Nazarova Sitorabonu Sharofiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Raqobat sharoitida korxonani strategik boshqarish usullarini takomillashtirish
(tog‘-kon metallurgiya sanoati korxonalari misolida)”, 08.00.13 – “Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3346.
Ilmiy rahbar:Umarov Abduvaxob Tursunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Eshov Mansur Pulatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yusupov Ulug‘bek Shukrullaevich,iqtisodiyot fanlari bo‘ycha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: korxonalar faoliyatini boshqarishda strategik boshqaruv usullarini takomillashtirish va tatbiq etish borasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki resurslar va imkoniyatlar, tashqi muhit ta’siri, bozorlar va raqobatchilar, mijozlarning ehtiyojlari va talablari kabi omillarni hisobga olgan holda korxonaga nisbatan raqobat bosimini dastlabki tarzda (tezkor) aniqlashning imitatsiya modeli ishlab chiqilgan;
korxonaning raqobat munosabatlariga kirishi mumkin bo‘lgan asosiy ishtirokchilari o‘rtasidagi raqobat darajasini resurslardan foydalanish va logistika samaradorligi, bozordagi ulushi, yangi texnologiyalardan foydalanish darajasi, investisiyaviy faolligi kabi ko‘rsatkichlar orqali baholash usuli taklif etilgan;
“Benchmarking” usulini qo‘llagan holda korxona raqobatbardoshligini oshirishda geografik omillar, korxonalar konsentratsiyasi, ishlab chiqarish va ta’minot zanjirini tashkil qilish, bilim va tajriba almashish imkoniyatlari (diffuziya darajasi) kabi omillarni hisobga olib Mis klasterlarni tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
strategik tasavvurni shakllantirishning muqobil yondashuvi sifatida Forsayt usuli orqali korxonaning innovatsion rivojlanish istiqbollari bashorat qilingan va asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korxonalar faoliyatini boshqarishda strategik boshqaruv usullarini takomillashtirish va tatbiq etish borasida olingan ilmiy natijalar hamda ishlab chiqilgan takliflar asosida:
tog‘-kon metallurgiya sanoati korxonalarining ichki resurslar va imkoniyatlari, tashqi muhit ta’siri, bozorlar va raqobatchilar, mijozlarning ehtiyojlari va talablari kabi omillarni hisobga olgan holda korxonaga nisbatan raqobat bosimini dastlabki tarzda (tezkor) aniqlashning imitatsiya modelidan sanoatning yirik korxonalari uchun rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishning uslubiy asoslarini takomillashtirishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 29-oktyabrdagi 08/25-6-22541-sonli ma’lumotnomasi va OKMK AJ ning 2025 yil 31-yanvardagi AX-01-29 sonli ma’lumotnomasi). Natijada sanoat korxonalari rivojlantirish dasturlarining maqsadli indikatorlarini aniqlash usuli takomillashtirilgan;
sanoat korxonasining raqobat munosabatlariga kirishi mumkin bo‘lgan asosiy ishtirokchilari o‘rtasidagi raqobat darajasini resurslardan foydalanish va logistika samaradorligi, bozordagi ulushi, yangi texnologiyalardan foydalanish darajasi, investisiyaviy faolligi kabi ko‘rsatkichlar orqali baholash usulidan mamlakatdagi yirik sanoat korxonalarining maxsulot tannarxini qisqartirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 29-oktyabrdagi 08/25-6-22541-sonli ma’lumotnomasi va OKMK AJ ning 2025 yil 31-yanvardagi AX-01-29 sonli ma’lumotnomasi). Natijada sanoat korxonalarida tannarxni 10 foizga qisqartirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlarning ilmiy asoslantirilganligi kuchaytirilgan;
korxona raqobatbardoshligini oshirishda geografik omillar, korxonalar konsentratsiyasi, ishlab chiqarish va ta’minot zanjirini tashkil qilish, bilim va tajriba almashish imkoniyatlarini hisobga olgan holda mis klasterlarni tashkil etishda "benchmarking" usulini qo‘llashga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 19 fevraldagi “Respublikada mis xom ashyosini chuqur qayta ishlashni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-77-sonli qaror loyihasini tayyorlashda xamda O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonunining 36, 64 va 65 moddalarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 29-oktyabrdagi 08/25-6-22541-sonli, OKMK AJ ning 2025 yil 31-yanvardagi AX-01-29 sonli va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2024 yil 23-sentyabrdagi 04/9-10-36 sonli ma’lumotnomalari). Natijada Respublikada mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish bo‘yicha takliflarning ilmiy asoslantirilganligi kuchaytirilgan va sanoat korxonalarining bilim va tajriba almashish imkoniyatlarini hisobga olishning huquqiy asoslari takomillashtirilgan;
sanoat korxonasini innovatsion rivojlanish istiqbollarini bashorat qilishning strategik Forsayt usulidan mamlakatdagi yirik sanoat korxonalarining o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan rivojlantirish dasturlarini shakllantirishda xamda “Strategik rejalashtirish to‘g‘risida”gi, “Investisiyalar va investisiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihalarini takomillashtirishga oid takliflarni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 29-oktyabrdagi 08/25-6-22541-sonli, OKMK AJning 2025 yil 31-yanvardagi AX-01-29 sonli va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2024 yil 23-sentyabrdagi 04/9-10-36 sonli ma’lumotnomalari). Natijada yirik sanoat korxonalari boshqaruvining samaradorligini oshirishda strategik maqsadlarni belgilash, tasavvurni shakllantirish va rivojlantirish istiqbollarini bashorat qilishning uslubiy va xuquqiy asoslari takomillashtirilgan.
tog‘-kon metallurgiya sanoati korxonalari misolida innovatsion rivojlanish istiqbollarini bashorat qilishda : - R&D to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish; - korxonada kreativ fikrlash, tashabbus va yangi g‘oyalarga rag‘batlantiruvchi madaniyatni shakllantirish; - maxsus ilmiy-tadqiqot guruhlari yoki laboratoriyalami yaratish; - ichki startaplar va kichik innovatsiya jamoalarini tashkil qilish; - tashqi ilmiy- tadqiqot institutlari va markazlar bilan hamkorlik o‘rnatish; -g‘oyalarni taklif qilishning shaffof va samarali mexanizmlarini yaratishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunning 4-bobidagi (innovatsion infratuzilma) tegishli moddalarni maromiga etkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2024 yil 23-sentyabrdagi 04/9-10-36 sonli ma’lumotnomasi). Natijada sanoatni innovatsion rivojlanish istiqbollarini bashorat qilish usullarini amaliyotga joriy etishning xuquqiy normalari takomillashtirilgan.