Xalbekova Xulkar Ummatkulovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning istiqbolli galofitlarini mikroklonlash, sho‘rlangan tuproqlarga moslashtirish va kimyoviy tarkibini tadqiq qilish», 02.00.10 – Bioorganik kimyo, 03.00.12 – Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/B157. 
Ilmiy maslahatchilar: Ziyavitdinov Jamolitdin Fazlidinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Tashmuxamedova Shohista Sabirovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.K/V.37.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Tilyaboev Zaitjon, biologiya fanlari doktori, professor; Nasmetova Saodat Mamajanovna, biologiya fanlari doktori, yetakchi ilmiy xodim; Muxamedov Rustam Sultonovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning Chenopodiaceae oilasiga mansub istiqbolli galofit o‘simliklarni in vitro kulturasiga kiritish, biotexnologik xom-ashyo va hujayra kulturalari tarkibidagi biologik faol moddalarni aniqlash hamda polifenollarning kimyoviy tarkibini va biologik faolligini o‘simliklarning o‘sish sharoitiga bog‘liqligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Chenopodiaceae oilasi vakillarining urug‘chiligini tashkil etishda samarali agrobiologik va agrotexnik tamoyillari ishlab chiqilgan;
19 tur galofitlarni sterilizatsiyalashning jadal kombinatsiyalari ishlab chqilib, in virto sharoitida sifatli regenerant o‘simliklar yaratishning samarador yondashuv ekanligi isbotlangan;
Chenopodiaceae oilasining istiqbolli 19 turdagi galofitlaridan regenerant o‘simliklarni  jadal o‘stirish texnologiyasiga asoslangan maxsus yo‘riqnoma ishlab chiqilgan;
12 turdagi og‘ir metallarning miqdori o‘ganilib, 13 tur o‘simlik fitoremediatsiyada va 11 tur  biologik faol qo‘shimchalar yaratishda foydali o‘simliklar guruhlariga ajratilgan; 
O‘zbekistonning turli cho‘l hududlarida tarqalgan 12 tur o‘simlik 300-500 Mm NaCl ozuqadagi regenerantlarida osmolitlarning faol sintezlanishi in vitro tajribalarda isbotlangan; 
Halocnemum strobilaceum gullash fazasida 25 ta, nihollarda - 7 ta, MS - 4 ta hamda stress muhitlda etishtirilgan regenerantlarda 13 xil tibbiyotda muhim bo‘lgan polifenollar identifikatsiyalangan; 
galofitlar polifenollarining yifindisi gramm-musbat va gramm-manfiy bakteriyalar o‘sishiga antagonistik ta’siri hamda DFPG erkin radikalini so‘ndirishi aniqlangan;
H. strobilaceum turning regenerant o‘simliklari polifenollar yig‘indisi HeLa saraton hujayralariga 27% antiproliferativlikni namoyon etishi isbotlangan;
Orol dengizi tubida N 44°7'36,84, E 58°50'39,25 koordinatalarida mikroko‘chatlarining 47 % moslashuvi natijasida, Orolqumda birlamch yashil qoplamalar yaratilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda o‘sadigan istiqbolli galofitlarning mikroklonlash va sho‘rlangan tuproqlarga moslashishini o‘rganish va ularning kimyoviy tarkibini tadqiq qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy natijalar asosida:
yaratilgan galofitlarning biotexnologik liniyalaridan Respublikada cho‘l o‘rmon xo‘jaligini barpo etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 4 yanvardagi 03-03/3-9-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonning cho‘l hududlarida kuzgi yaylov plantatsiyalarini rivojlantirish imkonini bergan; 
galofitlarning reproduktiv organlarida yuqori stress omillar ta’sirida sodir bo‘ladigan barcha jarayonlarning texnologik parametrlari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar 2023 yilda “Orol dengizi havzasini ko‘kalamzorlashtirish” dasturini amalga oshirishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Ekologik partiyasining 2023 yil 27 dekabrdagi 01/435-son ma’lumotnomasi). Natijada, Orol mintaqasida erlarning meliorativ holatini tiklashn va cho‘l biosenozlarini saqlash imkonini bergan;
ex vitro usulida olingan ko‘chatlar Orol dengizi “0” nuqtadagi tajriba maydoniga ekib kopaytirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 9 yanvardagi 4/17-9/1-2-719-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Mirzacho‘l vohasidan to‘plangan galofit o‘simliklarning urug‘lik zahiralari Orol dengizi “0” nuqtada biotexnologik yopiq ildizli mikroko‘chatlar asosida ko‘kalamzorlash imkonini bergan;
Orol dengizi “0” nuqtada galofit o‘simliklar urug‘ini ekishning agrobiologik usullari asosida Chenopodiaceae oilasining 15 turi ko‘paytirilib, joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2024 yil 15-f evraldagi 01/116-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Orolqum mintaqasi uchun yashil belbog‘lar yaratishga seleksiya-urug‘chilik ishlarini olib borish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish