Olingan natijalar 2024-yil 26-martda Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyoti markazining Ekspertlar komissiyasi tomonidan 11-raqam bilan tasdiqlandi hamda «Sportchilarda oshqozon-ichak tizimi funksional buzilishlari bilan bog‘liq oshqozon osti bezi ekzokrin etishmovchilikni diagnostika qilish va tuzatish usullari» nomli uslubiy tavsiyalariga kiritildi. Ushbu metodika O‘zbekistonning sport maktablari va kollejlaridagi sport shifokorlari hamda terapevtlarining amaliyotiga, shuningdek, Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga sportchilarni tayyorlash markazining (№ 90, 01.03.2024-y.) hamda Chilonzor tumanidagi Sport maktabining (№ 01-78, 1-mart 2024-y.) ish faoliyatiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Yosh sportchilarda turli xil yuklamalariga ega bo‘lgan klinik-laboratoriya ko‘rsatkichlarini baholash oshqozon-ichak tizimi funksional buzilishlarining erta belgilari aniqlanishini va oldini olishni aniqroq amalga oshirish imkonini beradi. Olingan ma’lumotlarni amaliyotga joriy etish dietologik va davolash tavsiyalarini shaxsiylashtirishga, surunkali buzilishlar xavfini kamaytirishga, hazm qilishni normallashtirishga va jismoniy yuklamalarni ko‘tarish qobiliyatini oshirishga yordam beradi. Bularning barchasi o‘smirlarning jismoniy va psixoemotsional holatini yaxshilashga, yuklamalarga chidamliligini oshirishga va to‘liq sport zaxirasini shakllantirishga hissa qo‘shadi. Iqtisodiy samaradorligi: Yosh sportchilarda kompleks laboratoriya-funksional baholashni joriy etish erta bosqichlarda yashirin buzilishlarni aniqlash va o‘z vaqtida profilaktika o‘tkazishga imkon berdi, bu esa vaqtinchalik mehnat qobiliyatsizligi davomiyligini qisqartirishga, ambulator va shifoxonada davolash xarajatlarini kamaytirishga va uzoq davom etadigan simptomatik davolashga ehtiyojni kamaytirishga yordam berdi. Ushbu metodikani qo‘llashdan olingan umumiy iqtisodiy samaradorlik 2981208 so‘mni tashkil etdi, bu vaqtinchalik mehnat qobiliyatsizligi kunlarini qisqartirish orqali erishildi, shuningdek, davolash tadbirlarining narxini qisqartirish orqali 1873602 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Ushbu modelni joriy etish o‘smir sportchilarda davolash bo‘yicha o‘rtacha yillik xarajatlarni 25% ga kamayishiga olib keldi, bu esa uning iqtisodiy samaradorligini va sport tibbiyotida keng qo‘llanilishini tasdiqlaydi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Jismoniy yuklamalar intensivligini hisobga olgan holda sportchilarda oshqozon osti bezi ekzokrin etishmovchilik va ichak mikroflorasining buzilishlarini diagnostika qilish va profilaktika qilish algoritmi ishlab chiqildi. Algoritm hazm qilish tizimi funksiyalarini bosqichma-bosqich klinik-laboratoriya baholashni o‘z ichiga oladi, bu esa funksional buzilishlarning dastlabki belgilari aniqlanishini va shaxsiylashtirilgan tuzatish sxemalarini tanlashni imkonini beradi. Jismoniy faollik darajasi hisobga olingan holda profilaktikaga farqlangan yondashuv taklif qilindi, bu esa tashxisning aniqligini oshirishga, reabilitatsiya muddatlarini qisqartirishga va davolash samaradorligini oshirishga yordam berdi. Ishlab chiqilgan algoritm 2024-yil 26-martda Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyoti markazining Ekspertlar komissiyasi tomonidan 11-raqam bilan tasdiqlandi va «Sportchilarda oshqozon-ichak tizimi funksional buzilishlari bilan bog‘liq oshqozon osti bezi ekzokrin etishmovchilikni diagnostika qilish va tuzatish usullari» nomli uslubiy tavsiyalariga kiritildi. Algoritm O‘zbekistonning sport maktablari va kollejlaridagi sport shifokorlari hamda terapevtlarining amaliyotiga, shuningdek, Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga sportchilarni tayyorlash markazining (№ 90, 01.03.2024-y.) hamda Chilonzor tumanidagi Sport maktabining (№ 01-78, 1-mart 2024-y.) ish faoliyatiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Ishlab chiqilgan algoritmni joriy etish sportchilarda jismoniy yuklama darajasiga qarab oshqozon osti bezi ekzokrin etishmovchilik va ichak mikroflorasining disbalansini o‘z vaqtida aniqlash va profilaktika qilish imkonini beradi. Bu oshqozon-ichak tizimi kasalliklarining chastotasini kamaytirishga, trening yuklamalarini ko‘tarish qobiliyatini va chidamliligini oshirishga, shuningdek, tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha sport karerasining erta tugash xavfini kamaytirishga yordam beradi. Sportchilarning yuqori intensiv trening va musobaqalar rejimlariga moslashishi va umumiy hayot sifatini yaxshilanishi ta’minlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: Algoritmni joriy etish natijalari sportchilarda hazm qilish tizimi funksional buzilishlarini davolashga sarflanadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita xarajatlarning sezilarli darajada kamayishini ko‘rsatdi. Vaqtinchalik mehnat qobiliyatsizligi davomiyligini qisqartirishdan olingan iqtisodiy samaradorligi 2981208 so‘mni, dori-darmon va shifoxonada davolash xarajatlarini qisqartirishdan olingan samaradorlik esa 1873602 so‘mni tashkil etdi. Umumiy tejash ushbu bemorlar guruhiga sarflanadigan yillik xarajatlarning 25% ni tashkil etdi. Bu, taklif qilingan algoritm nafaqat klinik jihatdan samarali, balki sport tibbiyotida iqtisodiy jihatdan asosli vosita ekanligini tasdiqlaydi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish